Atmosferaning sun'iy ifloslanishiga


Download 18.28 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi18.28 Kb.
#1467688
Bog'liq
Rahimov


12- bilet


  1. Atmosfera havosini ifloslovchi asosiy manbalar haqida ma’lumot bering.

  2. Eroziya deb nimaga aytiladi?

  3. Cho’lga aylanish va unga qarshi kurash choralari.

Javoblar

  1. Atmosferaning sun'iy ifloslanishiga: avtomobil transporti birinchi o'rinni (40%), energetika sanoati ikkinchi o'rinni (20%), korxona va tashkilot ishlab chiqarishi uchinchi o'rinni (14%), qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, maishiy kommunal xo'jaligi va boshqalar zimmasiga ifloslanishning (26%) to'g'ri keladi.

Hozirda er kurrasida xo'jalik faoliyati bilan bog'liq holda atmosferaga har yili 500 mln.tonna oltingugurt gazi, sulfat oksidi, azot oksidi, 6,5-7 mlrd. t. karbonat angidrid chiqarilmoqda. Shuningdek atmosferaning ifloslanishida va ko'plab kislorodni sarflanishida samolyotlarning ham roli katta. Birgina reaktiv samolyot 8 soat ichida Amerikadan Yevropaga uchib o'tganda 50-100 tonnagacha kislorod yoqadi, ya'ni buni 100 ming gektar o'rmonzor bir kunda chiqarib beradi, bir kosmik kemaning fazoga chiqishi uchun 16 km radiusida ozon qatlami emiriladi.



  1. Eroziya (lotincha: erosio — yemirilish) — togʻ jinslari va tuproqning oqar suvlar taʼsirida yemirilish jarayoni. E. relyef hosil qiluvchi asosiy omillardan biridir. Yer yuzasidagi E. (notekis relyefning tekislanishi) va chiziqli E. (relyef boʻlaklarga boʻlinib, vodiy va jarliklarni hosil boʻlishi), yonlama E. (daryo sohillarining yuvilishi) va chuqurlikdagi E. (daryo oʻzanining chuqur oʻyilishi)lar farq qilinadi. Tuproqning eng yuqori qatlamlarida sodir boʻladigan E. tuprok eroziyasi deyiladi.




  1. Choʻllanish — qurgʻoqchil iqlimli oʻlkalarda ekologik tizimlarning buzilishi, ulardagi organik hayotning barcha shakllari yomonlashuviga va natijada tabiiyiqtisodiy imkoniyatlarning pasayib ketishiga olib keluvchi tabiiygeografik hamda antropogen jarayonlar majmui. Bu jarayonlar tabiiy oʻsimliklar turlari va miqdorining kamayishi, tuproq eroziyasi, tuproqning shoʻrlanishi va unumdorligining kamayib ketishi kabilardan iborat. Ch.ni oʻrganish, oldini olish va unga qarshi kurashish choratadbirlari boʻyicha jahon miqyosida ishlar olib boriladi. Bu mavzudagi 1ilmiy anjuman 1977-yilda Keniyaning Nayrobi shahrida oʻtkazilgan va unda Ch.ga qarshi kurash rejasi ishlab chiqilgan. Bunday ilmiy anjumanlar Oʻzbekistonda 1981-yilda Toshkentda, 2000-yilda Samarqandda oʻtkazilgan. Oʻzbekiston Respublikasi 1995-yil 31 oktabrda qurgʻoqchilik va Ch.ga qarshi kurash Xalqaro konvensiyasiga qoʻshilgan.

Bajardi: s21-04/1 O’rmonchilik talabasi Rahimov Sardorbek




Download 18.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling