Atrof-muhit monitoringi va geografik-ekologik ekspertiza
Xususiy va lokal darajadagi pedagogic texnologiyalarni mavzu o’rganish jarayonida uyg’un ravishda foydalanish yo’llari
Download 55.25 Kb.
|
Elyor aka yangisi
2.3. Xususiy va lokal darajadagi pedagogic texnologiyalarni mavzu o’rganish jarayonida uyg’un ravishda foydalanish yo’llari
O’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirishning muhim sharti, o’quvchilarning o’z fikrlarini dalillash va asoslash sanaladi. Shu sababli, o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalari asosan, o’quv munozaralari va bahslar orqali rivojlantiriladi. Didaktik adabiyotlarda, o’quv munozaralari va bahslarni tashkil etishda lokalь darajadagi pedagogik texnologiyalar, ya’ni, interfaol usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Geografiya o’qituvchisi o’zining pedagogik faoliyatini pedagogik jarayonning xarakteri va borishini o’zgartirishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishi, mazkur texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlarini puxta o’zlashtirgan bo’lishi, o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda ulardan foydalanish yo’llarini belgilashi lozim. Ko’pchilik hollarda o’qituvchilar pedagogik jarayonning xarakteri va borishini o’zgartirishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarga e’tibor bermagan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etadi va ko’zlangan natijaga erishish samarasi past bo’ladi. Bu holatning asosiy sababi, o’qituvchilar pedagogik jarayonning xarakteri va borishini o’zgartirishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarga e’tibor bermaganligidir. Geografiya o’qituvchisi pedagogik faoliyatida o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish maqsadida avval darsning ma’lum bosqichida pedagogik texnologiyalarning lokalь (modul) darajada qo’llashi maqsadga muvofiq. Lokal, ya’ni modul darajadagi pedagogik texnologiyalar o’z ichiga interfaol metodlarni oladi. Bunda avval yangi mavzu o’rganilib, o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma malakalarini nazorat qilish va baholashda nazorat testlari, turli o’yin mashqlar, musobaqa, trening o’tkazadi. O’quvchilarning bu faoliyatga kirishishi va muayyan ko’nikma va malakalarni egallagandan so’ng, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni o’tkazishi, ya’ni xususiy metodik darajada qo’llashi mumkin. O’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirishning muhim sharti, o’quvchilarning o’z fikrlarini dalillash va asoslash sanaladi. Shu sababli, o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalari asosan, o’quv munozaralari va bahslar orqali rivojlantiriladi. Didaktik adabiyotlarda, o’quv munozaralari va bahslarni tashkil etishda lokalь darajadagi pedagogik texnologiyalar, ya’ni, interfaol usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Hozirda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy fikrlarini oshiruvchi hamda ta’lim tarbiya samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlarning «Klas-ter», «Zakovatli zukko», «Ven diogrammasi», «Bilaman. Bilishni hohlay-man. Bilib oldim», «6x6x6», «Kim ko’p biladi», «Hayoliy sayohat», «Pochta», «Bitta savolga uchta javob», «Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash», «Qarama-qarshi munosabat», «Fikrlarning shiddatli hujumi» va boshqa ko’plab yuzdab turlari mavjud. Ulardan geografiya ta’limida, xususan geografiya darslari va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish foydalanish mkoniyati katta. Geografiyasi darslarini ushbu metodlardan foydalanib tashkil etish va o’tkazish tartibi turlicha bo’lib, ta’lim jarayonida ushbu metodlardan samarali va muvoffaqiyatli foydalanish geografiya fani o’qituvchisining pedagogik mahorati va tafakkur ko’lamining kengligiga bog’liq bo’ladi. «Zakovatli zukko» metodi o’quvchilarda tezkor fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Metod o’z hohishlariga ko’ra geografiya fani bo’yicha, xususan O’zbekiston tabiiy geografiyasi darslarida shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko’rish istagida bo’lgan o’quvchilar uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ushbu metodning shartiga ko’ra o’quvchilar o’qituvchi tomonidan berilgan savolga qisqa muddatlarda to’g’ri va aniq javob qaytara olishlari va kartadan geografik ob’ektlarni to’g’ri ko’rsata olishlari shart. Savollarning murakkablik darajasiga ko’ra har bir savolga qaytarilgan to’g’ri javob uchun ballar belgilanadi. XULOSA Ushbu “Geografiya darslarida lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo’llari” mavzusidagi kurs ishini yozish jarayonida geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini oshirishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar, pedagogik texnologiyalarning mazmuni, mohiyati va darajalari, lokal (modul) darajada qo’llaniladi pedagogik texnologiyalarning turlari, lokal (modul) darajada qo’llaniladi pedagogik texnologiyalarning geografiyani o’qitishdagi ahamiyati nazaiy jihatdan yoritildi. Shuningdek, kurs ishida lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan geografiya darslarida foydalanish texnologiyasiga alohida e’tibor qaratildi va ulardan ayrimlari – “To’g’ri joylashtir”, “Geografik futbol”, “Tez nomini to’g’ri yoz”, “Yelpig’ich” kabi texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlari va ularga oid dars ishlanmalari keltirildi. Mazkur ishlanmalarni ishlab chiqish jarayonida shu narsaga amin bo’ldikki, geografiya darslarida pedagogie texnologiyalardan foydalanish imkoniyati katta bo’lib, ulardan foydalanish o’qituvchilarning pedagogik mahoratiga bog’liq. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, o’qituvchi o’z kasbiga ijodiy yondashib, darslarni turli texnologiya va metodlardan foydalanib tashkil etsa dars samaradorligi ortadi, o’quvchilar mustaqil fikrlashga, hozirjavoblikka, egallagan bilimlarini yangi sharoitlarda qo’llashga o’rganadi, barkamol avlod qoyaga yetkaziladi Download 55.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling