1. Falsafiy yoʼnalish- tabiat bilan jamiyatning bir butunligiga, undan foydalanilish va himoya qilish birligiga asoslangan. 2. Tarixiy yoʼnalish - biosfera va uning qismlarini mavjudlik qonuniyatlarini oʼrganish zarurligiga asoslangan. 3. Ekologik yo’nalish - insonlarni tabiat bilan biologik jihatdan bogʼlik ekanligiga asoslangan. 4. Texnik-iqtisodiy yoʼnalish-tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish zarurligiga asoslangan. 5. Sotsial-siyosiy yoʼnalish-atrof - muhitni muhofaza qilish muammosini butun insoniyat miqyosida hal qilinishi zarur ekanligiga asoslanadi. 6. Yuridik yoʼnalish- insonlarning tabiatga koʼrsatayotgan taʼsirini chegaralovchi va jazolanishi taʼminlovchi huquqiy aktlarni ishlab chikish va uni bajarilishini talab qilinishiga asoslangan Аtrof - muhitni muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi sistemasi deganda davlat tashkilotlarining tabiiy resurslarni qayta tiklash, ulardan oqilona va tejamli foydalanish, atrof - muhitni muhofaza qilish sohasidagi masalalarni hal qilish uchun qaratilgan tashkilik faoliyatlari tushuniladi.Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi 1988 yil tashkil qilinib, atrof - muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan okilona foydalanish borasida davlat nazorati va tarmoqlararo -boshqaruv ishlarini amalga oshiradi. Uning vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Respublikada tabiatni muhofaza qiluvchi faoliyatlarni kompleks holda boshqarishni amalga oshirish. 2. Аtrof - muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning yagona ilmiy-texnikaviy siyosatini yaratish. 3. Oʼsimlik. va hayvonot olamidan, atmosfera havosi, yer osti suvlari, tuproqdan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini oʼrnatish. 4. Xalq xoʼjaligini barcha sohalarida kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalarni jorikqilish. 5. Tabiiy resurslardan beshavqat foydalanuvchi, atrof - muhitni ifloslantiruvchi barcha tashkilotlar va shaxslarga davlatga yetkazayotgan zararlarni qoplovchi jarimalar, javobgarlikni talab qilishni tashkil qilish. 6. Tabiatni asrash va undan ehtiyotkorlik bilan foydalanishni taʼminlovchi ekologik taʼlim va tarbiyani tubdan yaxshilash. Hozirgi kunda insonlarni ishlab chiqarish faoliyati natijasida atrof - muhitni ifloslanishi muammosi nafaqat mahalliy davlat va regional balki planetar hamda global ahamiyatga ega boʼldi. Shuning uchun atrof - muhitni muhofaza qilish muammosini hal kiliniщi bir davlat xududi bilan chegaralanib qolmay, barcha Davlatlar birgalikda ish olib borishlarini taqozo etadi. Ushbu sohadagi eng keng halqaro hamkorlik Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida olib borilayapti. 1972 yilda atrof muhit muhofazasi borasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan atrof - muhitni muhofaza qilish boʼyicha maxsus Xalqaro tashkilot tashkil qilindi. Uning nomi YUNEP- «BMT ning atrof muhit dasturi» - deb ataladi. YUNEPning faoliyati quyidagi yoʼnalishlarni oʼz ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |