Atrof muhitni muhofaza qilishni nazariy asoslari Reja


Atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro-huquqiy ob’yekti


Download 63.16 Kb.
bet5/6
Sana31.01.2024
Hajmi63.16 Kb.
#1830930
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Atrof muhitni muhofaza qilishni nazariy asoslari

Atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro-huquqiy ob’yekti — xalqaro huquq sub’yektlarining ekologik munosabatlar predmeti bo‘lgan tabiiy ob’yektlar, ya’ni o‘zining xususiyati, joylanishi va ahamiyati nuqtai nazaridan biron-bir davlat yuridiksiyasiga kirmaydigan yoxud nazoratida bo‘lmaydigan va shuning uchun ham ikki va undan ortiq mamlakatlar yoki xalqaro huquq sub’yektlari mulki bo‘lgan tabiiy unsurlar. Misol tariqasida Amudaryo va Sirdaryolarni ko‘rsatish mumkin. Ular o‘z tabiiy xususiyatlariga va ahamiyatiga ko‘ra Ekologiya huquqining ob’yektidir. Lekin ikki azim daryolardan foydalanish va ularni muhofaza qilish faqatgina O‘zbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshirilmaydi. Chunki bu daryolar Qirg‘iziston, Тojikiston, Afg‘oniston respublikalaridan boshlanadi va qo‘shni Qozog‘iston, Тurkmanis­ton respublikalaridan oqib o‘tadi. Mazkur daryolarning yuqori qismidagi suvlarni ifloslantirish yoki suv rejimini o‘zgartirish, albatta, ular oqib o‘tadigan pastdagi davlatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bunday ob’yektlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish xalqaro huquq manbalari orqali amalga oshiriladi.
Xalqaro ekologik-huquqiy ob’yektlarning ikki turi: xalqaro-huquqiy muhofazalash va xalqaro-huquqiy tabiiy resurslar mavjud.
Xalqaro-huquqiy muhofaza qilish ob’yektiga havo basseyni, fazo, dunyo okeani, Antarktika, ko‘chib yuruvchi hayvonlar va qushlar kiradi. Xalqaro-huquqiy tabiiy resurslarga implementatsiya qilingan milliy qonunlar asosida muhofaza qilinadigan va ulardan foydalanadigan tabiiy ob’yektlar kiradi. Ularga ikki va undan ortiq mamlakatlar hududlarida joylashgan daryolar, ko‘llar, dengizlar hamda Xal­qaro Qizil kitobga kiritilgan noyob va yo‘q bo‘lib ketayotgan o‘simlik va hayvonot dunyosi turlarini misol qilib keltirish mumkin.
Havo basseyniga Yerning atmosfera qatlami kiradi. Garchand uning muhofazasi milliy qonunlar bilan ham tartibga solinsa-da, lekin atmosfera qatlamidagi iqlim resurslari doimo sirkulyatsiya (aylanma harakat)da bo‘l­gani uchun ham bu qatlamdagi barcha jarayonlar hech qanday ma’muriy chegaraga bo‘ysunmaydi va xalqaro huquq asosida tartibga solinadi.
Havo basseynining xalqaro muhofazasi asosan to‘rt yo‘nalishda amalga oshiriladi:
1) iqlim va ob-havoga salbiy ta’sirning oldini olish;
2) atmosfera havosini ifloslantirishni davlatlararo tarqalishining oldini olish va bartaraf qilish;
3) ozon qatlamini yemirilishdan muhofazalash;
4) atmosfera havosini nazoratlash va tozalash borasidagi xal­qaro hamkorlikni rivojlantirish.
Fazo — havo basseynidan farqli, biron-bir davlat yuridiksiyasiga kirmaydigan xalqaro huquq ob’yekti hisoblanadi. Bu o‘rinda 1963-yil BMТ Bosh Assambleyasining «Kosmik kenglikdan foydalanishda davlatlar faoliyatining huquqiy prinsiplari Deklaratsiyasi» va 1967-yildagi «Fazo kengligi, Oy va boshqa osmon jinslaridan foydalanish va ularni tadqiq qilishda davlatlar faoliyatining prinsiplari to‘g‘risida»gi kelishuvlarni misol qilib olsak bo‘ladi. Bu xalqaro me’yoriy hujjatlarga muvofiq fazo umuminsoniyat boyligi hisoblanadi, undan foydalanish faqatgina tinchlik yo‘lida amalga oshiriladi hamda fazoni ifloslantirish va unga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ammo hozirgi kunda fazoni «zabt etgan» mamlakatlar undan militaristik yo‘lda foydalanishni to‘xtatayotganlari yo‘q. Fazoda minglab harbiy-shpion fazo kemalari uchib yuribdi. Kosmosda 3,5 mln dan oshiq turli ko‘rinishdagi fazoviy chiqitlar mavjud va ular erkin harakatdadir.

Download 63.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling