Astrofizik instrumentlar
Teleskoplarning asosiy xarakteristikalari
Download 152.5 Kb.
|
Astrofizik instrumentlar
4. Teleskoplarning asosiy xarakteristikalari
Teleskopning xususiyatini xarakterlovchi asosiy parametrlar uning obyektivining diametri D va fokus oralig‘i F bo‘lib, obyektiv yig‘adigan yorug‘lik oqimi: bo‘ladi, bu yerda Е-obyektivning yoritilganligini, S-yuzasini, R-esa uning radiusini xarakterlaydi. Teleskopni boshqa bir xarakterlovchi parametri nisbiy teshik yoki yorug‘lik kuchi deyilib u ifoda bilan belgilanadi. Obyektiv yasagan nuqtaviy bo‘lmagan obyekt tasvirining yoritilganligi bo‘lib, nisbiy teshikning kvadratiga proporsional bo‘ladi. Biroq teleskopning nisbiy teshigini istalgancha katta qilishga o‘qdan tashqari aberratsiyaning vujudga kelishiga xalaqit qiladi. Shuning uchun ham reflektorda nisbiy teshikni 0,33 gacha, ko‘zguli-linzali teleskoplarda esa 1 gachagina olish mumkin. Vizual teleskoplar uchun asosiy xarakteristikasi(teleskopning kattalashtirishi bo‘lib, u obyektivning F-fokus oralig‘ini f-okulyarning fokus oralig‘iga nisbati bilan topiladi: Ma’lum obyektivli teleskopda uning kattalashtirishi, tanlangan okulyarning fokus oralig‘iga bog‘liq bo‘lib, u oraliq qancha kichik bo‘lsa shuncha katta kattalashtirishga erishiladi. Biroq bu, ma’lum obyektiv uchun istalgancha kichik fokus oraliqli okulyarni qo‘llab, teleskopda xohlagancha kattalashtirishga erishish mumkin ekan, degan xulosani bermasligi kerak. Chunki kattalashtirishi ortgani sayin, teleskopda ko‘rish maydonining o‘lchami kichrayib boradi. Masaslan 30 marta kattalashtiruvchi teleskopda diametrining yoy o‘lchami - 32( bo‘lgan Oy butunlay ko‘rinsa, 300 marta kattalashtiruvchi teleskopda, uning ko‘rish maydoni Oy sirtining faqat bir qisminigina (anchayin mayda detallari bilan, albatta) sig‘dira oladi. Shu tufayli ma’lum teleskopda, maksimal foydali kattalashtirishga erishish uchun, fokus oraliqlari aniq qiymat bilan chegaralangan okulyardan foydalaniladi. Normal teleskoplarning maksimal foydali kattalashtirishi millimetrlarda hisoblangan obyektiv diametridan taxminan ikki marta katta bo‘ladi. Teleskopni xarakterlovchi yana bir muhim parametr - ajrata olish kuchi deyilib, tasvirni sifatini xarakterlaydi. Garchi bir qarashda, go‘yo teleskop qancha ko‘p kattalashtirsa, tasvirda kuzatilayotgan obyektning shuncha mayda detallarini ko‘rish mumkindek tuyulsada, aslida diffraksiya hodisasi tufayli eng sifatli obyektiv ham nuqtaviy obyektning tasvirini nuqta ko‘rinishida yasay olmaydi. Teleskopning fokal tekisligida nuqtaviy tasvir o‘rniga difraksion halqalar bilan o‘ralgan dumaloq dog‘cha vujudga kelib bu dumaloq dog‘chaning burchak diametri ( ) kattalik (radianda) bilan o‘lchanadi; bu yerda D-obyektivning diametrini, - esa yorug‘likning to‘lqin uzunligini xarakterlaydi. Agar teleskopda nurlanishni qayd qiluvchi rolni ko‘z o‘ynasa, uning ajrata olish qobiliyatini topish uchun (-o‘rniga ko‘zning spektral sezgirligining maksimumiga to‘g‘ri kelgan nurlanishning to‘lqin uzunligi (=5500Аo) olinadi. Bordiyu nurlanish fotografik yoki fotoelektrik yo‘l bilan qayd qilinayotgan bo‘lsa, uchun, mos ravishda, fotografik emulsiyaning yoki fotokuchaytirgich katodining spektral sezgirliklari maksimumiga to‘g‘ri kelgan nurlanishlarning to‘lqin uzunliklaridan foydalanib, teleskopning ajrata olish qobiliyati topiladi. Lekin shuni ham aytish kerakki, ifodadan topilgan ning qiymati teleskopning nazariy ajrata olish qobiliyati deyilib, amalda esa, teleskopning ajrata olish qobiliyatini, obyektdan kelayotgan nur yo‘nalishidagi Yer atmosferasi qatlamlarining to‘lqinlanishi vujudga keltiradigan tasvir tebranishining titrash darajasi belgilaydi. Titrash darajasi joyning astroiqlim sharoitlari, teleskop minorasining kattaligi hamda konstruksiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Download 152.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling