“Atrof-muhit monitoringi va geografik-ekologik ekspertiza” mavzusini o’qitishda lokal va xususiy metodik darajadagi pedagogik texnologiyalarni uyg’unlashtirish
M U N D A R I J A
KIRISH……………………………….………………………………………
I BOB. Atrof muhitni maxsus kuzatish tizimini tashkil etish zaruriyati…
1.1. Atrof-muhit monitoring va uning turlari…………………………………
1.2. O’zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish…………...….
1.3. Geografik-ekologik ekspertiza asoslari………………………………….
II BOB. Lokal va xususiy metodik darajadagi pedagogic texnologiyalarda mavzuni o’rganishda foydalanish………………………….…..
2.1. Xususiy metodik darajadagi pedagogik texnologiyalarning xususiyatlari……………..…………………………………………………………...
2.2. Lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar………………………….…..
2.3. Xususiy va lokal darajadagi pedagogic texnologiyalarni mavzu o’rganish jarayonida uyg’un ravishda foydalanish yo’llari…………………………………....
XULOSA……………………………………………………………….….…..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI….……..….………….
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi davrda ilm-fanning taraqqiyoti, axborot muhitining kengligi, jamiyatimizdagi barcha sohalarning rivojlanish sur’ati – ta’lim tizimiga davr talabi nuqtai nazaridan yangicha qarashni, uni jamiyat talablari va shaxs ehtiyojini hisobga olgan holda jahon standartlari darajasiga ko’tarish, ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishni taqazo etmoqda.
Ta’lim Respublikamizda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan bo’lib, u pedagoglar zimmasiga mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimga ega bo’lgan barkamol shaxsni tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifa yuklatadi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Davlat ta’lim standarti”, “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi kabi ko’plab hujjatlarda belgilangan yuqoridagi vazifalarni bajarilishini ta’minlash, ta’limning sifat ko’rsatkichlarini kafolatlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalar hal qiluvchi omillardan bo’lib bormoqda. Zero O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Respublika uzluksiz ta’lim tizimi uchun dastlabki pog’ona bo’lgan umumiy o’rta ta’lim tizimining geografiya ta’limida ushbu muammo dolzarbligi bilan alohida ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |