Atom tuzilishi haqida tuchuncha


Download 261.5 Kb.
bet1/5
Sana06.12.2020
Hajmi261.5 Kb.
#161416
  1   2   3   4   5
Bog'liq
atom tuzilishi haqida tuchuncha


Atom tuzilishi haqida tuchuncha

Reja



1. Atom tuzilishi to’g’risida tarixiy ma‘lumotlar.

2. Atom tuzilishining yadro nazariyasi .

Atom yadrosini sun‘iy yo’l bilan parchalash.

4. Atom yadrsining tarkibi. Izotoplar.

5. Atomlar elektron qobiqlarining tuzilishi.

1. ATOM TUZILISHI TO’G’RISIDA

TARIXIY MA‘LUMOTLAR.

Fanda uzoq muddat davomida atom bo’linmas zarracha deb tushunib kelingan, ya‘ni atomda boshqa elementar zarrachalar yo’k deyiladi. Undan tashqari atomlar o’zgarmas, ya‘ni bir atom boshqa atomga aylanmaydi deyilar edi.

Ammo XIX asrning oxirlariga kelib atom murakkab tuzilishga egaligi va bir atom boshqa atomga aylanishi mumkinligi isbot qilindi.

Atomning murakkabligini tasdiqlovchi dastlabki tajriba ma‘lumotlari 1879 yilda, siyraklashtirilgan gazlarda elektr zaryadi hosil bo’lishi xodisasini tekshirish natijasida olindi. Agar elektrodlar qovsharlangan shisha nayda havo surib olinsa va unga yuqori kuchlanishli tok ulansa, katoddan nur tarala boshlaydi. Bu nurlar katod nurlari deyiladi. Ular elektr maydoni da to’g’ri chiziqli harakatini o’zgartirib, musbat qutb tomonga og’adi ( II.I - rasm). Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, bu oqim elektronlar oqimidan iborat.



т

III.1. – Rasm. Elektr maydonida katod nurlarining og’ishi.

Ko’pchilik metallar ulмtrabinafga nur bilan yoritilganda (fotoeffekt) ham elektronlar ajralib chiqadi. Elektronning massasi 9,1 . 10 –28 г, bu vodorod atomi massasining qismini tashkil qiladi.

Elektronlar hamma elementlardan ajralishi, metallarda elektr oqimini tashkil qilishi, alangada mavjudligi, ko’pgina moddalar qizdirilganda chiqishi, rentgen nurlanishida chiqishi isbotlangan. Bu yerdan shunday xulosa chiqadiki, elektronlar atomlar tarkibiga kiradi. U manfiy zaryadga ega. Atom esa elektrneytral zarrachadir. Bundan shunday xulosa chiqadiki, atomda yana musbat zaryadlangan zarracha ham bo’lishi kerak. Shunday qilib atom bu murakkab zarracha bo’lib, unda yanada kichik zarrachalar mavjuddir. Atomning murakkab zarrachaligini isbotlashda radioaktivlik xodisasi juda qo’l kelgan.



Atom tuzilishi haqidagi ta‘limotning keyingi rivojlanishi, radioaktivlik hodisasining kashf etilishi bilan bog’liq. 1896 yilda A.Bekkerel uran birikmalari ko’zga ko’rinmaydigan qandaydir nurlar chiqarish xususiyatiga ega ekanligi va bu nurlar qora kog’ozga o’ralgan fotografiya plastinkasiga ta‘sir qilishini aniqladi. Mariya Kyuri – Skladovskaya va Per Kyurilar Bekkerel tekshirishlarini davom ettirib, 1898 yilda uran rudasida 2 ta yangi element – radiy va poloniyni kashf etdilar. Bu elementlar juda faolnurlanish xossasiga ega.

Radioaktiv nurlanishni o’rganish shuni ko’rsatdiki, ba‘zi radioaktiv elementlar(alfa) zaryadi, boshqalari(betta) va (gamma) nurlar chiqaradi.

Download 261.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling