Atrof-muhit monitoringi va geografik-ekologik ekspertiza


Download 55.25 Kb.
bet2/9
Sana24.12.2022
Hajmi55.25 Kb.
#1052024
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Elyor aka yangisi

Kurs ishining maqsadi: Geografiya darslarida lokal va xususiy metodik darajadagi pedagogik texnologiyasidan foydalanib, geografiya ta’limi samaradorligini oshirish.
Kurs ishining vazifalari: Ishning maqsadidan kelib chiqib, quyidagi asosiy vazifalarni hal etish belgilab olindi.

  • Atrof-muhit monitoringi va ularning turlarini va bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish;

  • Geografiya darslarida foydalaniladigan lokal darajadagi pedagogik texnologiyalarni o’rganish va ularning xususiyatlarini aniqlash;

  • Tanlangan pedagogik texnologiyalar bo’yicha dars ishlanmalarini tuzish;

Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishining predmeti Atrof-muhit monitoringi va geografik-ekologik ekspertiza” mavzusidan iborat.
Kurs ishining predmeti : Geografiya darslari va ularni tashkil etish jarayonidan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism: ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

I BOB. Atrof muhitni maxsus kuzatish tizimini tashkil etish zaruriyati
1.1. Atrof-muhit monitoringi va uning turlari
Inson omilining atrof-muhitga bo‘lgan ta’siri tobora kuchayib borayotganligini e’tiborga olib, maxsus kuzatish tizimini tashkil qilish zarurati paydo bo‘ldi. Mazkur kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlar tabiiy muhitda yuz berayotgan o‘zgarishlarni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuning uchun ham monitoring tizimini tashkil qilish bo‘yicha takliflar o‘rtaga qo‘yildi. Atrof-muhit holatining monitoringi masalasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1972-yilda Stokgolmda bo‘lib o‘tgan tabiiy muhit muhofazasiga bag‘ishlangan konferensiyasi arafasida vujudga keldi. U «SKOPE» (atrof-muhit muammolari bo‘yicha ilmiy qo‘mita) tomonidan ishlab chiqilgan edi. Monitoring tushunchasining mazmuni, turlari hamda O‘zbekiston hududida atrof-muhit monitoringini amalga oshirish masalalari ushbu bo‘limda ochib beriladi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi natijasida jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib ketdi. Oqibatda sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar kelib chiqa boshladi. Bu esa atrof-muhit holatini doimiy kuzatib borish tizimini tashkil qilishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan fanda yangi, monitoring (lotincha «monitor» — esga soladigan, ogohlantiradigan) tushunchasi paydo bo‘ldi. Monitoring — tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir. Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson fao­liyati ta’sirida o‘zgarishini kuzatish, olingan ma’lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv apparatini ishga solishdir. Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yerosti suvlari, tuproq, o‘simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari insonning ma’lum ekologik sharoitda yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof-muhitning o‘zgarish darajasi hali ifloslanmagan tabiiy sharoit holatiga nisbatan olinadi. Bioekologik monitoring bosqichi yoki pog‘onasida atrof-muhitning ifloslanishi uning inson salomatligiga ta’siri nuqtayi nazaridan kuzatiladi. Mazkur pog‘onada odamlarning kasallanishi, o‘lim, tug‘ilish, uzoq umr ko‘rish va boshqa ma’lumotlardan foy­dalaniladi. Bu ma’lumotlar insonning atrof-muhit o‘zgarishiga aks ta’siri hisoblanadi. Ushbu bosqichda monitoring kuzatish shoxobchalari va sanitariya-gigiyena xizmati ma’lumotlariga tayanib ish ko‘riladi.
Bioekologik monitoring inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan chiqindi va moddalar bo‘yicha kuzatishni tashkil qiladi.
Geoekologik (geotizimli) monitoring bosqichi yoki pog‘onasida asosan tabiiy-hududiy, tabiiy-texnogen va demografik (aholi) geotizimlari kuzatiladi va nazorat qilinadi. Mazkur bosqich (pog‘ona) uchun tabiatni ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan miq­dori va tabiiy komplekslarning (geotizimlarning) o‘z-o‘zini tozalash qobiliyati haqidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi. Kuzatishlar geografik statsionarlarda, maxsus zona yoki mintaqaviy poligonlarda olib boriladi. Geotizimli monitoringni amalga oshirishda hududda havo, suv, tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosi, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va ifloslantiruvchi manbalar bo‘yicha kuza­tish tashkil qilinadi. Bu borada geotizimning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinmog‘i lozim. Cho‘llarda kemiruvchilar turli xatarli kasalliklarni tarqatuvchi manba hisoblanadi. Buning oqibatida ma’lum vaqt mobaynida katta hududda yuqumli kasallik o‘chog‘i yuzaga keladi. Shuni hisobga olib, cho‘l geotizimida muntazam ravishda monitoring ishlarini olib borish lozim bo‘ladi.
Biosfera monitoringi bosqichining asosiy vazifasi atrof-muhitni dunyo miqyosida kuzatishdan iborat. Bunda atmosferaning changlanishiga, Dunyo okeanining ifloslanishiga va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘proq e’tibor beriladi. Kuzatishning asosiy maqsadi dunyo miqyosida bo‘ladigan o‘zgarishlarning aholi salomatligi va faoliyatiga ta’sirini baholashdir. Kuzatishlar biosfera poligonlari tizimida olib boriladi. Biosfera poligonlari tizimiga qo‘riqxonalar va aholining xo‘jalik faoliyati zonalari kiradi. Atmosferani kuzatishda asosiy e’tibor chang miqdorining ortib ketishiga, «issiqxona samarasi»ning vujudga kelishiga, qutbiy mintaqalarda ozon qatlamining yupqalanishiga qaratiladi.
Tabiatni muhofaza qilish - tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilishq. tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish., iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.
Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 mlrd. yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va o'ʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoqyaqinligi, oqimlari va boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef, tuproqlarga bogʻliq. Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin. Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi, undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, mas., ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi.
Yerda odamnish paydo boʻlishi organik dunyo bilan tabiiy muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni tubdan oʻzgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari vositasida yaylovlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatida taʼsir koʻrsatadi. U oʻzining tabiat bilan boʻlgan oʻzaro taʼsiri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson yashay oladigan hudud kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi ortadi, binobarin, insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, koʻlam jihatidan gʻam koʻpayadi. Inson oʻzi yashashi va faoliyat koʻrsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari yana sunʼiy muhitni ham bunyod etadi. Masalan, shaharlar, turar joy binolari, bogʻlar, suv omborlari, yoʻllar va boshqa Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham oʻzgarib boradi. Qadimda bir necha xil kimyoviy elementlardan foydalanilgan boʻlsa, hozirgi vaqtda mavjud barcha elementlardan foydalaniladi. Shu bilan birga koʻpchilik foydali qazilmalar tobora koʻproq qazib chiqarilmoqda. Insonning tabiatga taʼsiri kuchayishidan, antropogen landshaftlar koʻpaymoqda. Hayvonot va oʻsimlik olamidan rejasiz foydalanish yoki inson faoliyati bilan bogʻliq boshqa sabablar tufayli 16-asrning oxirlaridan 20-asrning 70yillarigacha umurtqali hayvonlarning 250 turi va kichik turlari butkul yoʻqolib ketdi. 80yillardan boshlab xar yili oʻrtacha 1 ta hayvon turi va 50 ga yaqin oʻsimlik turi yoʻqolib bormoqda. Qush va sut emizuvchilarning 1000 dan ortiq turi yoʻqolib ketish arafasida turibdi. Yil davomida 1 mlrd. t yoqilgʻi yoqiladi, atmosferaga yuzlab mln. t azot oksidi, oltingugurt, uglerod, qurum, chang va boshqa chiqariladi. Tuproq va suvlar sanoat va maishiy chiqindilar (bir necha mlrd. t), neft mahsulotlari (bir necha mln. t), mineral oʻgʻitlar (yuz mln. t ga yaqin), ogʻir metallar, radiaktiv chiqindilar bilan ifloslanadi.
Inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xoʻjalik, sogʻliqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yoʻlida foydalanish tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritish nazarda tutiladi. Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi.
Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishdan tabiatda roʻy beradigan jarayonlarning oʻzaro bogʻlikligi va rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi bilimlar katta ahamiyatga ega. Busiz tabiiy jarayonlarga baho berish, ularni xisobga olish, tabiatga, tabiat komponentlariga koʻrsatilgan har qanday taʼsirning kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bilish mumkin emas. Inson tabiatdan foydalanganda va unga taʼsir koʻrsatayotganda bilishi va faoliyatida amal qilish zarur boʻlgan, asosan, 5 qonuniyat mavjud: 1) tabiatdagi barcha komponent va elementlar oʻzaro bir-birlari bilan bogʻlangan, oʻzaro taʼsir etib, muayyan muvozanatda boʻlib, uygʻunlik hosil qilgan. Biron komponent yoki element oʻzgarsa, butun tabiiy kompleksda oʻzgarish roʻy beradi; 2) tabiatda toʻxtovsiz modda va energiyaning aylanma harakati roʻy berib turadi. Bu hayot asosi; 3) tabiiy jarayonlarning rivojlanishida muayyan davriyliklar mavjud.

Download 55.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling