Atomning nurlanish spekteri va ularning turlarini o'rganish


Download 281.02 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi281.02 Kb.
#1608147
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Atomlarning nurlanish spektri va ularning turlari Mavzusida f –

Tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, har bir atom uchun nurlanish va yutilish spektri o‘ziga xos bo‘lar ekan. Agar sinchkovlik bilan qaralmasa, spektrning alohida qismlari o‘rtasida aniq chegarani ko‘rib bo‘lmaydi: qizil asta sekinlik bilan zarg‘aldoqqa, zarg‘aldoq esa sariqqa o‘tib boradi va hokazo. Spektrga birinchilardan bo‘lib sinchkovlik bilan nazar solgan inson - ingliz hakimi kimyogari Uilyam Xayd Vollaston (1766-1828) bo‘ldi. Vollaston quyosh spektridagi bir necha oraliqlarda, ko‘zga ko‘rinmaydigan tartibda kesib o‘tuvchi noma’lum xira chegara chiziqlarini kuzatdi. Lekin u bu hodisaga unchalik ahamiyat bermadi. Vollaston spektrdagi xira chiziqlarni prizmaning o‘ziga xosligi (masalan nuqsoni) yoki nur manbaga bo‘layotgan biror tashqi ta’sir, yoki yana biror boshqa juz’iy sababdan deb o‘yladi. Optika sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib tanilgan Fraungofer, shishaning turli navlaridagi sindirish ko‘rsatkichlarini va yorug‘lik dispersiyasi hodisalarini tadqiq qilib borib, yorug‘lik spektrini faqatgina quyosh nurlaridan emas, balki sham va lampa piligidan tarqalayotgan nurlarda ham tekshirib ko‘rishga kirishdi. 1859-yilda Kirxgof tomonidan yozilgan ikki sahifalik ushbu qisqa qaydnoma, birdaniga to‘rtta muhim kashfiyotni bayon qilgan edi: • Har bir element o‘zining chiziqli spektriga, demak qat’iy belgilangan chiziqlar to‘plamiga ega;• Bunday chiziqlarni nafaqat yerdagi moddalarni tahlil qilish uchun, balki yulduzlarni tekshirishuchun ham qo‘llash mumkin;• Quyosh o‘ta qizigan yadro qizigan gazlardan iborat nisbatan sovuqroq atmosferaga ega;• Quyoshda natriy elementi mavjud.

U’zluksiz spektrlar – Quyosh spektri yoki qavariq fonar spektri uzluksiz spektrni ko’rsatadi. Bu shuni bildiradiki, spektrda to’lqin to’la uzunlikda tasvirlanadi. Spektrda uzilish bo’lmaydi, va ekranda to’liq rang – barang polosalarni ko’rish mumkin. Chiziqli spektrlar – Spektroskopda qalin qora polosalar bilan ajralgan har xil yorqinlikdagi rangli chiziqlar paydo bo’ladigan spektrlar chizqli spektrlar deb ataladi. Chiziqli spektrning mavjudligi modda yorug’likni faqat ma’lum bir to’lqin uzunlikdagina (ma’lum bir juda ingichka spektral intervalda) nurlantiradi. Barcha chiziqlar cheklangan kenglikga ega.Polosali spektr – alohida qorong’i bo’shliqlar bilan ajralgan polosalardan tashkil topgan spektr. Juda sezgir spektral qurilmalar yormadida topish mumkin, har bir polosa ozining jami katta saonlarda juda tig’iz joylashgan chiziqlarda tasvirlanadi. Polosali spektrlarning chiziqli spektrdan farqi polosali spektrlar atomlardan emas, bir – biriga bog’lanmagan yoki zaif bog’langan molekulalardan tashkil topadi.Polosali spektr – alohida qorong’i bo’shliqlar bilan ajralgan polosalardan tashkil topgan spektr. Juda sezgir spektral qurilmalar yormadida topish mumkin, har bir polosa ozining jami katta saonlarda juda tig’iz joylashgan chiziqlarda tasvirlanadi. Polosali spektrlarning chiziqli spektrdan farqi polosali spektrlar atomlardan emas, bir – biriga bog’lanmagan yoki zaif bog’langan molekulalardan tashkil topadi.Atomlari g’alayonlangan holatda bo’lgan barcha moddalar yorug’lik to’lqinini va ma’lum bir to’lqin uzunliklari bilan ajraladigan energiyani nurlantiradi, ya’ni yorug’lik nuri chiqaradi. Moddalarning yorug’lik yutilishi shuningdek to’lqin uzunligiga bog’liq. Agar oq yoruglik nuri sovuq nurlanmaydigan gaz orqali o’tganda manbaning uzluksiz spektri fonida qorong’i chiziqlar paydo bo’ladi.


Download 281.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling