Atlaslar va jadvallarga asoslangan holda odam va hayvonlarning virusli kasalliklari alomatlarini o‘rganish
Download 53 Kb.
|
1-mavzu1
Avlod - evolyutsion kelib chiqishi umumiy va ko‘p xususiyatlari o‘xshash bo‘lgan viruslardan iborat bo‘ladi. Avlodning nomlanishida “-virus” qo‘shimchasi bo‘ladi, masalan Enterovirus.
Tur – viruslarning avlod ichidagi bo‘limidir. Tur – bu nukleotid tarkibi o‘xshash va ma’lum bir ekologik muhitni egallovchi bir avlodga mansub viruslar yig‘indisidir. Turni nomlashda “-virus” qo‘shimchasi qo‘shiladi, masalan Poliovirus. VTXT viruslarning nomlarini ishlab chiqadi, bunda ular keltirib chiqaradigan kasalliklari yoki simptomlari, ba’zida geografik nomlari va boshqalar hisobga olinadi. Masalan: Papillomavirus, Hepatitis B virus, Marburg virus, Epstein – Barr virus. Viruslarning nomlanishi Linneyning binar nomenklaturasiga mos kelmaydi, lekin nomlanishning asosiy vazifasi bo‘lgan -unifikatsiyalashtirish bajariladi. Viruslar turlari kenja tur, serovariantlar, genetik variantlar, shtammlar kabi hali rasmiy qabul qilinmagan bo‘limchalarga ham bo‘linadi. Viruslarning tartib, oila, oilacha va avlodini aniqlash uchun asosiy mezonlar quyidagilar hisoblanadi: virus genomining tashkiliy tuzilishi va turi virus replikatsiyasining strategiyasi virionning tuzilishi. Avlod ichida turni differensiatsiyalash maqsadida quyidagi mezonlardan foydalaniladi: genom nukleotid tarkibidagi o‘xshashlik; tabiiy xo‘jayini (ekologik makoni); to‘qima va hujayralarga tropizmi; patogenlik va sitopatologiya; infeksiyaning yuqish yo‘li; virionning fizik-kimyoviy xususiyati; virus oqsillarining antigenlik xususiyati. Zamonaviy tasnif bo‘yicha odam uchun patogen bo‘lgan viruslar 22 ta oilaga kiritiladi (2-rasm; 1-jadval), shulardan 8 tasi DNK-genomli viruslar va 14 tasi RNK-genomli viruslardir. Yaqinda yana 19 oila hisobga olindi. Oxirgi yillarda Astroviridae, Cirsinoviridae va Filoviridae yangi oilalari yaratildi. Papovaviridae oilasi ikkiga: Papillomaviridae va Poliomaviridae larga bo‘lindi. Shunday qilib, viruslar tasnifi to‘ldirilib va takomillashtirilib boriladi. Odam uchun patogen bo‘lgan viruslar orasida faqat odamni zararlaydigan hamda odam va umurtqali hayvonlar uchun patogen bo‘lgan viruslar uchraydi. Ba’zi viruslar filogenetik barerni yengib o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lib, faqatgina odam va umurtqali hayvonlar organizmida emas, balki umurtqasizlar (kanalar, chivinlar, iskaptoparlar va boshqalar) organizmida ham ko‘payadi. Bunday viruslarga: bunyaviruslar, togaviruslar, flaviviruslar, rabdoviruslarning ayrim avlodlari, arenoviruslar va reoviruslar kiradi. Bu viruslar uchun bo‘g‘imoyoqlilar ham tabiiy xo‘jayin, ham infeksiya tashuvchi bo‘lib hisoblanadi. Bunday viruslar arboviruslarning ekologik guruhini tashkil etadi. Download 53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling