Atomning elementar zarrachalari protonlar, neytronlar, elektronlar
Javob: Demak, moddaning molekulyar formulasi quyidagicha: Na2SO3 3-masala
Download 283.86 Kb.
|
ATOM TUZILISHI VA ELEMENTLARNING DAVRIY SISTEMASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-usul: 1)
- Javob
- Yechish: I-usul
Javob: Demak, moddaning molekulyar formulasi quyidagicha: Na2SO3
3-masala. 1 g oddiy modda tarkibida 37,625·1021 ta atom bo’lib, 0,4667 l hajmni egallaydi. Shu moddaning formulasini toping. Yechish: I-usul: 1) bir mol modda nechta atomdan iborat ekanligi topiladi: 37,6251021 —— 0,4667 litr X —— 22,4 litr │ X = 18,06·1023 ta atom 2) 1 mol moddada 18,06·1023 ta atom bo’lsa: Demak, modda X3 ko’rinishiga ega. 3) Endi uning molekulyar massasini aniqlanadi 0,4667 litr modda —— 1 gr bo’lsa 22,4 litr modda —— X gr bo’ladi │ X = 48 g 4) Modda uchta atomdan iborat ekanligini bilgan holda uning atom massasi aniqlanadi: 48 : 3 = 16 II-usul: 1) Dastlab 1 g moddaning atomlar soni topib olinadi. 2) Moddaning molekulyar massasi aniqlanadi. 0,4667 litr modda —— 1 gr bo’lsa 22,4 litr modda —— X gr bo’ladi │ X = 48 g 3) Moddaning 48 grami necha atomdan iboratligi aniqlanadi: 0,0625 —— 1 g X —— 48 │ X = 3 Javob: Demak, atom massasi 16 ga teng element atomi kislorod. Modda formulasi esa O3 ko’rinishga ega, ya’ni - ozon. 4-masala. 4,6 g modda yonganda, 8,8 g CO2, 5,4 g H2O hosil bo’ldi. Tekshirilayotgan modda qanday elementlardan tashkil topganini va uning molekulyar formulasini aniqlang. Yechish: I-usul: 1). X + O2 → CO2 + H2O 2) CO2 tarkibidagi uglerod massasi topiladi: 44 gr CO2 da —— 12 gr C bor 8,8 gr CO2 da —— X gr C bor. │ X = 2,4 g C 3) H2O dagi H2 miqdori aniqlanadi: 18 gr suvda —— 2 gr H bor 5,4 gr suvda —— X gr H bo’ladi │ X = 0,6 g H2 4) Chiqqan moddalar massasi qo’shiladi: 2,4 + 0,6 = 3 5) Dastlabki modda 4,6 g bo’lgan, demak, uning tarkibida S va H2 dan tashkari kislorod ham bor. Kislorod massasini topish uchun dastlabki modda massasidan hosil bo’lgan moddalardagi uglerod va vodorod massalari yig’indisi ayriladi: 4,6 - 3 = 1,6 g O2. 6) Ularning massalarini o’zining atom massalariga bo’linadi va chiqqan nisbatlarni yana ularning eng kichigiga bo’linadi: C2H6O modda dimetil efir yoki etil spirtiga to’g’ri keladi. II-usul: 1) Reaksiya tenglamasiga asoslanib massani Saqlanish qonuniga asosan yonishga ketgan kislorod massasi aniqlanadi. 4,6 8,8 5,4 X + O2 → SO2 + H2O 8,8+5,4-4,6=9,6 g kislorod 2) Moddalarning massalaridan foydalanib oldidagi koeffisientlari aniqlanadi. X + 3O2 → 2CO2 + 3H2O Boshlang’ich moddani yondirish uchun sarflangan kislorod atomi 6 ta, reaksiya mahsulotlarida esa 7 ta kislorod atomi bor. Demak, boshlang’ich moddada ham 1 ta kislorod atomi bo’lgan. Bundan modda molekulasida 2 ta uglerod, 6 ta vodorod va 1 ta kislorod mavjudligi aniqlandi. Download 283.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling