20-variant))) Atmosfera yog‘inlarining turi, miqdori va yog‘ish jadalligi haqida? yonbag‘irlarda kechadigan eroziya jarayonlariga relyef elementlari va qoplangan yuzaning ta’sirini ko‘rib chiqdik. Bu omillar suv eroziyasining namoyon bo‘lishiga hamda uning jadalligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Lekin asosiy harakatlantiruvchi kuch - bu gidrometeorologik omildir. Mana shu omil va uning tashkil etuvchilari bo‘lgan yog‘in miqdori, uning turi, yog‘ish jadalligi va davomiyligi yonbag‘irlar oqimining xosil bo‘lishiga bevosita ta’sir yetadi. Qayd etilgan omillarning yonbag‘irlarda kechadigan eroziya jarayonlariga ta’sirini o‘rganishni yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘inlardan boshlaymiz. Ma’lumki, yomg‘ir tomchilari har xil kattalikda bo‘lib, ularning yomg‘irning umumiy miqdoridagi hissalari ham turlicha bo‘ladi. Umuman yomg‘irlar tomchilarning o‘lchamlari va miqdoriga qarab oddiy yomg‘irlarga, shivalab yog‘adigan yomg‘irlarga va jala yomg‘irlarga bo‘linadi. Amerikalik olimlar shu masalani maxsus o‘rganib, turli yomg‘irlar tomchilarining 1 - jadvalda keltirilgan spektrlarini taklif etdilar. Jadval ma’lumotlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, eng yirik tomchilar jala yomg‘irlarda uchraydi. A.Best tadqiqotlari bu fikrni tasdiqlaydi, ya’ni u yomg‘irning yog‘ish jadalligi bilan tomchilar spektri orasida ma’lum bog‘lanish mavjudligini isbotladi. 21-variant))) Suv eroziyasining hosil bo‘lishida jinslar litologik tarkibining ta’siri? Eroziya natijasida yuza tuproq yuvilgach, so‘ng navbat tub jinslarga keladi (jarlik eroziyasi). Uning jadalligi jinslarning yuvilishga moyillik darajasiga bog‘liqdir. Shu belgisiga ko‘ra barcha jinslarni shartli ravishda oson, o‘rtacha va qiyin yuviladigan guruhlarga bo‘lish mumkin.Oson yuviladiganlarga barcha donador cho‘kindi jinslar - sariq tuproq qum, loy, qumoq tuproq kiradi.O‘rtacha jadallikda yuviladiganlarga esa ma’lum darajada jipslashgan va kuchsiz sementlashgan qumtoshlar kiradi. Qiyin yuviladiganlarga esa qoyatoshlar, toshloq jinslar (otqindi, megamorfik tog‘ jinslari, ohaktoshlar, dolomitlar) kiradi. Ularda yuvilishga qarshilik katta va shu bilan birga qarshilik darajasi ularning yoshiga ham bog‘liq. Chiziqli eroziya shakllari (suv o‘ygan o‘pqon, jarlik) yer sirtining geologik tuzilishi va uni tashkil etgan tog‘ jinslarining litologik tarkibi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |