2. Musbat-RNK li viruslarda RNK genomi bir vaqtning o‘zida axborot RNK ham hisoblanadi, shuning uchun transkripsiya bosqichi bo‘lmaydi va sxema qisqaradi:
Musbat –RNK genomi > translyatsiya > oqsil
a-RNK vazifasini bajaruvchi musbat – RNK poliribosomalarga tushadi va proteazalar ta’sirida strukturasiz va strukturali oqsillarga parchalanuvchi gigant polipeptid translyatsiyalanadi.
3. Manfiy-RNK li viruslarda (bir ipli va ikki ipli RNK) oqsilning sintezlanishi quyidagi sxema bo‘yicha sodir bo‘ladi:
Manfiy - RNK genomi > transkripsiya > a-RNK > translyatsiya > oqsil
Trankripsiya jarayoni virusning transkriptazasi bilan amalga oshiriladi, bunda ndividual yetilgan oqsil yoki polipeptidni translyatsiyasi bilan ham qisqa, ham uzun a-RNK si shakllanishi mumkin.
Retroviruslarda transkripsiya va translyatsiyaning boshqa tiplari ham mavjud.
4. Retroviruslar (OIV infeksiya qo‘zg‘atuvchisi, onkogen viruslar) 1 ipli musbat-RNK ning 2 ta o‘xshash molekulasi va RNK ga bog‘liq DNK polimeraza (teskari transkriptaza yoki revertaza) fermentini tutgan diploid genomga ega bo‘ladi.
Retroviruslarda irsiy axborotni RNK dan DNK ga o‘tkazish yo‘li o‘ziga xos bo‘lib, bu yo‘l boshqa viruslarda kamdan-kam uchraydi. Shunga o‘xshash yo‘l gepatit V virusida va virusli kana ensefalitida ham topilgan.
Retroviruslarda oqsil sintezi sxemasi quyidagicha:
RNK genomi > komplementar DNK (provirus) > transkripsiya > a-RNK > translyatsiya > oqsil
Musbat-RNK genomi matritsasida teskari transkriptaza fermenti yordamida komplementar DNK (manfiy – ip) sintezlanadi. So‘ngra virus RNKsi nukleoproteaza ta’sirida parchalanadi va uning o‘rnida xujayraning DNK – polimeraza fermenti ishtirokida DNK ning ikkinchi ipi (musbat ip) tuziladi. Halqasimon shakldagi ikki ipli DNK (retrovirusining irsiy axborotini saqlagan) hosil bo‘ladi va hujayra xromosomasiga provirus ko‘rinishida integratsiyalanadi. Bunday provirus DNKsidan a-RNK transkripsiyasi va keyinchalik oqsil translyatsiyasi sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |