Atamaning o’zbek tilida nomlanishi Atamaning izohi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
atamalar 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘z birikmasi
Morfema
tilning eng kichik ma’no birligi, shakl va mazmun jihatiga ega 2 tomonlama birlik. So‘z shakli tarkibida ishtirok etayotgan morfema varianti – morf deyiladi. Morfning faqat o‘zi uchun qulay vaziyatlarda yuzaga chiqadigan, tanlab ishlatiladigan shakli allomorf deyiladi. Morfema so‘z kabi mustaqillikka ega emas, u nutqda leksema, so‘z shakli tarkibida funksional qism sifatida qo‘llanadi. Leksema morfema kabi 2 tomonning: tovush va ma’no, ifoda va mazmunning uyg’unligidan tashkil topadi. Leksemaning tovush, ifoda tomoni nomemalar, ma’no –mazmun tomoniga denotatlar – predmetlar kiradi. Leksemaning eng muhim xususiyati uning jamiyat a’zolari uchun tayyorligidir. Leksema til sistemasining lug‘at boyligi, u so‘z birikmasi va gap uchun material hisoblanadi. Tovush nutq birligi, fonemaning nutqda voqelashgan, reallashgan moddiy shakllanga asosi. Tovush til birliklari - morfema, leksemalarning moddiy qobig‘i, ifoda tomoni hisoblanadi. Tovush xususiylik sifatida fizik, akustik, fizioligik va lisoniy xususiyatlarga ega. U fonemaga nisbatan birlamchi hodisa va fonema bo‘la oladi, muayyan birliklarni funksional-semantik jihatdan farqlaydi va ijtimoiy vazifani bajaradi. So‘z nutq birligi bo‘lgan tovushlar kompleksidan tashkil topgan ijtimoiy belgidir. U tilda tayyor turadigan, imkoniyatlar majmuasi bo‘lgan leksemaning voqelanishi, ro‘yobga chiqishi, moddiy ko‘rinishidir. Demak, so‘z xususiylik sifatida namoyon bo‘ladi va perseptiv (tovush tomoniga egalik), nominativ (atash funksiyasi)va signifikativ (ma’no, tushuncha ifodalash) vazifalarni bajaradi. So‘z birikmasi leksema va so‘zlarning nutq jarayonida erkin birikuvidan tashkil topadigan, nutq jarayonida yetishtiriladigan birlik. U gap bilan so‘z orasidagi oraliq nutqiy birlik - nutq mahsuli sifatida baholanadi va gap uchun qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. So‘z birikmasi ham nominativ - atash vazifasini bajaradi, uning ma’nosi tarkibidagi mustaqil so‘zlar ma’nolaridan kelib chiqadi, biroq ushbu so‘zlar semantikasiga qaraganda aniqroq, chuqurroq, murakkabroq va kengro mazmunga ega. So‘z birikmasi tarkibidagi komponentlar o‘zaro tobe-hokim munosabatida bo‘ladi. Har bir so‘z birikmasi asosida so‘z valentligi - so‘zlarning birikuvchanlik imkoniyati yotadi. Gap ifoda va mazmun jihatlariga ega bo‘lgan, fikr ifodalash (axborot olish va axborot berish), ya’ni kommunikatsiya akti birligi hisoblanadi. Gap grammatik, intonatsion tugallikka ega bo‘lgan va muayyan hukmni bildiradigan birlik. Ayni paytda gapda borliqga munosabat– modallik ham ifodalanadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling