1-variant Strukturali va strukturasiz tuproq qatlami? Tuproq qoplami strukturasiz yoki strukturali bo‘ladi. Strukturasiz
-variant))) O‘simlik qoplamining ta’siri?
Download 46.28 Kb.
|
Eroziya variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26-variant))) Atmosfera yog‘inlarining turi, miqdori va yog‘ish jadalligi haqida
- 27-variant))) Turli yomg‘irlar tomchilari spektrlari
25-variant))) O‘simlik qoplamining ta’siri? Turli o‘simliklar suv oqimi hosil bo‘lishiga va eroziyaga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Umuman olganda ular tuproq qoplamini tomchilar zarbidan saqlaydi. Himoya darajasi o‘simliklarning o‘lchamlari va turlariga bog‘liq. Yotiq xoldagi o‘simliklar baland va tikka o‘sadigan o‘simliklarga nisbatan yer sirtini yuvilishdan yaxshi saqlaydi. Tabiiyki, yer sirtida bir joyning o‘zida turli-tuman o‘simliklarning mavjudligi yomg‘ir eroziyasini keskin kamaytiradi. Shu tufayli o‘rmonlar suv eroziyasini kamaytiruvchi muhim omil hisoblanadi: daraxtlar ildizi tuproq qoplamini mustahkamlasa, bo‘talari va shoxlari tuproqqa qoplama vazifasini o‘tayli. Yomg‘ir hisobiga yuvilish va sachratma eroziyani hisoblash ifodalarida G.I.Shvebs o‘simlik tasirini u qoplagan maydonni ifodalovchi koeffitsiyent orqali e’tiborga olgan.O‘rmonlarning yuvilishni kamaytiruvchi omil ekanligi ko‘plab adabiyotlarda qayd etilgan. Ayniqsa tog‘ oldi va tog‘li hududlarda o‘rmonlarning suv eroziyasiga ta’siri yanada kuchli namoyon bo‘ladi. 26-variant))) Atmosfera yog‘inlarining turi, miqdori va yog‘ish jadalligi haqida? Yonbag‘irlarda kechadigan eroziya jarayonlariga relyef elementlari va qoplangan yuzaning ta’sirini ko‘rib chiqdik. Bu omillar suv eroziyasining namoyon bo‘lishiga hamda uning jadalligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Lekin asosiy harakatlantiruvchi kuch - bu gidrometeorologik omildir. Mana shu omil va uning tashkil etuvchilari bo‘lgan yog‘in miqdori, uning turi, yog‘ish jadalligi va davomiyligi yonbag‘irlar oqimining xosil bo‘lishiga bevosita ta’sir yetadi. Qayd etilgan omillarning yonbag‘irlarda kechadigan eroziya jarayonlariga ta’sirini o‘rganishni yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘inlardan boshlaymiz. Ma’lumki, yomg‘ir tomchilari har xil kattalikda bo‘lib, ularning yomg‘irning umumiy miqdoridagi hissalari ham turlicha bo‘ladi. Umuman yomg‘irlar tomchilarning o‘lchamlari va miqdoriga qarab oddiy yomg‘irlarga, shivalab yog‘adigan yomg‘irlarga va jala yomg‘irlarga bo‘linadi. Amerikalik olimlar shu masalani maxsus o‘rganib, turli yomg‘irlar tomchilarining 1 - jadvalda keltirilgan spektrlarini taklif etdilar. Jadval ma’lumotlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, eng yirik tomchilar jala yomg‘irlarda uchraydi. A.Best tadqiqotlari bu fikrni tasdiqlaydi, ya’ni u yomg‘irning yog‘ish jadalligi bilan tomchilar spektri orasida ma’lum bog‘lanish mavjudligini isbotladi. 27-variant))) Turli yomg‘irlar tomchilari spektrlari? Yonbag’ir tomchilarining o’lchamlari va miqdoriga qarab-oddiy yomg’ir, shivirlama, va jala yomg’irlarga ajratish mumkin.Yuqoridagi tadqiqotlar Ukraina hududida G.I.Shveds tomonidan tabiiy va sun’iy yomg’irlar yog’dirish asosida ham amalga oshirilgan U tomchilarning maksimal diametri bilan yomg’ir jadalligi I asosida bog’lanish mavjudligini aniqlaymiz. Download 46.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling