Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘G‘risida 1-modda. Atmosfera havosi tabiatni muhofaza qilish obyekti sifatida
-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar
Download 103.95 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-modda. Atmosfera havosi sifatining normativlari
6-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar atmosfera havosini muhofaza qilish tartibini, uning holati ustidan nazorat usullarini aniqlab beradi, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha o‘zga talablarni belgilaydi. Inson uchun atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar (sanitariya normalari) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Oldingi tahrirga qarang. Atrof tabiiy muhit obyektlari uchun atmosfera havosini muhofaza qilish, iqlimni va ozon qatlamini saqlash sohasidagi standartlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. (6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 7-modda. Atmosfera havosi sifatining normativlari Atmosfera havosining holatini baholashda O‘zbekiston Respublikasi hududi uchun atmosfera havosi sifatining quyidagi yagona normativlari belgilanadi: atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarning inson va atrof tabiiy muhit obyektlari uchun yo‘l qo‘yiladigan darajada to‘planishi; fizikaviy omillar atmosfera havosiga akustik, elektromagnit, ionlashtiruvchi va boshqa xil zararli ta’sir ko‘rsatishining inson va atrof tabiiy muhit obyektlari uchun yo‘l qo‘yiladigan darajalari. Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilikda ayrim mintaqalar uchun atmosfera havosi sifati normativlariga nisbatan oshirilgan talablar belgilab qo‘yilishi mumkin. (7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Atmosfera havosi sifati normativlari qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. (7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bosh sanitar vrachi tomonidan 2004-yil 12-may, 0147-04-son bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi aholi yashash joylarida mikroorganizm-produtsentlarning atmosfera havosida yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p darajasi (YQD)”, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining 2005-yil 15-dekabrdagi 105-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi korxonalari uchun atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va unga chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni me’yorlash bo‘yicha taklif etilgan Yo‘riqnoma”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan “Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risida Nizom”. Oldingi tahrirga qarang. Download 103.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling