Atamaning o`zbek tilidagi nomlanishi
|
Atamaning rus tilidagi nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilidagi nomlanishi
|
Atamaning mazmuni
|
Model pog`onalari.
|
модель ступеней
|
.step model
|
Ma‘lumki, har qanday ixtiyoriy tizim, shu jumladan hisoblash tizimlari - bu ko‘pdan-ko‘p elementlar birligidir. Har bir tizim xususiyatlardan biri uning kichik bo‘laklarga bo‘linishidir. Shuning uchun tizimlar qismlar (qism bulaklar, elementlar) majmuasi shaklda tasvirlanadi. Bu majmuaga tizimni butunligiga saqlab qoluvchi hamma bo‘laklar kiritiladi. Biror-bir elementni modeldan chiqarib tashlash tizimi asosiy xususiyatlarini yo‘qotilishiga olib kelmasligi lozim.
|
Strukturalash va boshqarish.
|
Структурирование и управление.
|
Structuring and management.
|
Modelni strukturasini tuzish elementlar orasidagi o‘zaro aloqalarni ko‘rsatish (ifodalash) bilan tugaydi. Aloqa moddiy va axborotli ko‘rinishlarga (turlarga) bo‘linadi. Moddiy aloqalar o‘zgartirilayotgan mahsulotni bitta elementdan ikkinchi elementga mumkin bo‘lgan o‘tish yullarini aks ettiradi. Axborotli aloqalar esa elementlar orasidagi boshqarish va holatlar hakidagi axborotni uzatishni ta‘minlaydi.
|
Murakkab tizimlar
|
Усовершенствованные системы
|
Advanced systems
|
Murakkab tizimlarda, ya‘ni ko‘p funkstional elementli yoki bittadan ortiq chiqish moddiy aloqalarga ega bo‘lgan tizimlarda boshqarish vositalari va mos axborot aloqalar mavjud bo‘ladi.
|
Modelni yaratishda asosiy muammolardan biri
|
Одна из главных проблем при создании модели
|
One of the main problems in creating a model
|
Modelni yaratishda asosiy muammolardan biri bu modelni oddiyligi va adekvatligi o‘rtasida kompromissni aniqlashdir. Kompromiss echimini topishni formal usullari mavjud emas. Bu muammo asosan tadqiqchining tizim hakidagi bilimlariga, hisoblash boholariga tajribasiga bog`liq. Shuning uchun modellashtirish faqat Fan bo‘libginaqolmasdan, balki san‘at hamdir. Mo‘ljallanmagan modelni tuzishda ko‘pincha foydali va tashqi muhitning ta‘sirlari aniqlanadi.
|
Fizik model
|
Физическая модель
|
Physical model
|
Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (o‘lchami, tezligi, ko‘lami) jihatidan farq qiladigan modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil,
poezd, GES va boshqalarning modellari fizik modelga misol bo‘ladi.
|
|