Atrof-muhit monitoringi va geografik-ekologik ekspertiza


Lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar


Download 55.25 Kb.
bet7/9
Sana24.12.2022
Hajmi55.25 Kb.
#1052024
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Elyor aka yangisi

2.2. Lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar
Texnologiyaning mohiyati shundaki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha bir yo’la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o’z g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
“Yelpig’ich” texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muxokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
MAQSAD: “yelpig’ich” texnologiyasi mavzuni o’rganishning turli bosqichlarida qo’llanishi mumkin:
Boshida: o’z bilimlarini erkin faollashtirish;
-mavzuni o’rganish jarayonida , uning asoslarini chuqur farqlash va anglab yetish;
-yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha tekshiriladi.
Afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz
Fazilat – ijobiy sifat
Nuqson – nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik
Xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo’yicha dalildan natijaga kelish
Ta’limdan tashqari “Elpig’ich” texnologiyasi tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi.

  • jamoa, guruhlarda ishlash mahorati;

  • muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilish mahorati;

  • Murosali qarorlarni topa olish mahrati;

  • o’zgalar fikriga hurmat;

  • xushmuamalalik;

  • ishga ijodiy yondoshish;

  • faollik;

  • muammoga diqqatning jamlay olish mahorati

Bu texnologiya ham hozirgi kunda juda keng qo’llanilib kelinayotgan texnologiyalardan biri bo’lib, bu texnologiya ya’ni “Elpig’ich” mavzuni kamchilik hamda afzalliklarini ochib berishga xizmat qiladi.
“Atrof-muhit va geografik-ekologik ekspertiza mavzusini o’rganish jarayonida ushbu metoddan foydalanishimiz mumkin. Bunda O’zbekistonning umumiy tabiiy geografik xususiyatlari o’rganib bo’lingan bo’lib, o’quvchilarda tabiiy geografik xususiyatlarga oid bilim va malakalar mavjud. Mazkur texnologiyadan ushbu mavzuni o’rganish jarayonida foydalanilsa o’quvchilar gallagan bilimlarini ham yangi sharoitda qo’llaydi ham tabiiy geografik okruglarni bir-biri bilan taqqoslaydi.
Geografiya o’qituvchisi darsda o’rganiladigan mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va riovjlantiruvchi maqsadlari va pedagogik texnologiyalarning didaktik funktsiyalarini hisobga olgan holda qaysi texnologiyadan foydalanishini ilmiy-metodik asosda tanlagandagina ko’zlangan maqsadga va samaradorlikka erishadi.
Geografiya o’qituvchisi o’zining pedagogik faoliyatini pedagogik jarayonning xarakteri va borishini o’zgartirishda qo’llani­ladigan pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishi, mazkur texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlarini puxta o’zlashtirgan bo’lishi, o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda ulardan foydalanish yo’llarini belgilashi lozim. Ko’pchilik hollarda o’qituvchilar pedagogik jarayonning xarakteri va borishini o’zgartirishda qo’llani­ladigan pedagogik texnologiyalarga e’tibor bermagan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etadi va ko’zlangan natijaga erishish samarasi past bo’ladi. Bu holatning asosiy sababi, o’qituvchilar pedagogik jarayonning xarakteri va borishini o’zgartirishda qo’llani­ladigan pedagogik texnologiyalarga e’tibor bermaganligidir.
Geografiya o’qituvchisi pedagogik faoliyatida o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish maqsadida avval darsning ma’lum bosqichida pedagogik texnologiyalarning lokalь (modul) darajada qo’llashi maqsadga muvofiq. Lokalь, ya’ni modul darajadagi pedagogik texnologiyalar o’z ichiga interfaol metodlarni oladi. Bunda avval yangi mavzu o’rganilib, o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma malakalarini nazorat qilish va baholashda nazorat testlari, turli o’yin mashqlar, musobaqa, trening o’tkazadi. O’quvchilarning bu faoliyatga kirishi­shi va muayyan ko’nikma va malakalarni egallagandan so’ng, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni o’tkazishi, ya’ni xususiy metodik darajada qo’llashi mumkin.
O’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirishning muhim sharti, o’quvchilarning o’z fikrlarini dalillash va asoslash sanaladi. Shu sababli, o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalari asosan, o’quv munozaralari va bahslar orqali rivojlantiriladi.
Interfaol inglizcha interakt so’zidan olingan bo’lib, inter-hamkorlikda akt- harakat qilmoq ma’nosini bildiradi.
Ta’limning interfaol metodi XX asrning oxiri va XXI asrning bosh-laridan pedagogik adabiyotlarda keng ishlatilmoqda va ta’lim sohasida foydalanilmoqda. Uning asosiy maqsadi yagona bo’lib, o’quvchilarni mustaqil bilim olishga qiziqtirish, o’z ustida ko’proq ishlash, qo’shimcha adabiyotlarni o’qish, zamon bilan hamnafas ta’lim-tarbiyaga, mustaqil fikr yurita oladigan komil insonni voyaga yetkazishga hizmat qiladi.
Hozirda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy fikrlarini oshiruvchi hamda ta’lim tarbiya samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.
Interfaol o’qitishning asosiy mohiyati – o’qitish jarayonida barcha o’quvchilar bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama etilayotgan muammolarni, voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish yo’llarini izlab, eng maqbul variantni tavsiya etadi.
O’quv materialini o’rganish, muammoni hal etish bo’yicha turli variantdagi yechimni tavsiya etishga asoslangan bilish jarayonida o’quvchilarning hamkorligi har bir o’quvchiga, guruh muvaffaqiyati uchun o’z ulushini qo’shishga, ular o’rtasida fikr, axborot va tajriba almashinuviga zamin tayyorlaydi. Ushbu hamkorlik samimiy, qulay ijtimoiy psixologik, o’zaro yordam muhitida sodir bo’lganligi uchun, o’quvchilar nafaqat yangi bilimlarni o’zlashtiradilar, balki o’zining bilish faoliyatlarini rivojlantiradi, uni yuqori darajaga ko’tarib, hamkorlikka kirishishga imkon beradi.
O’qitish jarayonida interfaol usullarni qo’llash jarayonida o’quvchilarning o’zaro muloqotga kirishishini tashkil etish va boshqarishni taqoza etadi, bunda o’quvchilar hamkorlikda izlanib umumiy, shu bilan bir qatorda har bir o’quvchi uchun ahamiyatga molik bo’lgan muammoni hal etishga kirishib ular o’rtasida bir-birini tushunish, hamkorlikda ishlash va hamjihatlik vujudga keladi.
Interfaol usullardan foydalanilgan darslarda bitta o’quvchining ustunlik qilishi, uning o’z fikrini o’tkazishiga yo’l qo’yilmaydi.
Interfaol usullar qo’llanilganida o’quvchilar tanqidiy fikr yuritish, axborot manbalari va vaziyatni tahlil qilish, murakkab muammoli vaziyatlarni hal etish, o’rtoqlarining fikrini tahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishish ko’nikmalarini egallaydi.
Didaktik adabiyotlarda, o’quv munozaralari va bahslarni tashkil etishda lokalь darajadagi pedagogik texnologiyalar, ya’ni, interfaol usullardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ushbu texnologiyaning yana bir muhim, aytish lozim bo’lgan tomonlaridan biri bu texnologiya o’quvchilarni mavzu yuzasidan xulosa chiqarishga, egallagan bilimlarini yangi sharoitlarda qo’llashga o’rgatadi, egallagan bilimlarini ko’nikma va malakalarga aylanishiga katta imkoniyat yaratadi.
Geografiya o’qituvchisi o’zining pedagogik faoliyatini pedagogik jarayonning xarakteri va borishini o’zgartirishda qo’llani­ladigan pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishi, mazkur texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlarini puxta o’zlashtirgan bo’lishi, o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda ulardan foydalanish yo’llarini belgilashi lozim. Ko’pchilik hollarda o’qituvchilar pedagogik jarayonning xarakteri va borishini o’zgartirishda qo’llani­ladigan pedagogik texnologiyalarga e’tibor bermagan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etadi va ko’zlangan natijaga erishish samarasi past bo’ladi. Bu holatning asosiy sababi, o’qituvchilar pedagogik jarayonning xarakteri va borishini o’zgartirishda qo’llani­ladigan pedagogik texnologiyalarga e’tibor bermaganligidir.
Geografiya o’qituvchisi pedagogik faoliyatida o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish maqsadida avval darsning ma’lum bosqichida pedagogik texnologiyalarning lokalь (modul) darajada qo’llashi maqsadga muvofiq. Lokalь, ya’ni modul darajadagi pedagogik texnologiyalar o’z ichiga interfaol metodlarni oladi. Bunda avval yangi mavzu o’rganilib, o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma malakalarini nazorat qilish va baholashda nazorat testlari, turli o’yin mashqlar, musobaqa, trening o’tkazadi. O’quvchilarning bu faoliyatga kirishi­shi va muayyan ko’nikma va malakalarni egallagandan so’ng, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni o’tkazishi, ya’ni xususiy metodik darajada qo’llashi mumkin.

Download 55.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling