22-variant))) Strukturali va strukturasiz tuproq qatlami? Tuproq qoplami strukturasiz yoki strukturali bo‘ladi. Strukturasiz tuproqda bo‘shliqlar mayda bo‘lib, drenaj va aeratsiya jarayonlari qiyin kechadi. Strukturali tuproqda esa yuqoridagilarning aksicha bo‘shliqlar katta bo‘lib, natijada drenaj va aeratsiya jarayonlari jadallashadi. Tuproq strukturasi qancha yirik bo‘lsa, u shuncha qiyin yuviladi. Tuproq qoplamida o‘lchami 0,5 - 1,0 mm dan katta bo‘lgan zarrachalarning mavjudligi uning qiyin yuvilishidan darak beradi.Ikkinchi tomondantuproq strukturasi va uning mexanik tarkibi tuproqning suv shimish qobiliyatini aniqlaydi. Tuproq donalari o’lchamlarining kattalashishi bilan shimilish tezligi ortib, yuza oqim va yuvilish kamayadi. 23-variant))) Suv eroziyasining hosil bo‘lishida jinslar litologik tarkibining ta’siri? Eroziya natijasida yuza tuproq yuvilgach, so‘ng navbat tub jinslarga keladi (jarlik eroziyasi). Uning jadalligi jinslarning yuvilishga moyillik darajasiga bog‘liqdir. Shu belgisiga ko‘ra barcha jinslarni shartli ravishda oson, o‘rtacha va qiyin yuviladigan guruhlarga bo‘lish mumkin.Oson yuviladiganlarga barcha donador cho‘kindi jinslar - sariq tuproq qum, loy, qumoq tuproq kiradi.O‘rtacha jadallikda yuviladiganlarga esa ma’lum darajada jipslashgan va kuchsiz sementlashgan qumtoshlar kiradi. Qiyin yuviladiganlarga esa qoyatoshlar, toshloq jinslar (otqindi, megamorfik tog‘ jinslari, ohaktoshlar, dolomitlar) kiradi. Ularda yuvilishga qarshilik katta va shu bilan birga qarshilik darajasi ularning yoshiga ham bog‘liq. Chiziqli eroziya shakllari (suv o‘ygan o‘pqon, jarlik) yer sirtining geologik tuzilishi va uni tashkil etgan tog‘ jinslarining litologik tarkibi bilan chambarchas bog‘liqdir. 24-variant))) Mustahkamlik koeffitsiyenti? Mustahkamlik koeffitsiyentining sonli qiymatlari o‘rganilgan daryolar muallaq oqiziqlari va ularga ta’sir etuvchi omillar orasidagi bog‘lanishni eng kichik kvadratlar usuli bilan statistik boholash natijasida aniqlangan. Hisoblashlarning ko‘rsatishicha "K" o‘rtacha qiymat atrofida tebranadi. Uning o‘zgarishi otqindi va metamorfik tog‘ jinslarida ancha kichik (chegara qiymatlari 2-4 marta farq qiladi), 2; 3 va 4 - guruhlarda 9 dan 12 martagacha farq qiladi, 5 - guruhda esa bu farq 50 martagacha ortadi. "K" ning raqamlarda ifodalangan qiymatlarining bunday katta oraliqlarda o‘zgarishi tog‘ jinslarining turlicha xususiyatlaridan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |