Atrof muxit himoyasi va ekologiya
Download 101.5 Kb.
|
Toksikologiya lab metodichka lotin ready
1. LABORATORIYA ISHI
Qurg‛oshinni aniqlash usullari Qo‛rg‛oshin - og‛ir metall, 3270С temperaturada suyuqlanadi va 15250С da qaynaydi. Biroq 400·5000С dayoq bug’lana boshlaydi. Ishchilarning zaharlanishlari qo‛rg‛oshin rudalari qazib chiqarishda, qo‛rg‛oshin eritishda, qo‛rg‛oshin va uning birikmalarini oq buyoq, surik (qizg‛ish-jigarrang buyoq) ishlab chiqarishda qo‛llanishda, akkumulyatorlar, kabel, podshipniklar tayyorlashda, poligrafiyada qo‛rgoshin saqlovchi qotishmalarni ishlatishda ko‛zatilishi mumkin. Qo‛rg‛oshinning ishlab chiqarish sharoitlarida organizmga asosiy ta‘sir etuvchi qism - nafas yo‛llaridir. Me‘da ichak yo‛llari va teri qoplamlari kamroq ahamiyatga ega. Qo‛rgoshin jigar, buyraklar, me‘da osti bezi va suyaklarda ko‛proq to‛planadi. Asosan ichaklar va buyraklar orqali ajraladi. Biroq uni so‛lakda, sutda va boshqa ekskretlarda topish ham mumkin. Qo‛rg‛oshin asta-sekin rivojlanadigan xronik zaharlanish keltirib chiqarishi mumkin. Qo‛rg‛oshin 1-xavflilik sinfiga kiradi. Ish zonasi havosida ruxsat etilgan miqdor (REM) 0,01-0,007 mg/m3 teng, havoda bug‛ holida uchraydi. Oziq-ovqat bilan aloqada bo’ladigan idishlar, buyumlar, texnologik jihozlar tarkibida ishlatiladigan qo‛rg‛oshin ko‛rsatkichlari ekspress sifat analizi orqali aniqlanadi. Texnologik jihozlar va oziq-ovqat idishlari surtmasida qo‛rg‛oshinni aniqlash. 1. Probirkaga 5 ml buyum surtmasi eritmasidan, 5 ml 960 etil spirti va 10-15 tomchi kimyoviy toza Н2SO4 (zichligi 1,84 g/sm3) tomiziladi. Agar probirkada oq xiralik va qo‛rg‛oshin sulfat (РbSO4) cho’kmasi aniqlansa bu eritmada qo‛rg‛oshin borligidan dalolat beradi. Agar qo‛rg‛oshin izlari bo’lsa 1 sutkadan sung cho’kma hosil bo’ladi. (bu cho’kma KONda eriydi). 2. Probirkaga 5 ml namuna surtma eritmasi solinadi, 4-5 tomchi 5% kaliy bixromat tomiziladi. Hosil bo’lgan sariq xiralik yoki xromat qo‛rg‛oshin (РbС2O4) cho’kmasi, qo‛rg‛oshin borligidan dalolat beraldi. Download 101.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling