Atmosfera havosini muhofaza qilish


Download 19.53 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi19.53 Kb.
#1023153
Bog'liq
ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISH



ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISH
Reja:
1. Atmosferaning gaz tarkibi va ahamiyati
2. Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar
3. Issiqlik elektr stansiyalarining atmosferani ifloslantirishi
4. Atmosfera ifloslanishining tirik organizmlarga ta'siri
5. Atmosfera havosini tabiiy tozalanishi
6. Atmosferani muhofaza qilish chora tadbirlari
1. Atmosfera haqida tushuncha. Atmosfera – tirik jonzotlar va inson hayoti uchun zarur bo'lgan tabiiy muhit va er qobig'ining muhim komponentidir. Atmosfera georafik qobiqning paydo bo'lishi, rivojlanishi va hozirgi holatida juda katta ahamiyatga ega. Tirik mavjudotlar o'zining butun evolyusion rivojlanish jarayonida Yer atmosferasi havosining tabiiy tarkibiga moslashgan bo'lib, huddi ana shu tabiiy tarkib organizm uchun eng optimal hisoblanadi. Atmosfera erning himoya qatlami hisoblanadi, u barcha tirik organizmlarni zararli kosmik nurlardan, samodan tushadigan meteoritlarning zarrachalaridan himoya qilib turadi. Sayyoramiz yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agarda havo qobig'i bo'lmaganida edi, er yuzida kunduzi +1000 C va kechqurun -1000 C harorat kuzatilgan bo'lar edi. Hozirgi vaqtda Yer yuzasining o'rtacha havo harorati +140 C ga teng.
Quyoshdan fazoga juda katta miqdorda issiqlik energiyasi tarqalib turadi. Yer yuzasida yuzasining har 1 km2 maydoniga 2500000 ot kuchiga teng energiya tushadi. Quyosh energiyasi atmosferaning yuqori qatlamlarida yutilib, Yer yuzasiga juda oz miqdorda etib keladi.
Unda bulutlar paydo bo'ladi, yomg'ir, qor bunyodga keladi, shamol hosil bo'ladi, shuningdek erga namlik berib, tovush o'tkazadi va hayotbaxsh kislorod manbai hisoblanadi.
Atmosfera qobig'i quyidagi qatlamlarga bo'linadi:
1. Troposfera – er sirtida 0-15 km gacha, stratosfera – 15-50 km gacha, mezosfera – 50-80 km gacha, termosfera – 80-800 km gacha, ekzosfera – 800-1000 km dan yuqori.
Atmosferaning gaz tarkibi deyarli doimiy bo'ladi: asosan azot-78,09%, kislorod-20,95%, argon-0,93%, karbonat angidrid-0,03% mavjud. Shu bilan birga yana inert gazlar: geliy, neon, ksenon, vodorod, kripton, metan, ammiak, yod, radon gazlar va havoda doim 3-4 % suv bug'lari, changlar bo'ladi.
Atmosferani tashkil etgan havo zichlikka ega. Bosim yuqoriga ko'tarilgan sari gazlarning zichligi kamayib boradi. Havo qobig'i o'z og'irligi bilan bizni va atmosferadagi barcha narsalarni bosib turadi. Yer atmosferasi qobig'ining taxminiy massasi 5,9 . 1015 tonnani tashkil etadi.
2. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar. Atmosferada sodir bo'ladigan fizik, kimyoviy va biologik o'zgarishlar tirik organizmlarga o'z ta'sirini ko'rsatadi. So'nggi yillarda inson ta'sirining kuchayishi natijasida gazlar muvozanatining o'zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdorining o'zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan.
Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga zaharli birikmalarning qo'shilishi natijasida uning fizik va kimyoviy xususiyatlarini o'zgarishi tushuniladi.
Insoniyatga qolaversa, barcha jonivorlarga hayot baxsh etadigan atmosfera havosini hozir asosan ikki manba: tabiiy omillar va inson faoliyatining mahsuli – antropogen (sun'iy) manba ifloslantiradi. Tabiiy omillarga: kosmik changlar, vulqonlarning otilishidan, tog' jinslarining emirilishi va tuproqning nurashidan vujudga kelgan moddalar, o'simlik va hayvon qoldiqlari, o'rmon va dashtdagi yong'in, dengiz suvining mavjlanishi bilan havoga chiqqan tuz zarrachalari kabilarni misol qilib ko'rsatish mumkin. 
Atmosferaning sun'iy ifloslanishiga: avtomobil transporti birinchi o'rinni (40%), energetika sanoati ikkinchi o'rinni (20%), korxona va tashkilot ishlab chiqarishi uchinchi o'rinni (14%), qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, maishiy kommunal xo'jaligi va boshqalar zimmasiga ifloslanishning (26%) to'g'ri keladi.

Hozirda er kurrasida xo'jalik faoliyati bilan bog'liq holda atmosferaga har yili 500 mln.tonna oltingugurt gazi, sulfat oksidi, azot oksidi, 6,5-7 mlrd. t. karbonat angidrid chiqarilmoqda. Shuningdek atmosferaning ifloslanishida va ko'plab kislorodni sarflanishida samolyotlarning ham roli katta. Birgina reaktiv samolyot 8 soat ichida Amerikadan Yevropaga uchib o'tganda 50-100 tonnagacha kislorod yoqadi, ya'ni buni 100 ming gektar o'rmonzor bir kunda chiqarib beradi, bir kosmik kemaning fazoga chiqishi uchun 16 km radiusida ozon qatlami emiriladi.


Atmosfera havosining ifloslanishida qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining ham hissasi bor, bunda parrandachilik va chorvachilik komplekslari, go'sht kombinatlari, kimyoviy o'g'itlar, zararli ximikatlar ko'proq ta'sir etadi. Bulardan tashqari kanalizatsiya shaxobchalaridan, avtomobil g'ildiraklaridan, oyoq kiyimidan, oshxonalardan va boshqalardan chiqqan chang, gazlar, hidlar ham atmosferani ifloslaydi.
3. Issiqlik elektr stansiyalari atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba sifatida. Issiqlik elektr stansiyalari orqali olinadigan elektr quvvati asosan ko'mir, mazut, gaz kabi yoqilg'ilar yonishining hosilasidir. Masalan, 1kvt/ soat elektr quvvati olish uchun 290-350 gr ko'mir kerak bo'ladi. Tabiiyki, toshko'mirning yonishi patijasida uchuvchi chang, qurum, kul paydo bo'ladi. Bu murakkab aralashmalar zaharli gazlar bilan birga atmosfera havosiga tushadi.
Toshko'mir tarkibidagi oltingurgut yonish jarayonida sulfidangidridlarga aylanadi, u esa o'z navbatida, havo havzasiga tushib uni ifloslantiradi. Moddalar yonishidan hosil bo'lgan yuqori darajali harorat- alanga atrofida havodagi tajovuzkor azot oksidiga aylanadi.
Atmosfera havosida uchib chiqadigan is gazi va uglevodorodlar salmog'i yoqilg'i (ko'mir) yoqilayotgan jarayonga bog'liq bo'ladi.toshko'mir qanchalik to'la-to'kis yonsa, chiqindi moddalar shunchalik kam bo'ladi.
Ma'lumotlarga qaraganda, 1000 mvt kuchga ega bo'lgan issiqlik elektr stansiyalari yil davomida 3800 tonna turli tarkibli zaharli chiqindilarni atmosferaga chiqarib tashlaydi. Shuningdek 1 tonna toshko'mir 83,4 kg oltingurgut oksidini, 44,1 kg azot oksidini, 374 kg changni,1,1 kg is gazini, 0,4 kg uglevodorodlarni va 0,01 kg aldegidlarni ajratadi.
Ma'lumki, issiqlik quvvatini olish uchun juda ko'p miqdorda toshko'mir yoqiladi, buning natijasida zaharli SO2 gazi ajralib chiqadi.
Toshko'mir o'zining tarkibida tabiiy holdagi har-xil oltingurgut birikmalarini saqlaydi. Jumladan, Kuznesk ko'miri tarkibida 0,4%, Donesk ko'mirida 1,7-3,7%, Kizel ko'mirida 5,1% oltingurgut unsuri bor. Bu ko'mirlar qaerda va qancha miqdorda yoqilishidan qat'iy nazar, atmosfera havosini sul'fit angidridi bilan zararlaydi. Masalan, 1 tonna qo'rg'oshin eritilsa- 8,8 tonna rux eritilsa- 0,88 tonna sulfit angidridi ajralib chiqadi.
Issiqlik elektr stansiyasining ko'mir yonishidan ajraladigan oltingurgut oksidi miqdori
(manba: A. U. Burnazyan)
Ob'ektlar tartib raqami
1 soatdan sarflanadigan yoqilg'i (t/soat)
Oltingugurt oksidi chiqindisi (t/kun)
Yoqilg'idagi oltingugurt miqdori, %
Issiqlik quvvatini olishda tabiiy gazdan ham foydalaniladi. Hozir tabiiy gazdan hayotimizning barcha jabhalarida keng ko'lamda foydalanilmoqda. U yoqilg'i sifatida juda qadrlanadi. 1 kvt/ soat elektr quvvatini olish uchun 150-170 gr gaz kerak bo'ladi. Mabodo gazning yonishi etarli darajada bo'lpmay, chala yonadigan bo'lsa, u holda atmosfera havosiga tajovuzkor omillardan bo'lmish is gazi, uglevdorodlar, sulfit angidridi va yana boshqa narsalar ajralib chiqishi mumkin.
Biz quyidagi yonilg'idan qancha miqdorda zararli gazlar chiqishi mumkinligini ko'rsatishga harakat qilamiz.
Jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki. Oltingugurt oksidi gazning miqdori yoqilg'idagi oltingugurt miqdoriga bog'liqdir. Buning isboti uchun quyidagi misolni keltiramiz: mazut yoqadigan elektr stansiyasi mazut tarkibidagi oltigugurt tarkibiga qarab ko'plab zararli moddalarni chiqarib tashlashi mumkin.Mazut tarkibida oltingugurt miqdori 3,5% ni tashkil qilsa, oltingugurt oksidining 1 sutkali chiqindisi 728 tonnaga teng bo'ladi, oltingugurt miqdori 4,5% ga etsa, uning chiqindisi sutkasiga 936 tonnaga etar ekan.
Nyu-york shahrida yil mobaynida yoqiladigan ko'mir atmosfera havosiga 1,5 mln tonna oltingugurt gazi havoni ifloslantiruvchi manbalardan bir necha km uzoqlikdagi atmosfera havosi borligi aniqlangan
4. Atmosfera havosi ifloslanishining tirik organizmlarga ta'siri. Havoning kuchli ifloslanishi insonlar sog'lig'iga, qolaversa barcha jonzotlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bir kishi sutka davomida o'rtacha 25 kg havo bilan nafas oladi. Havo tarkibidagi zarali chang, qurumlar, zararli gazlar kishi organizmida to'planaveradi. Oqibatda teri va ko'z kasalliklari, jigar serrozi, qonbosimining ortishi, surunkali bronxit, enfizima, nafas qisish va o'pka raki kabi kasalliklarning ko'payishiga sabab bo'ladi. Bolalar o'rtasida umumiy kasallanishning ortishi qayd qilingan.
Havoda oltingugurt oksidi ko'p bo'lishi natijasida kishilarda bronxit, gastrit kasalliklari vujudga keladi.
Atmosfera havosining ifloslanishi o'simlik va hayvonlarga ham zarar etadi. O'simlik barglariga, tuproq va suv orqali esa ildiziga o'tadi. Ifloslangan havo o'simliklarni zararlab, ularda modda va energiya almashinuvini buzadi. Qishloq xo'jalik ekinlari va mevali daraxtlar ham kam hosilli bo'lib qoladi. Sanoat va transportdan chiqqan zararli gazlar fotosintez jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Transpirasiyani 3 barobargacha qisqartiradi.
Qayrag'och dalalarda 300-400 yil yashasa, shahar parklarida 120-220 yil, avtomobil yo'llari atrofida 40-50 yil yashar ekan.
Atmosferaning ifloslanishi hayvonlarga ham ta'sir etib, ularning zaharlanishiga, ba'zan esa nobud bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Hayvon turlarining kasallanib, zaharlanib, qirilib ketishida urushlarning, xususan AQShning Vetnamda, Laosda olib borgan urushlarida kimyoviy qurollarni qo'llash tufayli 170 qush turidan hozir 24 qush turi, 55 sut emizuvchilar turidan 5 turi qolgan.
Atmosferaga milliard tonnalab CO2 gazining chiqarilishi natijasida sayyoramizning o'rtacha harorati 1850 yilga nisbatan 0,50C ga oshganligi aniqlangan. Agar atmosferadagi CO2 ning miqdori ortib boraversa, uning miqdori 2025 yilga borib 0,0379% ga etishi mumkin, bu esa er sayyorasi haroratini 1,80 C gacha ko'tarilishi taxmin qilinmoqda. Yer atmosferasi haroratining o'sishi, muzliklarning erishiga, suv sathining ko'tarilishiga olib keladi, bu esa ekin maydonlarini kamaytiradi, yog'in-sochin miqdori ko'payib, iqlim o'zgaradi.
Oxirgi 25-30 yil ichida kislotali yomg'irlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqilg'i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va azot qo'sh oksidlari bo'ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomg'irni kislotaga aylantiradi. So'nggi yillarda AQSh, Kanada, Germaniya, Shvesiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomg'irlar ta'sirida katta maydondagi o'rmonlar quriy boshladi. Bunday yomg'irlar tuproq hosildorligini pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni emiradi, inson sog'ligiga zarar etkazadi.
Ayrim hududlarda havoning harakatsiz turib qolishi oqibatida kuzatiladigan zaharli tuman “smog” insonlar sog'ligiga o'ta salbiy ta'sir ko'rsatadi. 1952 yili 5-9 dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4000 dan ortiq kishi nobud bo'lgan. Fotoximik smog deganda sanoat va transport chiqindi gazlarning quyosh nurlari ta'sirida reaksiyaga kirishib xavfli birikmalarni hosil qilishni tushuniladi. Jumladan, ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo'lishi va miqdorining ortishi uzatiladi. Yer yuzida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar ko'rilishi lozim.
Atmosferaning kosmosdan ifloslanishi kosmik changlardan sodir bo'lmoqda. Yer sirtiga yiliga 10 mln.t. kosmik chang tushadi. Eng xavflisi olam fazosidan Yerga kelayotgan turli xil chang, meteor zarralari, radiasiya oqimlari.
Vulqonlarning otilishi va tog' jinslarining emirilishidan atmosferaga chiqqan turli xil zarralar bir necha yilgacha havoga suzib yurishi mumkin. Masalan, 1883 yil Karakatauda (Indoneziya) kuchli vulqon otilib, atmosferaga shunday ko'p miqdorda chang zarralari chiqqandiki, u 8-24 km balandligi, 16 km qalinligi qoplab olib 5 yil davomida havoda uchib yurgan.
5. Atmosfera Havosining tabiiy tozalanishi. Insoniyatni, shu jumladan, butun jonivorlarni o'z bag'riga olgan tabiatni har qanday zararli modda haddan ziyod kyib ketmasa, tabiiy jarayonlar ta'sirida zararli omillar o'z-o'zidan zararsizlanishi mumkin. Masalan, tuproqqa solinadigan go'ng 3-6 oy mobaynida bakteriyalar, tabiiy ta'sirlar yordamida noorganik moddalarga aylanadi,infeksiyalar qiriladi, natijada odam organizmigazarar etkazmaydigan holatga keladi. Shuning dek atmosfera havosiga chiqarib tashlanadigan gazsimon, bug'simon moddalar yoki changlar oz miqdorda o'tishi bilan o'z-o'zidan zaharlanishi mumkin. O'z-o'zicha zaharlanish atmosfera havosida kechadigan doimiy tabiiy, kimyoviy jarayonlar ta'sirida yuz beradi.
Umuman atmosfera havosining o'z-o'zicha tozalanish xususiyati juda sekin kechadi, unga tushadigan zararli iflosliklar salmog'i esa ortib boradi.
Atmosfera havosini tozalanishida yog'inlar asosiy rol o'ynaydi. Havo tarkibidagi zararli omillar qor va yomg'ir yuvib ketadi.
Yog'ingarchilik qancha ko'p bo'lsa, havo tarkibi shuncha ko'p tozalanadi. Havoni tozalashda dov-daraxtlar, qolaversa butun o'simliklar olamining ahamiyati kattadir. Masalan daraxt barglari chang zarralarini ko'p miqdorda ushlab qoladi, zararli gazlarni o'ziga singdirib oladi.
Daraxt barglari havodan CO2 gazini fotosintez reaksiyalari vositasida olib, havoga toza oksigenni chiqarishda katta rol o'ynaydi.
Havoning iflosliklardan tozalanishida suv havzalarining roli ham bor. Okean va dengiz suvlari ayniqsa ekvador mintaqalarida zararli moddalar xuddi nasosdek tortib havoni tozalashda yordam beradi.ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, katta daryolar - Volga, Angara, YEnisey vaboshqa daryolar havodan sulfit angidridridni, azot oksidini o'ziga singdirib, havoni tozalashda yordam beradi.
Shuni aytish kerakki, atmosfera havosi tarkibidagi zararli chiqindilar hamda gazlar kamayishida faol qatnashgan yog'in suvlar suv havzalarini ma'lum darajada
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari atmosfera havosidagi har bir zararli moddaga gigienik jihatdan ikki xil me'yor belgilanadi. Katta, bir yo'la va o'rtacha sutkalik ruxsat etiladigan kichik bo'sag'a miqdor shular jumlasidandir. Bir yo'la, katta REM ni ishlab chiqish (20 minut) ifloslangan atmosfera havosining insonga qisqa muddatli ta'siri oqibatida paydo bo'ladigan reflektor (hidni sezish, miya yarim sharlarining bioelektrik faolligi, ko'zning sezgirligi va hokazo) reaksiyasiga asoslangan.
6. Atmosferani muhofaza qilish chora tadbirlari. Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki atmosfera havosi inson hayoti, qolaversa tabiatdagi muvozanat uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois atmosfera havosini muhofaza qilish chora-tadbirlaridan ustivori – bu ekologik ta'lim-tarbiya ishlarini olib borishdir, chunki atmosfera havosining ifloslanishi natijasida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni to'liq anglay olgan inson to'g'ri va atroflicha xulosa chiqara oladi.
Havo ifloslanishini oldini olish va kamaytirishning turli yo'llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o'rnatiladi, zararli korxonalar shahar chekkasiga chiqariladi, ayniqsa chiqindisiz texnologiyaga o'tish, shuningdek transport harakatini tartibga solish metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilg'i sifatini yaxshilash, ekologik toza transport vositalarini yaratish havoning ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega, shu bilan bir qatorda sanoat korxonalari, shahar, dam olish zonalari atroflarini ko'kalamzorlashtirib atmosfera havosidagi muvozanatga erishish mumkin. 
ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraaqqiyot kafolatlari. -T.: O'zbekiston, 1997.
2. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. -T.: O'qituvchi, 1991.
3. Novikov Yu.I. Oxrana okrujayuey sredi. –M.: Vishaya shkola, 19987.
4. Egamberdiev R. Ekologiya. –T.: O'zbekiston, 1993.
5. Tursunov X.T. Ekoloiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Saodat RIA, 1997.
6. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Yangi asr avlodi, 2005.
7. To'xtaev A., Xamidov A. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: O'qituvchi, 1995.
8. Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera.-T.:
Download 19.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling