Assotsiativ mezoni


Download 0.68 Mb.
bet4/13
Sana11.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1190333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Buranova Gulnaza Mat statistika

(f e - f t )2

(f e - f t)2
ft

1Aniq fanlar

97

80

17

289

3,7

2.Ijt fanlar

60

80

-17

289

3,7

Jami

160

160

0




X2emp7,2

Empirik chastotalar bilan nazariy chastotalar órtasidagi mavjud tafovutga qarab,farazlarni shakllantiramiz.
H0 faraz:olingan empirik natijalar gipotetik natijalardan farq qilmaydi.
H1 faraz:olingan empirik natijalar gipotetik natijalardan farq qiladi.
10.1-Jadvalning birinchi qatorida aniq fanlar, ikkinchi qatorida ijtimoiy fanlar kiradi. Jadvalning №2 va №3 ustunida empirik va nazariy chastotalar joylashgan. E'tibor bering №4 ustun jamisi hamisha nolga teng bólishi kerak. Agar yig'indi nolga teng bólmasa, demak qaysidir amalni bajarishda xatoga yól qóyilgan bólishi mumkin.Bunda, avval xatoni topib,keyin boshqa jarayonlarga ótish kerak bóladi. Tórtinchi ustun,empirikdan nazariy chastotalarning ayirmasini (fe - f t )ifodalaydi. Beshinichi ustunda ayirma kvadratlari keltiriladi. Oltinchi ustunda ayirma kvadratlari nazariy chastota qiymatiga bólinadi. Demak, empirik qiymatimiz 7,2 ga teng.
Keyingi ishimiz xi kvadrat uchun ilova jadvalidan 0,05 va 0,01 uchun kritik hadlarni topishdan iborat .Agar yodingizda bólsa ,kritik hadlar erkinlik bosqichi asosida topiladi. Ya'ni df=k -1= 2-1=1, k bu yerda qatorlar alternativasi bólib hisoblanadi
 
Empirik qiymat ahamiyatlilik hududiga tushadi. 1% darajada H1 farazni qabul qilamiz. Olingan empirik natijalar gipotetik natijalardan farq qiladi. Yanada aniqroq aytadigan bólsak, maktab bitiruvchilarining aniq fanlar yónalishini tanlashi tasodif emas.
Empirik qiymat noaniqlik hududiga tushsa, kópincha metodni kóproq ishtirokchilar bilan qayta ótkazish mumkin. Shuningdek, empirik qiymat noaniqlik hududiga tushsa, psixolog farazlarning istagan birini yoki H1 yoki H0 ni tanlashi mumkin. Bir necha alternativ empirik taqsimotlar ózaro solishtirish amaliyotiga doir topshiriq va uning bajarilishini órganamiz.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling