Atlaslar va jadvallarga asoslangan holda odam va hayvonlarning virusli kasalliklari alomatlarini o‘rganish
Download 53 Kb.
|
1-mavzu1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir ipli DNK
- Ikki ipli DNK (teskari transkripsiyalovchi)
- Ikki ipli RNK
- Bir ipli RNK
- Bir ipli RNK (teskari transkripsiyalovchi)
- Oiladan tashqari
- Hujayraviy darajadagi virusli infeksiyalar Viruslar patogenligi
Virusning biologik tur sifatida saqlanishida ko‘p viruslarning organizm hujayralarida persistensiya bo‘lish xususiyati muhim ahamiyatga ega, ya’ni ular organizmda uzoq vaqt, ba’zan esa bir umrga saqlanib, vaqti-vaqti bilan tashqi muhitga ajralib turadi. Viruslar faollashganda endogen infeksiyani chaqirishi mumkin. Viruslar persistensiyasi organizmda virusga qarshi immunitetning yetishmasligida, immuntanqislik (tug‘ma yoki orttirilgan) holatlarida, immuntolerantlik yuzaga kelganda va organizmning allergik holatlarida kuzatiladi. Persistensiyaning kelib chiqishida viruslarga bog‘liq bo‘lgan omillar: genetik darajadagi hujayra ichi parazitizmi; nishon - hujayra genomiga integratsiyalanish qobiliyati; nuqsonli viruslarning, DI – bo‘lak va boshqa o‘zgargan shakllarning hosil bulishi; abortiv infeksiyaning mavjudligi; Viruslar persistensiyasi natijasida surunkali virusli infeksiya, latent (yashirin) infeksiya, virus tashuvchilik hamda sekin kechadigan virusli infeksiyalar rivojlanishi mumkin. Ma’lumki, infeksion jarayonning yuzaga kelishi uchun patogen mikroorganizm, moyil makroorganizm va tashqi xamda ijtimoiy muhitning qulay sharoiti mavjud bulishi lozim. Bu qonuniyat virusli infeksiyalarga ham taalluqlidir. Lekin viruslar mutlaq hujayra ichi genetik paraziti hisoblanganligi uchun, virusli infeksiya avvalo hujayraviy darajada, ya’ni virus va hujayraning o‘zaro yaqin ta’siri natijasida rivojlanadi. Hujayraviy darajadagi virusli infeksiyalar Viruslar patogenligi odatda “yuqumlilik” yoki “yuquvchanlik” terminlari bilan ataladi. U virusning hujayra reseptorlariga adsorbsiyasi va unga kirishi, virus genomining ozod bo‘lishi va o‘z irsiy axborotini bir yoki bir qancha reproduksiya bosqichlarini amalga oshirib tadbiq etishi bilan yuzaga chiqadi. Bunda hujayraning biosintetik tizimlari va energetik resurslaridan foydalaniladi. Hosil bulgan virion avlodlari qo‘shni hujayralarni ham zararlaydi, viruslarning birlamchi ko‘payish o‘chog‘i shakllanadi (odatda organizmga kirish darvozasi joyida) va bu yerdan butun organizmga tarqaladi. Natijada virusli infeksiyalarga xos bo‘lgan mahalliy va umumiy patologik jarayonlar rivojlanadi. Yuqumlilik xususiyatiga ega bulgan viruslar tashqi muhitga ajralganda tirik qolishi va boshqa organizmlarga yana yuqishi mumkin. Viruslar o‘z yuqumliligini moyil hujayralarda amalga oshiradi. Faqat moyil (permissiv) hujayralardagina viruslar reproduksiyasining barcha bosqichlari to‘liq davom etadi va yangi virion populyatsiyalari paydo bo‘ladi. Download 53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling