Atlaslar va jadvallarga asoslangan holda odam va hayvonlarning virusli kasalliklari alomatlarini o‘rganish


Download 53 Kb.
bet2/9
Sana02.11.2023
Hajmi53 Kb.
#1740311
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu1

2. Virionning hujayraga kirishi reseptorli endotsitoz (viropeksis) yo‘li yoki virus superkapsididagi membranaga qo‘shilish yo‘li bilan sodir bo‘ladi va bu ikkala usul birgalikda ham kuzatilishi mumkin.
Reseptorli endotsitozda virus adsorbsiyasi kuzatilgan joyda (reseptorlar joylashgan chuqurchada klatrin oqsili bilan) hujayra membranasida virus saqlagan endosomalarning hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladi. So‘ngra endosoma yirikroq protoplazmatik vakuola va hujayra lizosomalari bilan bog‘lanib reseptosoma hosil bo‘ladi. Shunday usul bilan oddiy viruslar va ko‘plab murakkab viruslar hujayraga kiradi.
Ikkinchi usulda virus superkapsidi qobig‘ining hujayra membranasiga qo‘shilishi bilan tugallanadi. Natijada virusning ichki qismi (uning nukleokapsidi, o‘zagi) hujayra sitoplazmasiga kirib qoladi. Hujayraga kirishning bunday usuli F-yondosh oqsili yoki boshqa glikoproteinlar (masalan, gripp virusida gemagglyutinin) tutgan murakkab viruslar uchun xos.
3. Viruslar deproteinizatsiyasi (“yechinishi”) – nuklein kislotadan ozod bo‘lishi, bu jarayon hujayraga kirish usullariga qarab har xil viruslarda turlicha kechadi.
Reseptorli endotsitoz yo‘li bilan hujayraga kirgan va reseptosomada joylashgan viruslar hujayradan membrananing qo‘shilish yo‘li bilan chiqadi, agar bu murakkab viruslar bo‘lsa kapsidning yuza oqsillari ishtirok etadi, agar bu oddiy viruslar bo‘lsa membranada joylashgan reseptosomalar va lizosomal fermentlar ta’sirida viruslarning qisman deproteinizatsiyasi sodir bo‘ladi. Qisman dezintegratsiya bo‘lgan viruslar sitoplazmaga tushadi, u yerda hujayra ichi membranasining proteazasi va hujayraning boshqa fermentlari ta’sirida viruslarning “yechinishi” davom etadi.
Membrananing qo‘shilish yo‘li bilan viruslarning hujayraga kirishida hujayra membranasining fermentlari yordamida bilan virionning deproteinizatsiyasi boshlanadi va u yuqorida ko‘rsatilganidek hujayra ichida davom etadi.
Deproteinizatsiya natijasida virionning dezintegratsiyasi sodir bo‘ladi. Ajralib chiqqan genom nuklein kislotasi viruslar reproduksiyasini keltirib chiqarish xususiyatiga ega bo‘ladi. Ayrim viruslarda nuklein kislotaning ajralishi to‘liq bo‘ladi, lekin odatda genom (ichki) oqsillari nuklein kislota bilan birikkan holda qolib ketadi, masalan, polimerazalar va ba’zan – kapsid oqsillari. Keyinchalik bu oqsillar reproduksiya jarayonida qatnashadi va nuklein kislotani hujayraviy nukleazadan himoya qiladi.

Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling