Astronomiyadan savol-javoblar


Butun osmon 88 ta yulduz turkumiga bo’lingan


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/23
Sana27.01.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1132425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Astronomiyadan savol-javoblar (3)

Butun osmon 88 ta yulduz turkumiga bo’lingan. 
 
17. Oysiz tunda gorizontdan yuqorida taxminan nechta yulduzni ko’rish mumkin? 
Oysiz tunda gorizontdan yuqorida taxminan 3000 ga yaqin yulduzni ko’rish mumkin. 
 
18. Olamning shimoliy qutbi deb nimaga aytiladi? 
Yulduzlarning sutkalik aylanishida osmonning qo’zg’olmay qoladigan nuqtasi olamning shimoliy 
qutbi deyiladi. 
 
19. Olamning janubiy qutbi deb nimaga aytiladi? 
Olamning shimoliy qutbiga diametrial qarama-qarshi bo’lgan nuqta olamning janubiy qutbi deyiladi. 
 
20. Osmon sferasi deb nimaga aytiladi? 
Radiusi ixtiyoriy olingan va markazi kuzatish nuqtasida joylashgan faraziy sfera osmon sferasi 
deyiladi. 
 
21. Zenit deb nimaga aytiladi? 
Kuzatuvchi orqali o’tgan tik chiziq osmon sferani kesadigan nuqta zenit deyiladi. 
 
22. Nadir deb nimaga aytiladi? 
Zenitga diametrial qarama-qarshi bo’lgan nuqta nadir deyiladi. 
 
23. Gorizont tekisligi deb nimaga aytiladi? 
Ko’rish nuri bilan chegaralangan tekislik gorizont tekisligi deyiladi. 
 
24. Olam o’qi deb nimaga aytiladi? 
Olamning ikkala qutblarini tutashtiruvchi va kuzatuvchi orqali o’tgan osmon sferasining ko’rinma 
aylanish o’qi olam o’qi deyiladi. 
 
25. Olam o’qi hamma joyda nimaga parallel bo’ladi? 
Olam o’qi istalgan kuzatish nuqtasi uchun Yerning aylanish o’qiga hamma vaqt parallel bo’ladi. 
 
26. Shimol nuqtasi deb nimaga aytiladi? 
Osmonning shimoliy qutbi ostidagi gorizont tekisligida joylashgan nuqta shimol nuqtasi deyiladi. 
 
27. Tush chizig’i deb nimaga aytiladi? 
Shimol va janub nuqtalarini birlashtiruvchi chiziq tush chizig’i deyiladi. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling