Atmosfera ifloslanishining salbiy oqibatlari Reja: Atmosfera va uning qavatlari to`g`risida tushuncha
Download 57.18 Kb.
|
Atmosfera ifloslanishining salbiy oqibatlari
Tabiiy manbalarga vulqonlar otilishidan havoga ko`tariladigan ko`l va gazlar, yerdan shamol yordamida ko`tariladigan chang-to`zonlar, o`rmonlarda chiqadigan yong`inlar tutuni, dengiz va okeanlardan suv bug`i bilan ko`tariladigan turli xil tuzlar hamda fazoviy changlar kiradi. Ma'lumotlarga ko`ra Yer yuzida mavjud bo`lgan 500 ta doimiy harakatdagi vulqonlardan yilida o`rtacha 75mln.tonna ko`l va chang ko`tariladi. Keyingi yillarda birigina Orol dengizi havzasida paydo bo`lgan 4 mln. ga tuzli qum sahrolaridan havoga yilida 15-75 mln.tonnagacha tuz va qum ko`tarilmoqda.
Sun'iy ya'ni antropogen manbalarga inson faoliyati bilan bog`liq bo`lgan barcha ifloslovchi manbalar kiradi. Bu manbalarning salmoq jihatidan eng yiriklari sanoat va avtotransportdir. Ulardan chiqadigan chiqindilarning havoga qo`shilishiga texnogen ifloslanish deyiladi. Atmosferaning texnogen ifloslanishi ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda kuchlidir. 1978 yildagi ma'lumotlarga ko`ra har yili dunyo bo`yicha havoga 110 mln.tonna oltingurgurt gazi chiqariladigan bo`lsa, bu gazning 75% Shimoliy Amerika hamda G`arbiy Yevropa hududiga to`g`ri keladi. Sanoati rivojlangan shaharlarda atmosferadan yerga ko`p miqdorda qattiq zarralar cho`kadi. Masalan, shamol bo`lmagan paytlarda Tokioda 1 kvG`km yerga oyida 23 tonna, Nyu-Yorkda – 26 tonna, Pitsburgda (AQSH)-33 tonnagacha chang va qurum tushadi. Atmosferaga chiqarib tashlanadigan moddalarining kimyoviy tarkibi ishlab chiqariladigan xom ashyoning tarkibiga va uni ishlab chiqarish uchun yoqiladigan yoqilg`i xiliga ko`ra har xil bo`ladi. Masalan, metallurgiya zavodlari havoga oltingurgurt gazi, uglerod oksidi, temir oksidlari, mis va boshqa metallar changini chiqaradi. Alyuminiy zavodlaridan atrofga zaharli ftor birikmalari, kimyo zavodlaridan esa turli gazlar – oltingurgurt gazi, uglerod sulfidi, azot oksidlari, xlor, fosfor, ftor birikmalari va shunga o`xshash zaharli moddalar tarqaladi. Keyingi yillarda avtotransport atmosferani ifloslovchi asosiy manbaga aylanib qoldi. Yer yuzi atmosferasi umumiy ifloslanishining yarmidan ko`pi avtotransport hissasiga to`g`ri keladi. Bu ko`rsatkich ayniqsa avtomobillar zich joylashgan katta shaharlarda juda yuqoridir. Nyu-York va Tokio shaharlarida atmosfera ifloslanishining 90% ana shu manba hisobidandir. Ma'lumotlarga ko`ra hozirgi kunda Yer yuzida avtomobillar soni qariyb yarim milliardga yetgan bo`lib, ulardan atmosferaga yilida 300 mln. tonnadan ortiq zaharli gazlar chiqariladi; shundan teng yarmi uglerod oksidi (is gazi) ga to`g`ri keladi, 50 mln. tonnasi turli uglevodorodlar, 30 mln tonnasi azot oksidi, qolgani karbonat angidrid, vodorod, oltingurgurt, qo`rg`oshin bug`lari hamda odamda rak kasalligini qo`zg`ovchi kantserogen modda – benz-a-piren, shuningdek boshqa aralashmalarga to`g`ri keladi. Ma'lumotlarda keltirilishicha 1 l. benzin tarkibida 200-600 mg. qo`rg`oshin bo`lib, benzinning yonishi bilan bu qo`rg`oshin bug`lanib chiqadi. Shuni aytish kerakki, avtomobildan chiquvchi deyarli barcha gazlar inson sog`ligi uchun zararlidir. Atmosferaning radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi ham yomon oqibatlarga olib keladi. Bunday ifloslanishning manbai rangli metallurgiya sanoatidir. Shuningdek atom va vodorod bombalarining portlatilishi ham radioaktiv ifloslanishni keltirib chiqaradi. Yaponiyaning Xerosima va Nagasaki shaharlarida AQSH tomonidan 1945 yilda portlatilgan atom bombalarining radioaktiv ta'sir kuchi hozirgacha sezilib kelmoqda. Download 57.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling