Assimetrik shifrlash tizimi


Download 19 Kb.
Sana03.10.2023
Hajmi19 Kb.
#1690951
Bog'liq
Assimetrik shifrlash tizimi


Assimetrik shifrlash tizimi
Assimetrik shifrlash algoritmiga qisqacha ta’rif
Assimetrik shifrlash tizimlarida ikkita kalit ishlatiladi. Axborot ochiq kalit yordamida shifrlansa, maxfiy klait yordamida rasshifrovka qilinadi. Assimetrik shifrlash tizimlarini ochiq kalitli shifrlash deb ham yurutiladi. Ochiq kalitli tizimlarini qo‘llash asosida qaytarilmas yoki bir tomonli funksiyalardan foydalanish yotadi. Bunday funksiyalar quyidagi xususiyatlarga ega. Ma’lumki x ma’lum bo‘lsa y=f(x) aniqlash oson. Ammo uning ma’lum qiymati bo‘yicha x ni aniqlash amaliy jihatdan mumkin emas. Kriptografiyada yashirin deb ataluvchi yo‘lga ega bo‘lgan bir tomonli funksiyalar ishlatiladi. z parametrli bunday funksiyalar quyidagi xususiyatga ega. Ma’lum z uchun Ez va Dz algoritmlarini aniqlash mumkin. Ez algoritmi yordamida aniqlik sohasidagi barcha x uchun fz(x) funksiyani osongina olish mumkin.
Assimetrik shifrlash algoritmlardan foydalanib ma’lumotlarni shifrlash quyidagi jarayonlardan iborat:
1.Kalitlar generatsiyasi.
B foydalanuvchi kB maxfiy kalit asosida KB ochiqkalitli genertasiya qiladi. Ochiq kalit KB ochiq tarmoq orqali A foydalnuvchiga yoki tarmoqning boshqa foydalanuvchilariga uzatiladi
2.Ma’lumotlarni shifrlash
A foydalanuvchi yoki tarmoqning boshqa foydalanuvchisi KB ochiq kalitdan foydalanib ochiq ma’lumotni shifrlaydi va uni ochiq tarmoq orqali yuboradi.
3.Shifrma’lumotni deshifrlash
B foydalanuvchi qabul qilingan shifrmatnni o‘zining kB maxfiy kalit bilan deshifrlaydi va ochiq matnga ega bo‘ladi.

Muammo turi bo‘yicha nosimmetrik kriptotizmlar tasnifi

Muammo

Bayoni

Faktorlash



Butun faktorlash muammosi: butun musbat n berilgan, uning tub faktorini toppish kerak: ya’ni, n= p1e1 p1e2 … pkek ko‘rinishida yozish kerak, bu yerda pi – turli tub sonlar va har biri ei >1.

RSA muammosi


(RSAP)

RSA muammosi: ikkita turli p va q toq sonlarning ko‘paytmasi bo‘lgan butun musbat n soni, EKUB (e, (p-1)(q-1))=1 ga teng bo‘lgan butun musbat e soni va butun s berigan, shunday butun m ni topish kerakki, unda me= c(modn) bo‘lsin.

Kvadratik chegirma muammosi
(QRP)

Kvadratik chegara muammosi: toq murakkab butun n va Yakobi belgisiga ega bo‘lgan butun a soni berilgan, a soni n modul bo‘yicha kvadratik chegirma ekanligi yoki chegirma emasligi aniqlansin.

Qism to‘plam yig‘indisi

Qism to‘plam – yig‘indisi muammosi: butun musbat sonlar to‘plami {a1, a2, …, an} va butun musbat son S berilgan.


Ushbu matematik muammolar yordamida ko‘plab ochiq kalitli shifrlash algoritmlari ishlab chiqilgan
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling