Assotsiativ mezoni


Xi kvadrat mezonining turlari


Download 0.68 Mb.
bet2/13
Sana11.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1190333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Buranova Gulnaza Mat statistika

10.2. Xi kvadrat mezonining turlari.
Xi kvadrat mezonida farazlarning qóyilishi tadqiqot oldiga qóyilgan maqsadlar asosida belgilanadi va ular uch xil variantda beriladi.
Birinchi variant:
H0 faraz :olingan empirik natijalar nazariy natijalardan farq qilmaydi.
H1 faraz: olingan empirik natijalar nazariy natijalardan farq qiladi.
Ikkinchi variant :
H0 faraz: birinchi empirik taqsimot ikkinchisidan farq qilmaydi.
H1 faraz: birinchi empirik taqsimot ikkinchisidan farq qiladi.
Uchinchi varianti:
H0 faraz:1,2,3... empirik taqsimotlar ózaro farq qilmaydi.
H1 faraz:1,2,3... empirik taqsimotlar ózaro farq qiladi.
Bu uch variant farazlarini xi kvadratda tekshirish imkoni mavjud. Mezonni grafik usulda kórinishini quyida taqdim etamiz.Misol uchun 80nafar maktab bitiruvchisidan 31 nafari oliy ta'lim muassasasiga óqishga kirdi va 49 nafari óqishga kirolmadi. Mazkur empirik taqsimotni normal taqsimot solishtiramiz va uni 10.1. rasmda ifoda etamiz .

f
80


OTM
Kirmadi


70
60
50

OTM
Kirdi
40
30
20
10
0


10.1-rasm .Maktab bitiruvchilarining óqishga kirishi va óqishga kirolmasligining empirik va nazariy chastotasini solishtirish.
Ordinatalar óqida ta'lim muassasasining nisbiy chastotalari ólchanadi. óqida ta'lim muassasasiga qabul qilinish chastotasi belgilangan.
31/80 ya'ni, 0,39 oliy ta'limga kirish nisbiy chastotasi va 59/80 ya'ni, 0,73 oliy ta'limga kirolmaslik nisbiy chastotasi.Agar nazariy jihatdan tahlil qiladigan bólsak ,80 nafar óquvchidan teng yarimisi óqishga kirolmagan va yarimisi oliy ta'limga qabul qilinganda edi, chastota 0,50 ni tashkil etardi. Ya'ni bitiruvchilarning 40 nafari OTM qabul qilinib va 40 nafari qabul qilinmagan bólar edi. 10.1 rasmdagi 40 raqamdan yónaltirilgan shtrixli chiziq nazariy chastotani belgilaydi.Ustundagi har bir ishorali chiziqlar empirik chastotaning nazariy shtrixli chiziqdan qanchalik masofa uzoqda joylashganini yoki og'ganini kórsatib turibdi. Agar 10.1 rasmdagi empirik chastotalarni ehtimoliy chastotalar bilan solishtirsak, ular órtasidagi farq ahamiyatli chiqishi mumkin. Berilgan kôrsatmalarga asosan, quyidagi boshqa bir misol orqali empirik va nazariy chastotalarni tahlil qilamiz.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling