Atajanova Arofatxon
Download 305 Kb.
|
Atajanova Arofatxonning Pedagogikadan kurs ishi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.bob. Sharq va G’arb notiqligi
I bob bo’yicha xulosalar
Notiqlik- bu nutqning og‘zaki shaklidir. Notiqlik san‘ati- og‘zaki nutq san‘atidir. Nutq madaniyatining mazmun-mohiyatiga ham to‘xtalib o‘tsam, avvalo, Madaniyat so‘ziga e‘tibor qaratmaqchiman. Madaniyat muayya n davrda insonlarning mehnati orqali ilmiy, badiiy, va boshqa faoliyati tufayli qolibga kiritilgan jamiyat taraqqiyotining darajasini ifodalovchi , avloddan- avlodga o‘tuvchi moddiy va ma‘naviy boyliklar hamda yutuqlardir. Nutq madaniyati- bu jamiyatning barcha qatlamlari uchun umumiylikka asoslangan , ma‘lum bir qolibga ega so‘zlashuv madaniyati tushiniladi. Demak, insonlar tomonidan yaratilgan va ma‘lum millatga tegishli bo‘lgan so‘zlashuvning barcha uchun tushunarli qilib madaniylashtirilgan shakli nutq madaniyati deyiladi. Endi Notiqlik va nutq madaniyatining bir-biri bilan farqi va bog‘liq jihatlari haqida to‘xtalib o‘tsam. Nutq madaniyati va notiqlik san‘ati o‘rtasidagi farqni E. Begmatov quyidagicha talqin etgan edi: " Nutq madaniyati, chinakam ma‘noda adabiy til bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir. Uning paydo bo‘lishi lisoniy asosi, talab va mezonlari adabiy til va uning mezonlari bilan bog‘liqdir". Notiqlik san‘ati uchun bular asosiy belgi emas. Notiqlik san‘ati faqat og‘zaki nutq san‘atiga xosdir. Nutq madaniyati esa nutqning ham og‘zaki, ham yozma shakli uchun taalluqli tushunchadir. Nutq madaniyati jamiyat a‘zolarining umumiy nutqiy faoliyatini ko‘zda tutadi. Nutq madaniyati sohasining maqsad va pirovard orzusi butun, xalqning nutqini madaniylashtirishni mo‘ljallaydi. Notiqlik san‘atida esa tinglovchilarni ma‘lum maqsadga jalb etish asosiy o‘rin tutadi. Shu o‘rinda V. Qudryatsevning izohiga to‘xtalib o‘tsam: " Har qanday og‘zaki nutq notiqlik nutqiga bog‘liq, u nimanidir tushuntirish va isbotlashgina emas, balki tinglovchilar tushunchasiga ta‘sir etishni ham maqsad qilib oladi." San‘atkor notiq nutqi, asosan ko‘pchilik tinglovchilarga, keng auditoriyaga mo‘ljallangan bo‘ladi. Notiqni birdan ortiq shaxslar tinglaydi. Nutq nadaniyati mana shunday tinglovchilardan tashqari kishilar orasida odatiy suhbatlarni, yakka kishiga qaratilgan nutqlarni ham o‘z ichiga qamraydi. Ammo har bir shaxs ham san‘atkor bo‘lmasligi mumkin. Ammo, adabiy tildan foydalanuvchi har bir notiq nutq madaniyatidan boxabar bo‘lishi shart. Nutq madaniyati ko‘pchilikni, keng xalq ommasini ko‘zda tutib ish ko‘ruvchi sohasidir. Nutq madaniyati- bu faqat nutq haqidagi nutqiy faoliyatga tegishli tushuncha va soha emas, balki u til madaniyati bilan ham, ya‘ni adabiy til normalarini o‘ganish va bu normalarni qayta ishlash ishi bilan ham shugullanadi. Notiqlik san‘ati esa bunday ilmiy va normativ faoliyatni amalga oshirmaydi. Notiqlik, ko‘proq nutqning mazmuniga, mantiqiy asoslariga, mundarijaviy tuzilishiga e‘tibor qaratadi. Notiqlik, asosan, aniq bir shaxs- notiq yoki guruhlar- notiqlar nutqi haqida qayg‘uradi. Bunda u notiqni tinglayotganlar, ya‘ni keng ma‘noda tinglovchilar ommasi nutqini ham ko‘zda tutmaydi. Nutq madaniyat esa bundan farqli ravishda umuman kishilarning nutqiy faoliyatini, nutq madaniyatini ko‘zda tutadi. Shu sabab ham, nutq madaniyati maqsadiga ko‘ra keng, notiqlik esa tor doiradagi soha ekanligini ko‘rsatadi. Notiqlik san‘ati tug‘ma ist‘ edod bo‘lib asosan bir shaxsga tagishlidir. Unda asosiy maqsad xalqni muayyan g‘oyaga da‘vat etish va ishontirishdan iboratdir. Demakki, notiqlik san‘ati hammaga ham nasib etavermas ekan. Chunki, buning uchun tug‘ma iste‘dod va tinimsiz mehnat kerak bo‘ladi. Shu sababli ham jamiyatimizning barcha qatlamlari uchun notiq bo‘lish talab etilmaydi. Nutq asosan bir kishiga tegishlidir. Notiqlar orasida adabiy til talablariga to‘la amal qilmasdan, balki o‘z sheva yoki laxjalari orqali notiqlik san‘atini namoyish etivchilar ham uchraydi. So‘zga chechanlik , notiqlik til matrialining xarakteriga qarab emas, nutqning ta‘sirchanligiga , nutq san‘atiga qarab baholanadi. Va’zxonlikning, balog’at (chechanlik, notiqlik) san’atining usuli bilan nutq oldiga qo’yilgan talablar mukammallashib bordi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg’ariy, Zamahshariy kabilar tilga, lug’atga, grammatika va mantiqshunoslikka bag’ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa sohalarga doir asarlarida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar. II.bob. Sharq va G’arb notiqligi Download 305 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling