Atajanova Arofatxon


I bob. Notiqlik madaniyati va uning paydo bo’lishi


Download 305 Kb.
bet3/15
Sana20.06.2023
Hajmi305 Kb.
#1631590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Atajanova Arofatxonning Pedagogikadan kurs ishi 2

I bob. Notiqlik madaniyati va uning paydo bo’lishi
1.1 Sharq notiqlik san’atining paydo bo’lishi
Notiqlik san'atining turlari ko'p. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy notiqlik, bunda asosan davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan yig’inlarda so'zlanadigan ma'ruza, akademik nutq, bunda ilmiy yo'nalishdagi ma'ruzalar, auditoriya notiqligi. talaba va o'quvchilar uchun o'qiladigan ma'ruzalar. ijtimoiy-maishiy nutq, turli ladbirlarda so'zlanadigan nutq kabilaming ham nutqiy kamchiliklarini va yutuqlarini tekshirish jarayoni ham notiqlik san'ati predmeti doirasiga kiradi. Notiqlik san'ati amaliy jihatdan chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til normalari, nutqning sifatlari, nutqiy uslubning nozik tomonlarini his etish va notiq nutqida uchrashi mumkin bo'lgan nuqson va talaffuzga doir muammolami hal etish yuzasidan baxs yuritadi. Eng muhimi, notiqqa o'z bilimi va dunyoqarashiga suyangan holda to'g'ri va chiroyli so'zlash yo'llarini o'rgatadi.
Yunon madaniyati, xususan, Afina notiqlik san’ati tanazzulga yuz tutgan bir paytda Italiyada Rim notiqlik san’ati rivojlana boshladi. U antik notiqlikning yana bir muhim tarmog‘i edi. Bu notiqlik lotin tilida shakllanganligi tufayli lotin notiqligi deb ham yuritiladi.
Rim imperiyasi ijtimoiy mazmuni jihatidan quldorlik tizimiga asoslangan bo‘lib, unda faqat ijtimoiy tuzum taraqqiyoti emas, balki notiqlik san’ati taraqqiyotida ham Yunoniston tarixining, xususan, Afina tarixining ayrim bosqichlarining takrorlanishini ko‘ramiz. Chunki Rim madaniyatiga yunon, xususan Attika madaniyati katta ta’sir o‘tkazgan edi. Negaki, yunon demokratiyasining ravnaqi eramizdan oldingi V asrga to‘g‘ri kelsa, Rim imperiyasining rivojlanish davri eramizdan oldingi IV-III asrlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham ilg‘or yunon madaniyati, yunon notiqlik san’atining Rim notiqlik san’atiga ta’sir etishi tabiiy bir hol edi.
Eramizdan oldingi II asrdan boshlab Rim imperiyasining quldorlik siyosati kuchaydi. Bu o‘z navbatida qullarning g‘azab kosasi to‘lishiga sabab bo‘ldi va qullar bilan quldorlar orasida keskin kurash davri boshlandi. Ajoyib satirik Lusiliy (eramizdan oldingi 180-102 yillar) asarlarida bu kurash yorqin aks ettirilgan. Siyosiy-ijtimoiy sharoitda so‘z san’ati yana kuchga kirdi va davlat arboblari shu qudratli qurol – notiqlik san’ati vositasi bilan kurash olib bordilar. Rim imperiyasida Katon, aka-uka Grakxlar, Mark Antoniy, Sitseron kabi yirik notiqlar yetishib chiqdi.
Yirik davlat arbobi va notiqlardan biri Katon qadimgi olimlarning hisobiga ko‘ra 150 taga yaqin nutq meros qoldirgan. Katonning eng sevimli usuli masalani muxtasar, ixcham bayon qilish uslubini qo‘llagan. U masalani g‘oyat keskin tarzda qo‘ygan. Fikrlarni stilistik jihatdan g‘oyat go‘zal konstruksiyada, ifodali va ta’sirchan shaklda bayon etishni xush ko‘rgan. Har bir masala bilan tanishar ekan,uni atroflicha o‘rganib chiqishga e’tibor bergan. Katon notiq sifatida shu qadar kuchli mahorat egasi ediki, bu borada unga Sitseron ham tan berib yozadi: "Hammasini yanada chiroyliroq, yanada nafisroq qilib aytish mumkin, ammo hech narsani undan kuchliroq va jonliroq qilib aytish mumkin emas". His-hayajon bilan so‘zlash borasida Sitseron deyarli hech kimga shu qadar yuksak baho bermaydi.
Muloqot qisman monologik, asosan, dialogik, polilogik shaklda bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ikki yoki undan ortiq kishilarning o‘zaro munosabatlarida reallashadi. Dunyo go‘zallik qonuniyatlariga binoan qurilarkan, demak, insonnning xulqi va nutqi ham, ko‘rinishi va kiyinishi ham, munosabati va muloqoti ham go‘zal bo‘lishi maqsadga muvofiq. Xalqimizning “O‘zingga qarab kutarlar, so‘zingga qarab kuzatarlar” – degan o‘giti bejiz emas. “Til yarasi bitmas, tig‘ yarasi bitar” – deganida ham inson uchun zarur bo‘lgan muomala jarayoniga e’tibor zaruriyatini sezish qiyin emas.


Download 305 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling