Ateroskleroz: sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash va oldini olish


ATEROSKLEROZNING ALOMATLARI VA BELGILARI


Download 200.89 Kb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi200.89 Kb.
#1494493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Arteroskleroz

    Bu sahifa navigatsiya:
  • YURAK

ATEROSKLEROZNING ALOMATLARI VA BELGILARI


Ateroskleroz tizimli kasallik bo’lib, u odatda organizmning barcha asosiy qontomirlariga ta’sir qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, alomatlari ham har xil bo’ladi. Asosan yurak, miya, oyoqlar aziyat chekadi. Alomatlari o’ziga xosdir, ammo aterosklerozni qo’shimcha usullarsiz ham tashxislasa bo’ladigan darajada ravshan namoyon bo’lmaydi.
Uning belgilari qaysi a’zo qon aylanishi yetishmovchiligidan ko’proq aziyat chekayotganiga bog’liq. Har qanday ateroskleroz shaklida ikki simptomatik davr farqlanadi. Klinikgacha davrda jarayon endi boshlanayotgan bo’ladi, shuning uchun kasallikning muayyan ko’rinishi kuzatilmaydi. A’zolarning qon bilan ta’minlanishi va faoliyati bilan bog’liq asosiy muammolar arteriya bo’shlig’ining yarimidan ko’prog’I yopilganda boshlanadi.

YURAK


Yurakdagi og’riq 75% holatlarda namoyon bo’ladi. Ateroskleroz tojtomirlarga ta’sir qiladi va miokardga kislorod va ozuqa moddalari borishini yomonlashtiradi. Yurak oziqlanish intensivligining o’zgarishiga o’ta sezgir bo’lgan organlardan biridir. Bu hususiyat bo’yicha faqat miya undan ustun turadi. Kasallik alomatlari darhol rivojlanadi, bemorning his-tuyg’ularini to’g’ri talqin qilish muhimdir.

Yurakda normal qon aylanishining buzilishi stenokardik sindrom bilan namoyon bo’ladi. Alomatlar davri ro’y beradi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Ko’krak sohasidagi og’riq. Bosadigan, o’tmas, kuchayib-so’nadigan yoki yonish hissi kabi bo’ladi (bu ishemik jarayon uchun xos alomatlar). Og’riq kurak, chap yelka, bilak va barmoqlarga tarqaladi (qon aylanish tizimining butun uzunligi bo’ylab);

  • Ko’krak qafasida bosim hissi (go’yoki ko’krak qafasiga og’ir yuk qo’yilgandek);

  • Nafas olish paytida og’riqli hislar (nafas chiqarishda ham);

  • Nafas olish buzilishlari.

Aterosklerozga xos xususiyat sifatida stenokardiya paroksimal (xurujlar bilan) namoyon bo’ladi. Xurujlar vaqtida qon bosimi darajasida beqarorlik kuzatiladi.
Kamdan-kam hollarda yurak toj tomirlarning aterosklerozi quyidagi alomatlar bilan namoyon bo’ladi:

  • Chaptomon pastki jag’, quloq, bo’yin sohasida og’riq;

  • Yelkalarda og’riq;

  • Qo’l-oyoqlarda zaiflikni his qilish;

  • Sovqotish, terlash va varaja qilish (teri junjikishi) hissi;

  • Taxikardiya yoki bradikardiya (yurak ritmining buzilishi);

  • Qayt qilish va ko’ngil aynishi;

  • Hushning chalkashishi yoki qisqa muddatga uni yo’qotish.

Alomatlarning intensivligi va davriyligi bevosita tananing kuchlanish darajasiga bog’liq (stress, ortiqcha ovqatlanish, psixoaktiv moddalarni suiste’mol qilish va boshqalar).

Download 200.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling