Atlaslar va jadvallarga asoslangan holda odam va hayvonlarning virusli kasalliklari alomatlarini o‘rganish


Virusning alohida komponentlaridan virionning shakllanishi


Download 53 Kb.
bet6/9
Sana02.11.2023
Hajmi53 Kb.
#1740311
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu1

5. Virusning alohida komponentlaridan virionning shakllanishi ko‘pchilik viruslarda sitoplazma ichida amalga oshiriladi. Oddiy viruslar virusning nuklein kislotasi va kapsid oqsilining o‘zaro ta’siri natijasida o‘z – o‘zini yig‘ish yo‘li bilan hosil bo‘ladi, bunda kapsid spiralsimon yoki kubsimon simmetriya tip bo‘yicha shakllanadi. Hosil bo‘lgan struktura turg‘un bo‘ladi va nukleokapsid deb nomlanadi.
Murakkab viruslarda virion bir necha bosqichlarda shakllanadi. Avval hujayra membranasi (tashqi, ichki va yadro membranasi) bilan ta’sirlashuvchi nukleokapsid hosil bo‘ladi, so‘ngra superkapsid qobig‘i bilan o‘raladi, ayrim viruslarda superkapsid ostida matriks qavat (M-qavat) shakllanadi.
6. Hujayradan virionning chiqishi hujayrani lizisga uchrashi yoki kurtaklanish yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Birinchi usul oddiy viruslarga xos bo‘lib, “portlash” yo‘li bilan chiqish deyiladi.
Ikkinchi usul murakkab viruslarda kuzatiladi, ya’ni hujayra membranasi orqali kurtaklanadi, bir vaqtning o‘zida virus oqsili – glikoproteindan iborat superkapsid qobig‘i hosil bo‘ladi. Bunda hujayra darrov halok bo‘lmaydi, balki virionning yangi avlodini hosil qilib ajratishda davom etadi.
Viruslar taksonomiyasi va tasnifi.
Viruslarning zamonaviy tasnifi universal hisoblanib, odam va umurtqali hayvonlar, umurtqasizlar, sodda hayvonlar, o‘simliklar, zamburug‘lar va bakteriyalarni zararlovchi viruslarni o‘z ichiga oladi. Avval aytib o‘tilganidek, viruslar alohida “Vira” – podsholigiga ajratilgan.
Viruslar tasnifi va taksonomiyasi yangi olingan ma’lumotlar asosida doimo to‘ldirilib boriladi.
Bu soha bo‘yicha Viruslar Taksonomiyasi bo‘yicha Xalqaro Tashkilot – VTXT (International Committee on Taxonomy of Viruses - ICTV) yetakchi tashkilot bo‘lib hisoblanadi va u Butun Dunyo Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti bilan bevosita aloqada bo‘ladi. Hozirgi vaqtda VTXK da 1550 xildan ortiq viruslar xususiyatlari yozilgan reyestr tuzildi va ma’lumotlar bazasi – ICTVdB yaratildi. Viruslar taksonomiyasining zamonaviy tizimi Linney tasnifining prinsiplariga asoslanadi va quyidagi taksonomik mezonlardan iborat: tartib, oila, oilacha, avlod, tur.
Tartib – tartibni qayta ishlab chiqish ishi hali tugallanmagan. Tartib genomning turiga bog‘liq ravishda virus oilalarini birlashtiradi va ularning lotincha nomlanishga “ - virales” qo‘shimchasi qo‘shiladi, masalan, Mononegavirales (bir ipli manfiy – RNK-genomli).
Oila – umumiy evolyutsion kelib chiqishga ega bo‘lgan viruslar guruhlaridan (avlodlardan) tashkil topadi. Oilani ko‘rsatish uchun “- viridae” qo‘shimchasidan foydalaniladi, masalan Orthomyxoviridae.
Oilacha – bir oilaga kiruvchi viruslarni o‘rganishda ularning umumiy evolyutsion kelib chiqishiga qarshi yangi ma’lumotlar olingan holatlarda bu takson qo‘llaniladi. Bunday oilalar oilachalarga yoki yangi oilalarga bo‘linadi. Oilacha “ - virinae” qo‘shimchasiga ega bo‘ladi, masalan Herpesviridae oilasi 3 ta oilachaga bo‘linadi: α-, β-, γ- Herpesvirinae.

Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling