Astronomiyadan savol-javoblar


Quyoshning to’la tutilishi 7 minut 40 sekund davom etishi mumkin


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana27.01.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1132425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Astronomiyadan savol-javoblar (3)

Quyoshning to’la tutilishi 7 minut 40 sekund davom etishi mumkin. 
 
50. Quyosh sutkasi qanchaga teng? 
Bir quyosh sutkasi 23 soat 56 minut 4,09 sekund ga teng ya’ni Quyosh markazining ikkita ketma-ket 
yuqori (yoki quyi) kulminatsiyalari orasida o’tgan o’rtacha vaqt. 



51. Quyosh yili nima? 
Yer orbita bo’ylab harakatlanib, Quyosh atrofini yulduzlarga nisbatan siljib to’la bir marta aylanib 
chiqishi uchun ketgan vaqt va u 365 quyosh sutkasi, 5 soat, 48 minut, 46 sekundga teng. 
 
52. Dunyo vaqti nima? 
Uzunligi nolga teng bo’lgan meridianning mahalliy vaqti shartli ravishda dunyo vaqti deyiladi. 
 
53. Mintaqa vaqti nima? 
Har bir soat mintasida joylashgan hududlarning vaqti mintaqa vaqti deyiladi. 
 
54. Mahalliy vaqt nima?
Hududlarning o’z vaqti mahalliy vaqt deyiladi. 
 
55. Dekret vaqt nima? 
Quyosh yorug’ligidan unumli foydalanish maqsadida ayrim davlatlarda joriy etilgan yozgi yoki qishki 
vaqtga o’tish dekret vaqt deyiladi. 
 
56. Kalendar deb nimaga aytiladi? 
Uzoq muddatni vaqtning o’lchamlari bo’yicha tizimga solish kalendar deyiladi. 
 
57. Oy kalendari deb nimaga aytiladi? 
Oy fazalarining almashinish davri asos qilib olingan taqvimlar oy kalendarlari deyiladi. 
 
58. Quyosh kalendari deb nimaga aytiladi? 
Yil fasllarining almashinish davri asos qilib olingan taqvimlar Quyosh kalendarlari deyiladi. 
 
59. Birinchi Oy kalendari qachon paydo bo’lgan? 
Birinchi Oy kalendari miloddan oldingi 2500-yillarda qadimgi Vavilonda paydo bo’lgan. 
 
60. Nima uchun hafta 7 kun? 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling