At (ot) эt (et, go’sht) adag’ (oyog’)
Download 1.95 Mb.
|
Abdug‘offorova Zulayho til tarixi
Farg'ona Davlat Universiteti filologiya fakulteti 21.73-guruh talabasi Abdug‘offorova Zulayhoning o'zbek tili tarixi fanidan "O‘zbek tilining tarixiy fonetikasi" mavzusida tayyorlagan taqdimoti Qadimgi turkiy tilda sakkizta unli fonema bolib, ular bir-biridan qatori, tor-kengligi, lablanish-lablanmasligiga kora farq qiladi. Bulardan a, ы, o, u orqa qator va ə, i, o, v old qator unlilaridir. Keng unlilar – a, ə, o, o; tor unlilar – ы, i, v, u. Lablanmagan unlilar – a, ə , ы, i; lablangan unlilar – o, o, v, u. Qadimgi turkiy tilning unli fonemalari muosabatidagi bunday miqdoriy tenglik ularning sistemasini kub sifatida ifodalashga imkon beradi. a – lablanmagan, keng va orqa qator, э – lablanmagan, keng, lekin old qator unlidir. Bu unlining talaffuzi qozoq, qirg’iz va boshqa ko’pgina turkiy tillarda hamda o’zbek tilining singarmonizmli lahja va shevalarida saqlangan. Tatar va boshqird tillarida bu unli yanada orqaga siljish va kengayish natijasida כ ga aylangan. Hozirgi o’zbek adabiy tilida ba’zi o’rinlarda oldingi tomon כ ga yaqinlashgan, ayrim hollarda orqaga tomon kengayib, эga aylangan. Qadimgi turkiy tildagi э unlisi esa hozir torayib, ko’pgina turkiy tillarda, jumladan o’zbek tilida birinchi bo’g’inda e ga aylangan. at (ot) эt (et, go’sht) adag’ (oyog’) ab (ov) эb (uy) qag’an (xoqon) ar- (alda) эr (er) anda (unda) ash (osh) эsh (esh) ara (ora) san (son) sэn (sen) qara (qora) o unlisi lablangan, keng va orqa qator, o ham lablangan, keng, lekin old qator unlidir. Bu ikki fonema ham hozirgi o’zbek adabiy tili va singarmonizmsiz lahja va shevalarda o ning oldinga siljishi natijasida konvergensiyaga uchrab, bir fonema (o) ga aylangan. Ammo boshqa turkiy tillarda, singarmonizmli ozbek lahja va shevalarida o bilan o ikki mustaqil fonemadir. Masalan, mazkur til va lahjalarda ot (olov yoki osimlik) dan ot (organizmdagi suyuqlik yoki otmak buyruq feli) o bilan o tufayli farq qiladi. Qadimgi turkiy tilda ham orqa qator o bilan old qator o alohida ikki fonemadir: ы unlisi lablanmagan, tor, orqa qator; i ham lablanmagan, tor, lekin old qator unlidir. Bu ikki unli fonema hozirgi o’zbek adabiy tilida va singarmozimsiz lahja va shevalarda ы ning oldinga siljishi natijasida konvergensiyaga uchragan, ya’ni bir fonema (i) ga aylangan. Ammo o’zbek tilining singarmonizmli lahja va shevalarida hamda boshqa turkiy tillarda o’z holicha saqlangan. Masalan, qozoq, qirg’iz va tatar tillarida hamda o’zbek tilining qurama shevalarida sыz- (chыz-) fe’li bilan siz olmoshi bir-biridan ы va i fonemalari tufayli farqlanadi. Qadimgi turkiy tilda ham orqa qator ы bilan old qator i ikki mustaqil fonemadir: yig (yaxshi) yыg’ (yig’-) tik- (tik-) tыq (tiq-) yil (yol) yыl (yil) u unlisi lanlangan, tor va orqa qator, v ham lablangan, tor, lekin old qator unlidir. Bu unlilarning ham hozirgi holati o va o unlilariniki singaridir. Qadimgi turkiy tilda ham u va v alohida fonemadir. tu- (tos) tv (tuk) ur- (ur-) vr- (pufla-) uch (tugash joyi) vch (3) Hozirgi כ unlisini qadimgi turkiy tilda a unlisi ifodalaydi. Masalan, hozirgi b כ sh so’zi bash, q כ r so’zi qar tarzida talaffuz etiladi. E unlisi esa hozirgidek mustaqil fonema bo’lmasdan э ning varianti sifatida talaffuz etiladi. Masalan, эl – el. Lekin hozirgi tilda e mustaqil fonemaga aylangan: kэl – kel; bэri – beri; kэr – ker; bэr – ber. Qadimgi turkiy tilda b, m, p lab undoshlari mavjud. Sirg’aluvchi lab undoshi f yo’q. Urxun yozuvida v uchun maxsus harf yoq. Uning o‘rnida b ni bildiruvchi harf ishlatiladi. Uyg‘ur yozuvida esa v uchun maxsus harf bor. B undoshi lab-lab, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh bolib, soz boshida ham, ortasida ham, oxirida ham uchraydi: bu, yabg‘u (amir), sab (nutq). Mahmud Koshgariyning yozishicha, turkiy xalqlarda v ning talaffuzi ikki xil bolgan. Oguzlar buni lab-lab, sof turklar esa lab-tish v tarzida talaffuz qilganlar. Bu davrda lab-tish varianti bolgan deyish mumkin. V faqat soz ortasi va oxirida urxun yodnomalaridagi b ornida uchraydi: sav (nutq), sэvinch (sevinch). Qadimgi turkiy tilda s, z, t, d, n, l, r til oldi-tish undoshlari bor. S til oldi-tish, sirg’aluvchi, jarangsiz undosh fonema bo’lib, qalin (velyar) va ingichka (palatal) variantlarga ega. Bu undosh har uchala pozitsiyada (so’z boshi, o’rtasi va oxirida) ham uchraydi: saqыn- (o’yla-), yasa-, bas- . so’z boshidagi qadimgi s hozir ch va t ga o’tishi mumkin: sыch~chыch~tыch (sichqon so’zining o’zagi). Z undoshi s dan faqat jarangliligi bilan farq qilib, asosan soz ortasi va oxirida va bazan s fonemasining varianti sifatida uchraydi: az (oz), azuq (oziq). T undoshi s dan faqat portlovchiligi bilan farq qilib, hamma pozitsiyada uchraydi: tash (tosh), ata (ota), at (ot). Soz boshidagi qadimgi t hozir d ga otgan bolishi mumkin: tэdi ~ dedi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling