Atom yadrolarining asosiy xususiyatlari. Yadro tarkibidagi zaryadlar haqida ma’lumotlar. Elektr va barion zaryad. Juft‑juft, juft‑toq, toq‑toq yadrolar. Izotop, izobar, izoton, izomer va ko‘zgu yadrolar


Download 404.99 Kb.
bet1/8
Sana26.01.2023
Hajmi404.99 Kb.
#1129357
  1   2   3   4   5   6   7   8

Atom yadrolarining asosiy xususiyatlari. YAdro tarkibi. YAdro tarkibidagi zaryadlar haqida ma’lumotlar. Elektr va barion zaryad. Juft‑juft, juft‑toq, toq‑toq yadrolar. Izotop, izobar, izoton, izomer va ko‘zgu yadrolar. YAdroning massasi va bog‘lanish energiyasi. YAdro spini. YAdroning magnit dipol momenti. YAdro o‘lchami va zichligi. YAdro shakli. Statistika va juftlik.
YAdroning asosiy xususiyatlari
Atom yadrosi ikki xil zarra-proton va neytronlardan iboratdir.
Proton massasi - , neytron massasi - taxminan elektron massasi dan ~2000 marta katta:
,
.
Proton musbat zaryadli, zaryad miqdori elektron zaryadiga teng, ammo ishorasi qarama-qarshi. Neytron zaryadsiz neytral zarra. Proton va neytronlar xususiy momentga, spinga ega . Ular Fermi-Dirak statistikasiga bo‘ysunuvchi fermionlardir.
Atom fizikasidan malumki, zaryadli, massali elektron mexanik momentga ega bo‘lish bilan bir vaqtda magnit momentga ham ega bo‘ladi (Bor magnetoni).

Protonning spini elektron spiniga teng, massasi esa katta bo‘lgani uchun magnit momenti elektronning spiniga nisbatan kichik bo‘ladi:

yadro magnetoni bor magnetoni bilan quyidagi munosobatda:



Lekin proton magnit momenti kutilgan qiymatdan marta katta ekanligini ko‘rsatadi.
Neytron ham neytral zarra bo‘lishiga qaramasdan, magnit momentga ega. Neytron magnit momenti . Magnit momentining ishorasi manfiyligi spin yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalishda ekanligini bildiradi. Proton va neytronlarning magnit momentlarining boshqacha bo‘lishligi bu zarralarning murakkab tuzilishga ega ekanligini ko‘rsatadi. Proton va neytronlarning magnit momentlarini proton va neytronlar markazlarida yalong‘och proton (neytron) va atrofida mezon buluti bor, bular bir-birlariga uzviy almashinib turadilar deyilsa tushunarli bo‘ladi. Masalan, proton magnit momentini tushuntirish uchun: markazida yalong‘och neytron atrofida mezon holatida t vaqt turadi, vaqtda markazida yalong‘och proton atrofida mezon holotida (1-chizma) bo‘lsin, u holda o‘rtacha magnit momenti:
( 1)

1-chizma. YAdroning magnit momentini izohlash chizmasi.


Bunda yalong‘och proton magnit momenti , mezon massasi proton massasidan marta kichik bo‘lgani uchun magnit momenti teng. mezonlar magnit momentlari nolga teng. (1) formuladan ko‘rinib turibdiki, proton o‘rtacha magnit momenti yadro magnetonidan katta. Xuddi shuningdek, neytron magnit momentini ham vaqt ichida yalang‘och va mezon buluti va vaqtda yalong‘och va mezon bulutidan iborat deb qarash mumkin. (2-chizma)
Neytronning o‘rtacha magnit momenti
(2)
Demak, neytron magnit momenti nol bo‘lmasdan manfiy bo‘lishligi, protonning magnit momenti, 1 μyam bo‘lmasdan bo‘lishligi tushunarli bo‘ladi.
Erkin holatda proton barqaror, -esa radioaktiv bo‘lib ~12 minutdan keyin ga yemiriladi. YAdro ichida neytron va protonlar bir-birlariga aylanib turadilar. Proton va neytronlar spinlari teng, massalari ham deyarli teng, bir-birlariga uzviy almashinib turadi, yadro kuchlari ham bir xil, bir so‘z bilan ular nuklon deb ataladi. Nuklonlar uchun yadro kuchlari bir xil bo‘lgan faqat elektromagnit maydonga nisbatan ikkita erkinlik darajasiga ega bo‘lgan aynan bir xil (zaryadli proton, zaryadsiz neytron) zarralardir. YAdro kuchlari tasirida proton va neytronlar birikib turli yadrolarni hosil qiladilar.

1-chizma. YAdroning magnit momentini izohlash chizmasi.


Atom yadrosi turg‘un (barqaror), yoki radioaktiv bo‘lishi mumkin. Bu yadrolar massa soni , elektr zaryadi , massasi , - to‘la bog‘lanish energiyasi massasiga bog‘liq, radiusi , spini , magnit momenti , elektr kvadrupol momenti , izotopik spini va shu yadroning to‘lqin funksiyasiga xos bo‘lgan juftligi bilan xarakterlanadi. Radioaktiv yadrolar yana emirilish turi, yarim emirilish davri, emirilish natijasida hosil bo‘lgan nurlarning energiyasi bilan ham xarakterlanadi.
Atom yadrolari yana o‘zlarining energetik holatlari bilan xarakterlanib, eng kichik energiyali holatiga yadroning asosiy holati va undan yuqori energiyaga ega bo‘lgan holatlarga uyg‘ongan holatlar deb ataladi. YUqorida sanab o‘tilgan yadro xususiyatlarining deyarli hammasi yadroning asosiy ham uyg‘ongan holatlari uchun xosdir. Massa soni va zaryadi dan tashqari hamma xususiyatlari holat energiyasi o‘zgarganda o‘zgarishi mumkin. Uyg‘ongan holatdagi yadro xususiyatlariga, yana yadroning bir energetik holatdan ikkinchisiga o‘tish usuli, yadroviy reaksiyalar ko‘rilganda zarraning yadro bilan yoki yadrolarning o‘zaro tasirlashish kesimi va yadroviy reaksiyalarda ajralgan energiya, ikkilamchi zarralarning burchak taqsimoti va boshqa kattaliklar bilan xarakterlanadi.

Download 404.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling