Atamalar agressiya — bosqinchilikdan iborat bo‘lgan, tajavuzkorlikka asoslangan harakat. Artel
Download 18.84 Kb.
|
1 2
Bog'liqATAMALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dashnoqlar
- Desyatina
- Firqa
- Gimnastyorka
- Internatsionalizm
- Izolyator
- Konsentratsion lager
- Minomyot
ATAMALAR Agressiya — bosqinchilikdan iborat bo‘lgan, tajavuzkorlikka asoslangan harakat. Artel — (italyancha–hunarmand) kasb-hunar egalarining birgalashib, jamoa bo‘lib ishlash uchun tuzilgan uyushmasi shakllaridan biri Bolshevik — ( ruscha bolshoy, bolshe – katta ; ko‘p ) Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasining 1903-yil II syezdida partiya a’zolarining ko‘pchiligi asosida tashkil topgan guruhi bolsheviklar, kamchiligi mensheviklarga ajraladi. ‘’Bosmachilik’’ — Turkistonda 1918-1925-yillarda keng xalq ommasi vakillarining bosqinchi qizil armiyaga qarshi qurolli harakatiga sho‘ro hukumati davrida buyuk davlat shovinistlari tomonidan berilgan rasmiy nom. Dashnoqlar — ( armancha ) – arman millatchilarining “Dashnoqsutyun” ( ittifoq ) partiya a’zolari. Deklaratsiya — (ma’lum qilaman) – hukumatning, biror tashkilotning muhim bir hujjatni, qonunni, voqeani ko‘pchilik e’tiboriga yetkazuvchi bayonoti. Desyatina — ( ruscha desyat – o‘n ) metrik sistema qabul etilgunga qadar Rossiyada qo‘llangan. 1,09 gektarga teng yer maydoni o‘lchovi. Eshelon — ( fransuzcha – zina, zinapoya ) maxsus yuk, texnika, artilleriya, tank va qo‘shinlar ortilgan poyezd yoki avtokolonna. Eserlar — S – sotsial, R – revolyutsion ( inqilobiy ), ya’ni, sotsial revolyutsionerlar nomidan olingan bo‘lib, ular sovetlar ichida dehqonlar manfaatini himoya qiluvchi guruh bo‘lgan. Evakuatsiya — (lotincha–bo‘shatmoq, xoli qilmoq) odamlar, tashkilot, korxonalarni, badiiy va boshqa qadriyatlarni urush, tabiiy ofat kabilar xavfidan saqlash maqsadida bir joydan boshqa joyga ko‘chirish. Muxtoriyat — biron-bir hududning davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi. Kadetlar —“konstitutsion demokratlar” birikmasining bosh harflaridan olingan. Rossiyada 1905-yil tashkil topgan, konstitutsion-demokratik partiya deb ataluvchi partiyaning a’zolari. Firqa — (arabcha – guruh, to‘da; partiya) maqsadi, g‘oyasi, dunyoqarashining mushtarakligi jihatidan birlashgan kishilar guruhi. Funt — og‘irlik o‘lchov birligi, 1 funt 410 grammga teng bo‘lgan. GESlar kaskadi (gidroelektrostansiya kaskadi) — bir daryo oqimida bir-biridan ma’lum masofada joylashgan, umumiy suv xo‘jalik rejimi bilan o‘zaro bog‘langan bir nechta gidroelktrostansiya. Gimnastyorka — tik yoki qaytarma yoqali, ustidan kamar bog‘lanadigan ust ko‘ylak (rasmiy harbiy kiyim) Industrlashtirish — Xalq xo‘jaligining barcha sohalarida yirik mashina ishlab chiqarish jarayonini keltirish, ishlab chiqarish tarmoqlarini mashina texnikasini asosiga o‘tkazish. Internatsionalizm — xalqlar va ijtimoiy guruhlarning millatlar ozodligi, mustaqilligi, huquqiy tengligiga asoslangan birdamlik va o‘zaro hamkorlik tamoyili. Ittifoqi muslimin — Sho‘roi Ulamo va Sho‘royi ittifoqchilar partiyasining birlashuvidan tuzilgan partiyasi. Izolyator — (ajratmoq, yakkalamoq) kazarma, lager, yuqumli kasal saqlanadigan va shu kabi vaqtincha ajratib qo‘yiladigan alohida xona, joy. Kavaleriya — otliq qo‘shin. Koalitsion hukumat — umumiy maqsadga erishish uchun tashkil etilgan ko‘ngilli birlashma, bir nechta partiya tomonidan hukumatni ittifoq bo‘lib boshqarish. Kollektivlashtirish — mayda-mayda dehqon xo‘jaliklaridan ommaviy tarzda kollektiv xo‘jaliklar (kolxozlar) tashkil qilish. Konsentratsion lager — ( lotincha – biror narsaning to‘planishi ) bir joyga to‘plash, yig‘ish. Konsentratsion lager-siyosiy mahbuslar qamaladigan maxsus lager. Konservatoriya —(italyancha–boshpana) maxsus musiqa o‘quv yurti. Dastlab Italiyada yetim va qarovsiz bolalarga mo‘ljallangan boshpana. Unda turli hunarlar qatori musiqa ham o‘qitilgan. Kooperatsiya — (lotincha – sheriklik, hamkorlik) o‘zaro bog‘langan ishlab chiqarish jarayonida kishilarning yoki tashkilotlarning hamkorlik asosida ishlashini tashkil etish shakli. Maksimalistlar — mavjud davlat tuzumini tanqid ostiga olib, radikal o‘zgarishlar va islohotlar o‘tkazishni talab etuvchi siyosiy oqim Milliy Markaz — ( Kraymussovet ) Turkiston o‘lka musulmonlari soveti. Minomyot — (ruscha – irg‘itmoq, otmoq) mina otadigan qurol. Monokultura — almashlab ekishga amal qilmagan holda dalada faqat bir xil ekinni mutassil yetishtirish. Natsionalizatsiya — ( inglizcha – millat, xalq ) ayrim shaxs yoki birlashmalarning xususiy mulki bo‘lgan yer, ishlab chiqarish korxonalari, transport va boshqalarni davlat ixtiyoriga olish. Download 18.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling