Atlaslar va jadvallarga asoslangan holda odam va hayvonlarning virusli kasalliklari alomatlarini o‘rganish


Download 53 Kb.
bet3/9
Sana02.11.2023
Hajmi53 Kb.
#1740311
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu1

4. Virus genomining ekspressiyasi virus nuklein kislotasining ajralib chiqqanidan so‘ng sodir bo‘lishi mumkin, ba’zida uni hujayra yadrosiga tashilishi va hujayra genomi bilan o‘zaro ta’sirini talab qiladi.
Virus irsiy programmasining realizatsiyasi transkripsiya jarayoni bilan boshlanib, translyatsiya va virus genomining replikatsiyasi bilan davom etadi. Natijada virus komponentlari - virusning strukturali oqsili va virus genomi nusxasi shakllanadi.
Transkripsiya – bu matritsada hujayra ribosomalarida virus oqsilining sintezi va navbatdagi translyatsiya uchun zarur bo‘lgan genom nuklein kislotaga komplementar axborot RNK (a-RNK)ning shakllanishi.
Translyatsiya – bu a-RNK ga qo‘yilgan, maxsus tartibli aminokislotalardagi genetik axborotni o‘tkazish jarayonidir. Hujayra ribosomalarida a-RNK translyatsiyasi amalga oshiriladi, bunda hujayra oqsil sintezi to‘xtatiladi va virus oqsili translyatsiyalanadi.
a-RNK ni uzunligiga bog‘liq holda virus oqsillarining 2 xil shakllanishi mavjud.
YEtilgan virus oqsili alohida qisqa, monotsistronli a-RNK da kodlanadi. Uzun politsistronli a-RNK virus genomining barcha axborotini yoki uning ma’lum bir gigant poliprotein translyatsiya qiladigan qismini saqlashi mumkin. Bu polipeptid virus va hujayra proteaza fermenti ta’sirida alohida virusning strukturasiz (regulyator oqsillar va reproduksiya jarayoniga xizmat qiluvchi fermentlar) va strukturali oqsiliga bo‘lib tashlanadi. Ayrim viruslarda oqsillarning ikki xilda shakllanishi birgalikda kechishi mumkin.
Trankripsiya va translyatsiya jarayonlari virusning nuklein kislotasining turi va tuzilishiga bog‘liq ravishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
1. Ikki ipli DNK li viruslarda bu jarayonlar barcha tirik organizmlar uchun quyidagi umumiy (universal) sxemada sodir bo‘ladi:
DNK genomi > transkripsiya > a-RNK > translyatsiya > oqsil
Ko‘pchilik DNK tutuvchi viruslardagi kabi transkripsiya yadroda sodir bo‘lsa, u RNK-polimeraza (transkriptaza)ga bog‘liq holda hujayra DNKsi bilan amalga oshiriladi. Agar sitoplazmada sodir bo‘lsa, transkripsiyani virionning tarkibiga kiradigan virus transkriptazasi bajaradi. DNK tutuvchi viruslarda alohida oqsillarni kodlovchi genom bo‘lagi ketma-ketligi hisobga olinadi, qisqa a-RNK ni shakllantiradi, avvaliga erta a-RNK, so‘ngra kechki a-RNK shakllanadi. Ribosomalarda avval virusning erta strukturasiz, so‘ngra esa kechki strukturali oqsillar translyatsiyasi sodir bo‘ladi.

Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling