Atrof muxit himoyasi va ekologiya


Download 101.5 Kb.
bet4/7
Sana20.03.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1285236
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Toksikologiya lab metodichka lotin ready

2. LABORATORIYA ISHI
Havo tarkibidagi Vodorod sulfid zaharli gazini aniklash

Vodorod sulfid (H2S) - palag‛da tuxum xidiga ega, rangsiz gaz. Katta kontsentratsiyada xidlash nervi oxirlarining falaji tufayli xidi sezilmasligi mumkin. Havodan bir muncha og‛ir va shunga ko‛ra chuqur joylarda – o‛ra, transheya, quduqlarda va boshqalarda yig‛ilishi mumkin.


Vodorod sulfid havoga ko‛p sulfidli neft ishlab chiqarishda, tuqimachilik korxonalarda, sulfidli buyoqlar qo‛llanishida, ximiya zavodlaridagi turli jarayonlarda, organik moddalarning chirishida (kanalizatsiya tarmog‛i, qand lavlagi, pivo ishlab chiqarishi, ko‛p zavodlarining oqova suvlari va chiqindilari) ajraladi.
Vodorod sulfidning intoksikatsiya mexanizmi uning ta‘mirlantiruvchi (mahalliy) va umumiy toksinli ta‘siriga asoslangan, chunki u to‛qima nafasi fermentlarini pasaytiradi, bu markaziy nerv sistemasi, ayniqsa so‛ruvchan bo’lgan gipo va apoksiyaga olib keladi. O‛tkir va xronik zaharlanishni yuzaga keltiradi. Ruxsat berilgan miqdor ishchi ishlab turgan ish hududida, atmosfera havosida - 10 mg/m3 teng. 2 xavflilik sinfiga kiradi. Ular bug’ holida uchraydi.


Havodagi zaharli vodorod sulfidni aniqlash usuli:

Filtr qog‛ozi lentasimon kesiladi va 10% li (nordon sirkali qo‛rg‛oshin) eritmasiga botiriladi. Qog‛oz qorayib qolsa havo tarkibida vodorod sulfid gazi borligidan dalolat beradi. Bu sifat analizi deyiladi.


Buni havodan aspirantsion usul bilan namuna olib, kalorimetrik usul bilan aniqlash ham mumkin.


3. LABORATORIYA ISHI
Oltingugurt angidridini aniqlash

O‛ziga xos o‛tkir xidli rangsiz gaz bo‛lib, havodan 2,3 marta og‛ir. Havoga u sulfat kislota ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo bo’lgani tufayli, metallurgiya va koks zavodlarida (domna va koks gazlari tarkibida) rudalar, ayniqsa rangli metallar (qo‛rg‛oshin, miss, ruxlarni kuydirishda, oltingugurt saqlagan ko‛mir va neft yonganda kuyuk, temirchilik, qozon sexlarida jun matolarni oxorlashda va boshqalarda ajralib chiqadi. Bu gaz ham sanoat korxonalarning zaharli gazi bo’lib, ish zonasi havosi tarkibida (REM) 10 mg/m3 teng 3 (xavfsizlik sinfiga) kiradi va ular bug‛ holida uchraydi.


1% kaliy yodid eritmasi va 1% kraxmal eritmasi teng miqdorda qo’shiladi va N2SO4 yoki HCl bilan kislotali muhit qilinadi, filtr qog‛oz xo‛llanadi va osib quyiladi. Nam holda agar Ko‛k ranga kirsa sulfat gazi borligidan dalolatdir.



Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling