ATF ga doir masalalar.
NAZARIYA.
Energiya almashinuvi 3 ta boshqichdan iborat.
I-bosqich:
Bu bosqich ovqat hazm qilish organlarida va hujayra lizasomasi fermentlari ishtirokida o’tadi. Hazm qilish organlaridan ajraladigan fermentlar tasirida polimer moddalar monomerigacha parchalanadi yani
oqsillar-aminokislotalarga, lipidlar-glitserin va yog’
kislotaga,polisaxaridlar-monosaxaridga.Energiya kam hosil bo’ladi.
II- bosqich:
Kislorodsiz parchalanish(glikoliz yoki achish)da
glukoza parchalanishidan 2 molekula sut kislota,
2 molekula ATF hosil bo’ladi. Yani
200 kj energiya hosil bo’lib uning 40%(
80kj) ATF da to’planadi. 60%(
120kj) issiqlik energiyasi sifatda ajraladi.
C6H12O6 +2H3PO4+ 2ADF ------- 2C3H6O3 + 2ATF + 2H2O +200 kj
III- bosqich:
Kislorodli parchalanishda hosil bo’lgan 2mol sut kislota to’liq CO
2 va H
2O gacha parchalanadi.
Bunda 36
molekula ATF, 2600kj energiya hosil bo’ladi. Bundan
1440kj ATF da to’planadi. Qolgan
1160kj energiya issiqlik sifatida tarqaladi.
2C3H6O3 +6O2 +36ADF+36H3PO4-----6CO2 +42H2O +36ATF
Demak, 180gr Glukoza to’liq oksidlanishi natijasida ajraladigan 2800kj energiyaning 1520kj hujayrada ATFda to’planadi. 1280 kj issiqlik sifatida tarqalib ketadi.