Atamalar agressiya — bosqinchilikdan iborat bo‘lgan, tajavuzkorlikka asoslangan harakat. Artel


Partokratik — partiya hukmronligiga asoslangan. Pud


Download 18.84 Kb.
bet2/2
Sana09.04.2023
Hajmi18.84 Kb.
#1343589
1   2
Bog'liq
ATAMALAR

Partokratik — partiya hukmronligiga asoslangan.
Pud — 16,38 kg ga teng og‘irlik o‘lchov birligi.
Prokat sexi — aylanuvchi ikki jo‘va (val) orasidan siqib o‘tkazish yo‘li bilan turli shakldagi metal mahsulotlar ishlab chiqarish, prokat hosil qilish.
Proletar — (lotincha – kambag‘al, qashshoq fuqaro) yashash manbayi o‘z ishchi kuchini ishlab chiqarish vositalari egalariga sotishdan iborat bo‘lgan yollanma ishchilar sinfi.
Paranji — ko‘pchilik musulmon ayollar begona erkaklarga ochiq ko‘rinmaslik uchun boshga yopinib yuradigan, bichimi keng va uzun to‘n shaklidagi, soxta yengli yopinchiq (yuz chachvon bilan berkitiladi).
Qo‘rboshi — O‘rta asrlarda O‘rta Osiyo xonliklari qurol-yarog‘ ombori (qo‘r) mutasaddisi hamda qurol-aslaha, turli yarog‘lar va to‘p yasash korxonalari ( qo‘rxona ) boshlig‘i bo‘lib, Turkiston o‘lkasida Oktabr to‘ntarishigacha bo‘lgan davrda mahalliy politsiya boshlig‘i hamda keyinchalik, Turkistonda sovet rejimiga qarshi istiqlolchilik harakati rahbarlarining unvoniga aylangan.
“Qo‘shchi” — Qo‘sh haydovchi kishi, dehqon. Dehqonlarni g‘oyaviy jihatdan birlashtirib turgan ittifoq bo‘lganligi uchun shunday nomlangan.
“Quloqlar” — ( ruscha – kulachestvo – mushtumzo‘r ) mustabid sovet rejimining badavlat va o‘rtahol dehqonlarni qishloq burjuaziyasi sifatida tugaatish siyosatidir.
Referendum — (lotincha – xabar berilishi zarur bo‘lgan narsa) davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan va ba’zan qonunlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umumxalq so‘rovi, ovoz berish yo‘li bilan xalq fikrini aniqlash.
Sanitar poyezd — tibbiy xizmat ko‘rsatish xodimlari va uskunalari bilan ta’minlangan poyezd.
Sanksiya — (lotincha – qat’iy o‘ta jiddiy qaror) hujjat, qarorlarning oliy organ tomonidan tasdiqlanishi, shunday tasdiq natijasida hujjat, qarorning qonuniy kuchga ega bo‘lishi.
Yefreytor — oddiy askarga beriladigan boshlang‘ich harbiy unvon va shu unvonga ega bo‘lgan shaxs.
Vitse-prezident — (lotincha – vice – o‘rniga) “o‘rinbosar’’, “yordamchi” degan ma’nolarni anglaruvchi birinchi tarkibiy qismi. Vitse-prezident – president o‘rinbosari.
Shu’ba — qism, tarmoq.
Sho‘royi Islomiya— Turkiston taraqqiyparvarlarining ijtimoiy-siyosiy tashkilot.
Chachvon — otning dumi qilidan to‘qilgan, paranji ostidan yuzga tutiladigan to‘r parda.
Download 18.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling