1-variant Strukturali va strukturasiz tuproq qatlami? Tuproq qoplami strukturasiz yoki strukturali bo‘ladi. Strukturasiz
Download 46.28 Kb.
|
Eroziya variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-variant))) Suv eroziyasining hosil bo‘lishida jinslar
- oson, o‘rtacha va qiyin
- 3-variant))) Mustahkamlik koeffitsiyenti
- 4-variant))) O‘simlik qoplamining ta’siri
- 5-variant))) Atmosfera yog‘inlarining turi, miqdori va yog‘ish jadalligi haqida
- 6-variant))) Turli yomg‘irlar tomchilari spektrlari
- 7-variant))) Yomg‘ir tomchilarining yonbag‘irlarga ta’sir etish shakllari
- 16-variant))) Strukturali va strukturasiz tuproq qatlami
- 17-variant))) Suv eroziyasining hosil bo‘lishida jinslar
- 18-variant))) Mustahkamlik koeffitsiyenti
- 19-variant))) O‘simlik qoplamining ta’siri
1-variant))) Strukturali va strukturasiz tuproq qatlami? Tuproq qoplami strukturasiz yoki strukturali bo‘ladi. Strukturasiz tuproqda bo‘shliqlar mayda bo‘lib, drenaj va aeratsiya jarayonlari qiyin kechadi. Strukturali tuproqda esa yuqoridagilarning aksicha bo‘shliqlar katta bo‘lib, natijada drenaj va aeratsiya jarayonlari jadallashadi. Tuproq strukturasi qancha yirik bo‘lsa, u shuncha qiyin yuviladi. Tuproq qoplamida o‘lchami 0,5 - 1,0 mm dan katta bo‘lgan zarrachalarning mavjudligi uning qiyin yuvilishidan darak beradi.Ikkinchi tomondantuproq strukturasi va uning mexanik tarkibi tuproqning suv shimish qobiliyatini aniqlaydi. Tuproq donalari o’lchamlarining kattalashishi bilan shimilish tezligi ortib, yuza oqim va yuvilish kamayadi. 2-variant))) Suv eroziyasining hosil bo‘lishida jinslar litologik tarkibining ta’siri? Eroziya natijasida yuza tuproq yuvilgach, so‘ng navbat tub jinslarga keladi (jarlik eroziyasi). Uning jadalligi jinslarning yuvilishga moyillik darajasiga bog‘liqdir. Shu belgisiga ko‘ra barcha jinslarni shartli ravishda oson, o‘rtacha va qiyin yuviladigan guruhlarga bo‘lish mumkin.Oson yuviladiganlarga barcha donador cho‘kindi jinslar - sariq tuproq qum, loy, qumoq tuproq kiradi.O‘rtacha jadallikda yuviladiganlarga esa ma’lum darajada jipslashgan va kuchsiz sementlashgan qumtoshlar kiradi. Qiyin yuviladiganlarga esa qoyatoshlar, toshloq jinslar (otqindi, megamorfik tog‘ jinslari, ohaktoshlar, dolomitlar) kiradi. Ularda yuvilishga qarshilik katta va shu bilan birga qarshilik darajasi ularning yoshiga ham bog‘liq. Chiziqli eroziya shakllari (suv o‘ygan o‘pqon, jarlik) yer sirtining geologik tuzilishi va uni tashkil etgan tog‘ jinslarining litologik tarkibi bilan chambarchas bog‘liqdir. 3-variant))) Mustahkamlik koeffitsiyenti? Mustahkamlik koeffitsiyentining sonli qiymatlari o‘rganilgan daryolar muallaq oqiziqlari va ularga ta’sir etuvchi omillar orasidagi bog‘lanishni eng kichik kvadratlar usuli bilan statistik boholash natijasida aniqlangan. Hisoblashlarning ko‘rsatishicha "K" o‘rtacha qiymat atrofida tebranadi. Uning o‘zgarishi otqindi va metamorfik tog‘ jinslarida ancha kichik (chegara qiymatlari 2-4 marta farq qiladi), 2; 3 va 4 - guruhlarda 9 dan 12 martagacha farq qiladi, 5 - guruhda esa bu farq 50 martagacha ortadi. "K" ning raqamlarda ifodalangan qiymatlarining bunday katta oraliqlarda o‘zgarishi tog‘ jinslarining turlicha xususiyatlaridan darak beradi. 4-variant))) O‘simlik qoplamining ta’siri? Turli o‘simliklar suv oqimi hosil bo‘lishiga va eroziyaga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Umuman olganda ular tuproq qoplamini tomchilar zarbidan saqlaydi. Himoya darajasi o‘simliklarning o‘lchamlari va turlariga bog‘liq. Yotiq xoldagi o‘simliklar baland va tikka o‘sadigan o‘simliklarga nisbatan yer sirtini yuvilishdan yaxshi saqlaydi. Tabiiyki, yer sirtida bir joyning o‘zida turli-tuman o‘simliklarning mavjudligi yomg‘ir eroziyasini keskin kamaytiradi. Shu tufayli o‘rmonlar suv eroziyasini kamaytiruvchi muhim omil hisoblanadi: daraxtlar ildizi tuproq qoplamini mustahkamlasa, bo‘talari va shoxlari tuproqqa qoplama vazifasini o‘tayli. Yomg‘ir hisobiga yuvilish va sachratma eroziyani hisoblash ifodalarida G.I.Shvebs o‘simlik tasirini u qoplagan maydonni ifodalovchi koeffitsiyent orqali e’tiborga olgan.O‘rmonlarning yuvilishni kamaytiruvchi omil ekanligi ko‘plab adabiyotlarda qayd etilgan. Ayniqsa tog‘ oldi va tog‘li hududlarda o‘rmonlarning suv eroziyasiga ta’siri yanada kuchli namoyon bo‘ladi. 5-variant))) Atmosfera yog‘inlarining turi, miqdori va yog‘ish jadalligi haqida? yonbag‘irlarda kechadigan eroziya jarayonlariga relyef elementlari va qoplangan yuzaning ta’sirini ko‘rib chiqdik. Bu omillar suv eroziyasining namoyon bo‘lishiga hamda uning jadalligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Lekin asosiy harakatlantiruvchi kuch - bu gidrometeorologik omildir. Mana shu omil va uning tashkil etuvchilari bo‘lgan yog‘in miqdori, uning turi, yog‘ish jadalligi va davomiyligi yonbag‘irlar oqimining xosil bo‘lishiga bevosita ta’sir yetadi. Qayd etilgan omillarning yonbag‘irlarda kechadigan eroziya jarayonlariga ta’sirini o‘rganishni yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘inlardan boshlaymiz. Ma’lumki, yomg‘ir tomchilari har xil kattalikda bo‘lib, ularning yomg‘irning umumiy miqdoridagi hissalari ham turlicha bo‘ladi. Umuman yomg‘irlar tomchilarning o‘lchamlari va miqdoriga qarab oddiy yomg‘irlarga, shivalab yog‘adigan yomg‘irlarga va jala yomg‘irlarga bo‘linadi. Amerikalik olimlar shu masalani maxsus o‘rganib, turli yomg‘irlar tomchilarining 1 - jadvalda keltirilgan spektrlarini taklif etdilar. Jadval ma’lumotlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, eng yirik tomchilar jala yomg‘irlarda uchraydi. A.Best tadqiqotlari bu fikrni tasdiqlaydi, ya’ni u yomg‘irning yog‘ish jadalligi bilan tomchilar spektri orasida ma’lum bog‘lanish mavjudligini isbotladi. 6-variant))) Turli yomg‘irlar tomchilari spektrlari? Yonbag’ir tomchilarining o’lchamlari va miqdoriga qarab-oddiy yomg’ir, shivirlama, va jala yomg’irlarga ajratish mumkin.Yuqoridagi tadqiqotlar Ukraina hududida G.I.Shveds tomonidan tabiiy va sun’iy yomg’irlar yog’dirish asosida ham amalga oshirilgan U tomchilarning maksimal diametri bilan yomg’ir jadalligi I asosida bog’lanish mavjudligini aniqlaymiz. 7-variant))) Yomg‘ir tomchilarining yonbag‘irlarga ta’sir etish shakllari ? Yomg‘irlarning yer sirtiga erozion ta’siri ikki yo‘nalishda kuzatiladi: 1) tomchilarning yerga urilishi natijasida tuproq strukurasining buzilishi va parchalanishi tufayli hosil bo‘lgan zarrachalarning tomchi bo‘laklariga qo‘shilib atrofga havo orqali sachrashi, Bu jarayon sachratma eroziya (sochilish eroziyasi) deb nomlanadi; 2) tuproqning yonbag‘irlar oqimi ta’sirida yuvilishi, bu yuza yuvilish deb ataladi. Xaqiqatan ham yonbag‘irlarda yomg‘ir ta’siri tufayli eroziya jarayonining boshlanishi yer sirtiga tushgan tomchilarning tuproq zarrachalarini atrofga sachratishi ko‘rinishida ro‘y beradi. Yer sirti tomon tushayotgan yomg‘ir tomchilari ma’lum qiymatdagi kinetik energiyaga ega bo‘lib, tomchining yer sirtiga ko‘rsatadigan ta’sir kuchi shu energiya miqdori bilan aniqlanadi. Tomchining yer sirtiga ko‘rsatadigan ta’sir kuchini aniqlashda gidravlikadan ma’lum bo‘lgan elementar naysimon suv oqimining to‘siqqa urilishiga oid hisoblashlarda foydalaniladigan ifodani qo‘llash mumkin. 16-variant))) Strukturali va strukturasiz tuproq qatlami? Tuproq qoplami strukturasiz yoki strukturali bo‘ladi. Strukturasiz tuproqda bo‘shliqlar mayda bo‘lib, drenaj va aeratsiya jarayonlari qiyin kechadi. Strukturali tuproqda esa yuqoridagilarning aksicha bo‘shliqlar katta bo‘lib, natijada drenaj va aeratsiya jarayonlari jadallashadi. Tuproq strukturasi qancha yirik bo‘lsa, u shuncha qiyin yuviladi. Tuproq qoplamida o‘lchami 0,5 - 1,0 mm dan katta bo‘lgan zarrachalarning mavjudligi uning qiyin yuvilishidan darak beradi.Ikkinchi tomondantuproq strukturasi va uning mexanik tarkibi tuproqning suv shimish qobiliyatini aniqlaydi. Tuproq donalari o’lchamlarining kattalashishi bilan shimilish tezligi ortib, yuza oqim va yuvilish kamayadi. 17-variant))) Suv eroziyasining hosil bo‘lishida jinslar litologik tarkibining ta’siri? Eroziya natijasida yuza tuproq yuvilgach, so‘ng navbat tub jinslarga keladi (jarlik eroziyasi). Uning jadalligi jinslarning yuvilishga moyillik darajasiga bog‘liqdir. Shu belgisiga ko‘ra barcha jinslarni shartli ravishda oson, o‘rtacha va qiyin yuviladigan guruhlarga bo‘lish mumkin.Oson yuviladiganlarga barcha donador cho‘kindi jinslar - sariq tuproq qum, loy, qumoq tuproq kiradi.O‘rtacha jadallikda yuviladiganlarga esa ma’lum darajada jipslashgan va kuchsiz sementlashgan qumtoshlar kiradi. Qiyin yuviladiganlarga esa qoyatoshlar, toshloq jinslar (otqindi, megamorfik tog‘ jinslari, ohaktoshlar, dolomitlar) kiradi. Ularda yuvilishga qarshilik katta va shu bilan birga qarshilik darajasi ularning yoshiga ham bog‘liq. Chiziqli eroziya shakllari (suv o‘ygan o‘pqon, jarlik) yer sirtining geologik tuzilishi va uni tashkil etgan tog‘ jinslarining litologik tarkibi bilan chambarchas bog‘liqdir. 18-variant))) Mustahkamlik koeffitsiyenti? Mustahkamlik koeffitsiyentining sonli qiymatlari o‘rganilgan daryolar muallaq oqiziqlari va ularga ta’sir etuvchi omillar orasidagi bog‘lanishni eng kichik kvadratlar usuli bilan statistik boholash natijasida aniqlangan. Hisoblashlarning ko‘rsatishicha "K" o‘rtacha qiymat atrofida tebranadi. Uning o‘zgarishi otqindi va metamorfik tog‘ jinslarida ancha kichik (chegara qiymatlari 2-4 marta farq qiladi), 2; 3 va 4 - guruhlarda 9 dan 12 martagacha farq qiladi, 5 - guruhda esa bu farq 50 martagacha ortadi. "K" ning raqamlarda ifodalangan qiymatlarining bunday katta oraliqlarda o‘zgarishi tog‘ jinslarining turlicha xususiyatlaridan darak beradi. 19-variant))) O‘simlik qoplamining ta’siri? Turli o‘simliklar suv oqimi hosil bo‘lishiga va eroziyaga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Umuman olganda ular tuproq qoplamini tomchilar zarbidan saqlaydi. Himoya darajasi o‘simliklarning o‘lchamlari va turlariga bog‘liq. Yotiq xoldagi o‘simliklar baland va tikka o‘sadigan o‘simliklarga nisbatan yer sirtini yuvilishdan yaxshi saqlaydi. Tabiiyki, yer sirtida bir joyning o‘zida turli-tuman o‘simliklarning mavjudligi yomg‘ir eroziyasini keskin kamaytiradi. Shu tufayli o‘rmonlar suv eroziyasini kamaytiruvchi muhim omil hisoblanadi: daraxtlar ildizi tuproq qoplamini mustahkamlasa, bo‘talari va shoxlari tuproqqa qoplama vazifasini o‘tayli. Yomg‘ir hisobiga yuvilish va sachratma eroziyani hisoblash ifodalarida G.I.Shvebs o‘simlik tasirini u qoplagan maydonni ifodalovchi koeffitsiyent orqali e’tiborga olgan.O‘rmonlarning yuvilishni kamaytiruvchi omil ekanligi ko‘plab adabiyotlarda qayd etilgan. Ayniqsa tog‘ oldi va tog‘li hududlarda o‘rmonlarning suv eroziyasiga ta’siri yanada kuchli namoyon bo‘ladi. Download 46.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling