73. Quyoshning diametri Yer diametridan qancha katta?
109 marta.
74. Quyoshning massasi Yer massasidan necha marta katta?
333000 marta.
75. Hamma planetalarning massasi Quyosh massasini necha foizini tashkil qiladi?
0,1 foizini.
76. Planetalarning konfiguratsiyalari deb nimaga aytiladi?
Planetalar, Yer va Quyoshning bir-birlariga nisbatan o’ziga xos joylashishlari planetalarning
konfiguratsiyalari deyiladi.
77. Ichki planetalarning Quyosh bilan qo’shilishi deb nimaga aytiladi?
Ichki planeta Yer bilan Quyosh oralig’ida yoki Quyoshning orqasida bo’lganda Quyosh nurlarida
ko’rinmay qolishi ichki planetalarning Quyosh bilan qo’shilishi deyiladi.
78. Ro’para turish deb nimaga aytiladi?
Yerning planeta bilan Quyosh oralig’da bo’lishi ro’para turish deyiladi.
79. Planetalarning siderik davri nima?
Planetalarning Quyosh atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri planetalarning siderik davri yoki
yulduz davri deyiladi.
80. Ichki planetaning sinodik davri nima?
Ichki planeta Yerni to’la bir marta quvib o’tishi uchun ketgan vaqt.
81. Tashqi planetaning sinodik davri nima?
Yer tashqi planetani to’la bir marta quvib o’tishi uchun ketgan vaqt.
82. Keplerning I-qonuni
Har bir planeta Quyosh atrofida ellips bo’ylab harakatlanadi va ellipsning fokuslaridan birida
Quyosh yotadi.
83. Keplerning II-qonuni
Planetalarning radius-vektori teng vaqtlar ichida teng yuzalar chizadi.
84. Keplerning III-qonuni
Planetalarning Quyosh atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davrlari kvadratlarining nisbati ular
Do'stlaringiz bilan baham: |