Atamaning o’zbek tilida nomlanishi Atamaning izohi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
atamalar 2
Anaksimen
(bizning eramizgacha bo`lgan 560-502 yillar). U «Riktorika» asari bilan stilistika fanining asosini yaratdi. Prodik (bizning eramizgacha bo`lgan V asr). Prodik sinonimika masalalarini ishlab chiqdi. U ma`no jihatdan har bir ma`nodosh so`zning o`ziga xos xususiyatlarini, ma`no ottenkalarini, qirralarini farqlashga o`rgatdi. Protagor (bizning eramizgacha bo`lgan 480-410 yillar). Protagor otlarning rodlarini (jinsini), fe`l zamonlarini va gaplarning turlarini farqladi. Shuningdek, ayni davr faylasuflari ot va fe`llarni farqlab, gapning ot bilan fe`lning bog`lanishidan hosil bo`lishini ta`kidladilar. Platon (bizning eramizgacha bo`lgan 427-347 yillar). O`z davrining dastlabki yirik faylasufi Platon etimologiya fanining asoschisi sifatida e`tirof qilinadi. U mantiqli nutqda ikki turdagi so`zlarni: ot va fe`llarni farqladi. Gapda ega vazifasida kelgan so`zni ot deb, kesim vazifasida kelgan so`zni fe`l deb atadi. Aristotel (bizning eramizgacha bo`lgan 348-322 yillar). O`z davrining ikkinchi buyuk qomusiy olimi - faylasufi Aristotel tilga oid masalalarni mantiq bilan bog`liq holda o`rgandi va u birinchi bo`lib, grammatikani mantiqdan ajratdi. agglyutinatsiya nazariyasi so‘z o‘zgartiruvchilar ilgari mustaqil qo‘llanib kelgan o‘zaklarning keyinchalik asosiy o‘zakka birikishidan, ya’ni agglyutinatsiyasidan kelib chiqadi. Til o‘yinlari , birinchi bo‘lib avstriyalik faylasuf L.Vitgenshteyn til o‘yinlari tushunchasini o‘zining “Философские исследования” asarida ishlatgan, uning ta’kidlashicha “til o‘yinlari bu - tilda so‘zlarni ishlatishning butun jarayoni, shuningdek, bolalar o‘zlarining ona tillarini o‘zlashtiradigan o‘yinlardan biri sifatida tasavvur qilinishi mumkin”. O‘zimiz sezgan va sezmagan holatlarda, og‘zaki nutqda til o‘yinlari jarayonlariga duch kelamiz va ko‘p ishlatamiz. Sxema til sxemasi o`zining ijtimoiy amalga oshishiga va moddiy voqelashishiga bog`liq bo`lmagan alohida sof formadir. Norma til normasi (mehyori) muayyan ijtimoiy reallashishiga ko`ra aniqlanuvchi, ammo batafsil bayon qilinishiga bog`liq bo`lmagan moddiy formadir. Uzus – til uzusi muayyan ijtimoiy jamoada qabul qilingan va kuzatilayotgan voqelikdagi faktlar bilan aniqlanuvchi malakalarning jamidir. belgilar Masalan, yo`l harakatidan ma’lumot beruvchi vositalar va boshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagi vositalar sirasiga kiradi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o`zi haqida va shu bilan birga, borliqdagi boshqa ma`lum narsa-hodisalar haqida ma`lumot berishdir. Bunday vositalar belgilar deb nomlanadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling