Atlaslar va jadvallarga asoslangan holda odam va hayvonlarning virusli kasalliklari alomatlarini o‘rganish


Download 53 Kb.
bet1/9
Sana02.11.2023
Hajmi53 Kb.
#1740311
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu1


Atlaslar va jadvallarga asoslangan holda odam va hayvonlarning virusli kasalliklari alomatlarini o‘rganish.
Hujayradagi viruslar reproduksiyasi (produktiv infeksiya) – yagona jarayon bo‘lib, shartli ravishda bir necha bosqichlarga bo‘linadi:

  1. Virionning hujayraga adsorbsiyasi.

  2. Virusning hujayraga kirishi.

  3. Virionning deproteinizatsiyasi va uni nuklein kislota (genom) dan ozod bo‘lishi.

  4. Virus genomini ekspressiyasi va virion komponentlarining sintezlanishi (transkripsiya, translyatsiya, replikatsiya).

  5. Virionning shakllanishi (morfogenez).

  6. Hujayradan virion yangi avlodining chiqishi.

Boshlang‘ich 3 bosqich tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. Xususiy reproduksiya 4-bosqichdan boshlanadi. Bunda virus genomiga bog‘liq programmaga mos ravishda jarayon sodir bo‘lib, hujayraning biosintetik tizimlarda yangi avlod virionining ishlab chiqarilishiga moslashishi va ularning hujayradan ozod bo‘lishi kuzatiladi.
Reproduksiya jarayoni viruslarning turli xil oila va avlodlarida sezilarli farqlanadi, bu virionning xususiyatlari va ularda nuklein kislotaning tuzilishi bilan bog‘liq. Shuning uchun turli xil viruslarda reproduksiyaning ketishi “xususiy virusologiya” bo‘limida to‘liq ko‘rib o‘tiladi. Viruslar reproduksiyasi quyidagi umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi:
1. Virionning hujayraga adsorbsiyasi mavjud bo‘lgan maxsus reseptorlar orqali amalga oshiriladi. Oddiy viruslarda – u kapsid yuzasidagi biriktiruvchi oqsillar, murakkab viruslarda biriktiruvchi oqsil superkapsidning yuzasida o‘simtalarni hosil qilgan glikoproteinlar hisoblanadi. Hujayra membranalarida joylashgan reseptorlar soni hujayrada 104 da bo‘lib, turli xil tarkibga (proteinlar, lipo- yoki glikoproteinlar, lipidlar) ega bo‘lishi mumkin. Hujayraga viruslar adsorbsiyasi nomaxsus fazada boshlanadi, so‘ngra maxsus fazaga o‘tadi. Bunda virusning biriktiruvchi oqsillari o‘ziga komplement reseptorlarni “taniydi” va ular bilan mustahkam bog‘lanadi.
Viruslarning turli xil hujayra reseptorlariga birikish qobiliyati viruslar tropizmi bilan bog‘lanadi, ya’ni organizmdagi a’zo va to‘qima hujayralarini tanlab zararlashi kuzatiladi.

Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling