Atlaslar va jadvallarga asoslangan holda odam va hayvonlarning virusli kasalliklari alomatlarini o‘rganish


Virus genomining replikatsiyasida


Download 53 Kb.
bet5/9
Sana02.11.2023
Hajmi53 Kb.
#1740311
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu1

Virus genomining replikatsiyasida matritsada dastlabki virus nuklein kislotasining ko‘plab nusxalari (bo‘lg‘usi virus genomlari) sintezlanadi. Ko‘pchilik viruslarda replikatsiya hujayra yadrosida, ayrimlarida sitoplazmada sodir bo‘ladi.
Replikatsiya jarayoni replikatsiyaga xizmat qiluvchi strukturasiz erta oqsillarning yig‘ilishidan so‘ng boshlanadi.
Virus genomining replikatsiyasi virus yoki hujayraning polimeraza fermenti amalga oshiradigan a-RNK transkripsiyasi bilan o‘xshashlikka ega. Asosiy farqi shundan iboratki, replikatsiyada virus genomi har doim to‘liq ko‘chiriladi va hosil bo‘lgan nusxalar matritsa genomi bilan bir xil bo‘ladi. Bizga ma’lumki, a-RNK transkripsiyasida esa, alohida genlar yoki virus genomining katta bo‘lmagan bir qismi ko‘chiriladi. Har xil tipli genomga ega viruslarda replikatsiya jarayoni ham bir-biridan farqlanadi:
1. Ikki ipli DNK genomi replikatsiyasi hujayraviy DNKga bog‘liq DNK polimeraza (replikazalar) yordamida yarimkonservativ usul bo‘yicha amalga oshiriladi.
2. Bir ipli musbat-RNK genomlari virusindutsirlangan RNK-polimerazalar yordami bilan replikatsiyalanadi. Boshlang‘ich musbat-RNK ipidan komplementar ravishda manfiy-ip hosil bo‘ladi, ya’ni 2 ipdan iborat oraliq replikativ tuzilma shakllanadi. Ajralayotgan manfiy-RNK iplardan boshlang‘ich genomning musbat-RNK siga o‘xshash musbat-RNK ipi, shakllanadi va ko‘plab genom nusxalari yig‘ilishi sodir bo‘ladi.
3. Bir ipli manfiy-RNK genomlari virion tarkibiga kiruvchi RNKga bog‘liq RNK polimerazalar yordami bilan musbat-RNK genomlari kabi (ya’ni oraliq replikativ tuzilma shakllanib) replikatsiyalanadi. Natijada boshlang‘ich genomga o‘xshagan manfiy-RNK genomining ko‘plab nusxalari shakllanadi.
4. Retroviruslarda genom RNKsi replikatsiyasi uchun transkripsiya jarayonidagidek bosqichlar amalga oshishi kerak, bunda albatta, hujayra xromosomasiga provirus DNKsining integratsiyasi yuz beradi. Provirus DNK matritsasida DNKga bog‘liq bo‘lgan RNK-polimerazalari yordamida bir ipli musbat-RNK nusxalari, ya’ni retroviruslarning yangi qiz populyatsiyasi genomlari replikatsiyalanadi.
Retroviruslar uchun hujayra integrativ va produktiv infeksiyalarining qo‘shilishi xarakterlidir. Agar integrativ infeksiya kuchlilik qilsa, provirus zararlangan hujayrada uzoq muddat saqlanadi va uning bo‘linishi vaqtida xromosoma tarkibida qiz xujayraga o‘tadi (virus persistensiyasi kuzatiladi).
Shunday qilib, virus genomi ekspressiyasi natijasida infitsirlangan hujayrada virus komponentlari – genom nusxasi va strukturali oqsillar to‘planadi. Virus oqsillari va nuklein kislotalarining sintezi odatda hujayraning har xil qismlarida va har xil vaqtda sodir bo‘ladi, shuning uchun virusning bunday reproduksiya qobiliyati diz’yunktiv yoki uzilib-uzilib (razobщyonnыm) ko‘payish deb nomlanadi.

Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling