Motivatsiya:
O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar! Ma’lumki, o‘tgan darslarimizda suv qobig‘i haqida
ma’lumotga ega bo‘ldingiz. Keling, bugungi darsimizni suv haqidagi hikmatli so‘zlar,
she’riy parchalar, xalq maqollaridan eshitishdan boshlasak. Marhamat, kimdan
boshlaymiz?
O‘quvchilarning taxminiy javobi:
Baliqning tirikligi suv bilan,
Dehqonning tirikligi yer bilan.
Suv – yorug‘lik.
Suv – zar, suvchi – zargar.
II. O‘tgan mavzularni takrorlash.
Guruhlar bilan „Xatosini toping“ o‘yini o‘tkaziladi va topshiriq yozilgan tarqatma
beriladi.
Litosfera guruhiga:
Tabiiy chuqurlikda to‘planib qolgan suvga ko‘l deyiladi. Ko‘llarda suv
daryolardagidek o‘zanda oqadi. Yer yuzidagi eng katta ko‘l - Kaspiy ko‘lidir. Oqmas
ko‘llar suvi chuchuk bo‘ladi. Ko‘l suvlaridan foydalanib bo‘lmaydi.
Gidrosfera guruhiga:
O‘zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. Daryo
boshlanadigan joy uning mansabi deyiladi.Qo‘shni daryolar havzalarini bir-biridan
ajratib turadigan chegara irmoqlar deyiladi.
Atmosfera guruhiga:
Qor yig‘adigan va muzlik hosil bo‘ladigan balandlikning quyi chegarasi qor chizig‘i
deyiladi. Qor chizig‘i ekvatorial o‘lkalarda dengiz sathigacha pasayadi. Dunyodagi eng
katta orol – Grenlandiyada muzliklar yo‘q. Quruqlikda qor to‘planib, hosil bo‘lgan ko‘p
yillik muzlar muzliklar deyiladi. Muzliklar hech qachon siljimaydi.
„Xatosini toping“ o‘yini asosida
Litosfera guruhiga berilgan topshiriqning to‘g‘ri javobi:
Tabiiy chuqurlikda to‘planib qolgan suvga ko‘l deyiladi. Ko‘llarda suv
daryolardagidek o‘zanda oqmaydi. Yer yuzidagi eng katta ko‘l – Kaspiy ko‘lidir. Oqmas
ko‘llar suvi chuchuk bo‘ladi. Ko‘l suvlaridan foydalanib bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |