Atamaning o’zbek tilida nomlanishi Atamaning izohi


semiologiya belgi nazariyasi bilan shug`ullanuvchi alohida fan  Semiotika


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana24.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1057285
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
atamalar 2

semiologiya
belgi nazariyasi bilan shug`ullanuvchi alohida fan 
Semiotika 
va 
lingvosemiotika 
Semiotika (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fan
bo‘lib, belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni 
o‘rganadi. Semiotikaning tekshirish obyekti jamiyatda qo‘llanadigan belgilar 
tizimi bo‘lib, bunda 2 tipdagi belgilar farqlanadi: tabiiy va sun’iy belgilar. 
Tabiiy belgilar
aslida u yoki bu narsa, hodisaning tarkibiy bo‘lagi - alomatlari bo‘lib, ular inson 
ongida muayyan tasavvurlarni uyg‘otishga xizmat qiladi.
Sun‘iy belgilar 
shartli belgilar bo‘lib, ular predmet va hodisalar haqidagi tasavvurlarning o‘rnini 
bosish uchun xizmat qiladi. Ushbu belgilarning asosiy vazifasi ma’lum bir 
xabarni to‘plash, saqlash, yetkazish, ya’ni insonlar o‘rtasida aloqa vositasi 
bo‘lishdir. Shu bois ularni kommunikativ-informativ belgilar deb atash mumkin 
va ularga turli timsollar, signallarni kiritish mumkin.
material sistema
Har qanday moddiy materialdan tayyorlangan inshoot, qurilma, imorat, tarkibiy 
qismlarga ajraluvchi obyektni yoki jonli organizmni esa material sistema deb 
hisoblash mumkin. Aynan moddiy sistemalar birlamchi material sistema deb 
ataladi
ideal sistemalar 
O`zaro muayyan munosabatlar bilan bog`langan g`oya, tushuncha yoki fikrlar 
ideal sistemalar bo`lib, ular semantik informatsiyaning ko`rinishlaridan biri 
bo`lgan boshqa material tashuvchida mustahkamlanadi
Fonema
tilning eng kichik minimal birligi, biroq til sistemasida eng maksimal vazifani 
bajaradi. U ta’sir qilish, sezgi uyg‘otish quvvatiga ega. Fonema morfema va 
so‘zlarni farqlaydi, faqat ifoda tomoniga ega. Fonema inson nutq a’zolari 
yordamida 
hosil 
qilinadigan 
tovush tiplarining nutqgacha bo‘lgan, 
reallashmagan, umumlashgan andozalari bo‘lib, invariant hisoblanadi. Uning 
nutqda so‘z tarkibidagi ko‘rinishi, qurshov tovushlar ta’sirida paydo bo‘lgan 
qiyofasi esa variantdir.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling