Atlaslar va jadvallarga asoslangan holda odam va hayvonlarning virusli kasalliklari alomatlarini o‘rganish


Download 53 Kb.
bet9/9
Sana02.11.2023
Hajmi53 Kb.
#1740311
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu1

Ikki ipli DNK

Poxviridae

Chiziqli ikki ipli DNK

Jamlangan


(kompleksli)

Bor

G‘ishtsimon ko‘rinishda, 250x200x200

Chinchechak, maymun chechagi, sigir chechagi, kontogiozli mollyuska

Herpesviridae

Chiziqli ikki ipli DNK

Kubsimon

Bor

Sferik 150-200

Gerpes, suvchechak va o‘rab oluvchi temiratki, sitomegaliya, infeksion mononukleoz

Adenoviridae

Chiziqli ikki ipli DNK

Kubsimon

Yo‘q

Ko‘p qirrali, 70-110

O‘RVI, gastroenteritlar

Papillomaviridae

Halqali ikki ipli DNK

Kubsimon

Yo‘q

Ko‘p qirrali 55

So‘gal (papillomalar), bachadon bo‘yni o‘smasi va boshqalar

Polyomaviridae

Halqali ikki ipli DNK

Kubsimon

Yo‘q

Ko‘p qirrali 40-45

Rivojlanuvchi ko‘p o‘choqli leykoensefalopatya

Bir ipli DNK

Parvoviridae

Chiziqli bir ipli DNK

Kubsimon

Yo‘q

Ko‘p qirrali 18-26

Infeksion eritema, poliartrit

Cicinoviridae

Chiziqli bir ipli DNK

Kubsimon

Yo‘q

Ko‘p qirrali 25

Gepatit TT

Ikki ipli DNK (teskari transkripsiyalovchi)

Hepadnaviridae

Halqali ikki ipli DNK, DNKning bitta ipi to‘liq emas

Kubsimon

Bor

Sferik 40-48

Gepatit V

Ikki ipli RNK

Reoviridae

Chiziqli fragmentlangan ikki ipli RNK

Kubsimon

Yo‘q

Ko‘p qirrali 60-80

O‘RVI, gastroenteritlar

Bir ipli RNK

Picornoviridae

Chiziqli musbat RNK

Kubsimon

Yo‘q

Ko‘p qirrali 8-30

Poliomiyelit, gastroenteritlar, gepatit A, enterovirusli, rinovirusli infeksiyalar, oqsim (yaщur)

Caliciviridae

Chiziqli musbat RNK

Kubsimon

Yo‘q

Ko‘p qirrali, 27-9

Gastroenteritlar, gepatit YE

Astroviridae

Chiziqli musbat RNK

Kubsimon

Yo‘q

Ko‘p qirrali, 27-31

Gastroenteritlar

Coronaviridae

Chiziqli musbat RNK

Spiralsimon

Bor

Sferik polimorf,
80-220

O‘RVI, gastroenteritlar

Flaviviridae

Chiziqli musbat RNK

Kubsimon

Bor

Sferik, 45-60

Sariq isitma, Denge isitmasi, Omsk gemorragik isitmasi, Yapon ensefaliti, kanali ensefalit
gepatit S, gepatit G

Togaviridae

Chiziqli musbat RNK

Kubsimon

Bor

Sferik, 50-70

Qizilcha, Karel isitmasi va boshqalar

Paramyxoviridae

Chiziqli manfiy RNK

Spiralsimon

Bor

Polimorf, sferik, 150-300

Qizamiq, o‘tkir osti sklerozli ensefalit (O‘OSE), epidemik paratif, paragripp, RS-infeksiyalar

Orthomyxoviridae

Fragmentlangan chiziqli manfiy RNK

Spiralsimon

Bor

Polimorfli sferik, 80-120

Gripp A,V,S

Rhabdoviridae

Chiziqli manfiy RNK

Spiralsimon

Bor

O‘qsimon, 75-180

Qutirish, vezikulyar stomatit

Bunyaviridae

Chiziqli / fragmentlangan xalqali manfiy RNK

Spiralsimon

Bor

Polimorfli sferik 80-120

Qrim-Kongo gemorrogik isitmasi, buyrak sindromli gemorrogik isitma va boshq.

Arenaviridae

Xalqali / segmentlangan chiziqli manfiy RNK

Spiralsimon

Bor

Polimorfli sferik, 110-130

Limfotsitar xoriomeningit va boshq.

Filoviridae

Chiziqli manfiy RNK

Spiralsimon

Bor

Ipsimon, 80x790-1000

Ebol, Marburg Afrika gemorragik isitmasi

Bir ipli RNK (teskari transkripsiyalovchi)

Retroviridae

Chiziqli diploid to‘plamli musbat RNK

Kubsimon

Bor

Sferik, 80-100

OIV-infeksiyasi (OITS), T-hujayrali leykoz

Oiladan tashqari

Deltavirus

Halqali manfiy RNK

Spiralsimon

Bor

Sferik, 36-43

Gepatit D

Virusning biologik tur sifatida saqlanishida ko‘p viruslarning organizm hujayralarida persistensiya bo‘lish xususiyati muhim ahamiyatga ega, ya’ni ular organizmda uzoq vaqt, ba’zan esa bir umrga saqlanib, vaqti-vaqti bilan tashqi muhitga ajralib turadi. Viruslar faollashganda endogen infeksiyani chaqirishi mumkin.


Viruslar persistensiyasi organizmda virusga qarshi immunitetning yetishmasligida, immuntanqislik (tug‘ma yoki orttirilgan) holatlarida, immuntolerantlik yuzaga kelganda va organizmning allergik holatlarida kuzatiladi.
Persistensiyaning kelib chiqishida viruslarga bog‘liq bo‘lgan omillar:

  • genetik darajadagi hujayra ichi parazitizmi;

  • nishon - hujayra genomiga integratsiyalanish qobiliyati;

  • nuqsonli viruslarning, DI – bo‘lak va boshqa o‘zgargan shakllarning hosil bulishi;

  • abortiv infeksiyaning mavjudligi;

Viruslar persistensiyasi natijasida surunkali virusli infeksiya, latent (yashirin) infeksiya, virus tashuvchilik hamda sekin kechadigan virusli infeksiyalar rivojlanishi mumkin.
Ma’lumki, infeksion jarayonning yuzaga kelishi uchun patogen mikroorganizm, moyil makroorganizm va tashqi xamda ijtimoiy muhitning qulay sharoiti mavjud bulishi lozim. Bu qonuniyat virusli infeksiyalarga ham taalluqlidir.
Lekin viruslar mutlaq hujayra ichi genetik paraziti hisoblanganligi uchun, virusli infeksiya avvalo hujayraviy darajada, ya’ni virus va hujayraning o‘zaro yaqin ta’siri natijasida rivojlanadi.
Hujayraviy darajadagi virusli infeksiyalar
Viruslar patogenligi odatda “yuqumlilik” yoki “yuquvchanlik” terminlari bilan ataladi. U virusning hujayra reseptorlariga adsorbsiyasi va unga kirishi, virus genomining ozod bo‘lishi va o‘z irsiy axborotini bir yoki bir qancha reproduksiya bosqichlarini amalga oshirib tadbiq etishi bilan yuzaga chiqadi. Bunda hujayraning biosintetik tizimlari va energetik resurslaridan foydalaniladi. Hosil bulgan virion avlodlari qo‘shni hujayralarni ham zararlaydi, viruslarning birlamchi ko‘payish o‘chog‘i shakllanadi (odatda organizmga kirish darvozasi joyida) va bu yerdan butun organizmga tarqaladi. Natijada virusli infeksiyalarga xos bo‘lgan mahalliy va umumiy patologik jarayonlar rivojlanadi.
Yuqumlilik xususiyatiga ega bulgan viruslar tashqi muhitga ajralganda tirik qolishi va boshqa organizmlarga yana yuqishi mumkin. Viruslar o‘z yuqumliligini moyil hujayralarda amalga oshiradi. Faqat moyil (permissiv) hujayralardagina viruslar reproduksiyasining barcha bosqichlari to‘liq davom etadi va yangi virion populyatsiyalari paydo bo‘ladi.
Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling