Mezosfera, termosfera va ekzosfera - (yunoncha “mesos” - o‘rta va “therme”–
issiq, “ekzos” - tashqi) atmosferaning yuqori qatlamlaridir.
Bu qatlamlarda havo juda
siyrak va koinotdan keladigan nurlar ta’sirida elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan bo‘lib
qolgan. Qutb yog‘dulari, „Yulduz uchishi“ hodisalari shu qatlamlarda ro‘y beradi.
Atmosferani o‘rganish. Inson juda
qadim zamonlardan ob-havoni,
atmosferada
bo‘ladigan hodisalami kuzatib keladi. Atmosferada ro‘y beradigan ayrim hodisalar havo
aynib, yomg‘ir yog‘ishidan, boshqa
hodisalar esa havo ochilishi,
Quyoshli kunlar
bo‘lishidan darak berishini odamlar qadimdan anglab olganlar.
O‘qituvchi: Ob-havoning o‘zgarishini qanday belgilar asosida aniqlash
mumkin? O‘quvchilarning taxminiy javobi: Turnalar
raqsga tushsa, kun isiydi.
Xo‘rozning kechki payt, ya’ni bemahal qichqirishi ob-havo o‘zgarishidan darak beradi.
Qaldirg’ochlar yomg‘ir oldidan pastlab ucha boshlaydi. Mol suvni kam ichib, kunduzi
mudray boshlasa, tez orada yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Ob-havoning o‘zgarishini qanday belgilar
asosida aniqlash mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: