Atrofimizdagi olam tabiatshunoslik
Download 0.89 Mb.
|
universal qo\'llanma sotuv
4-sinf Matematika 208 bet 2020-yil
O`rganiladi-1 dan 1 000 000 gacha bo`lgan sonlarni raqamlash,pozitsion va nopozitsion sanoq sistemasi,perpendikulyar,parallel to`g`ri chiziqlar,yassi va fazoviy shakllar,qirqma shakllar,qo`shishdagi o`rin almashtirish va guruhlash xossasi,natijani tekshirish usullari,tenglamalar,tengsizliklar,miqdorlarni qo`shish va ayirish,o`rta arifmetik qiymatni toppish,million ichida ko`paytirish va bo`lish,formulalar,shkalalar,miqdorlarni songa ko`paytirish va bo`lish,harakatga doir masalalar,oddiy kasrlar,sonning kasrini topish,sonni kasrdan topish,kasrlarni taqqoslash,kasrlarni qo`shish va ayirish,o`nli kasrlar,to`plamlar,Eyler-Venn diagrammasi,nuqta koordinatasi,koordinata burchagi,ko`pyoq,to`g`ri burchakli parallelepiped,kub,yuz o`lchov birliklari,,km2 ,hajm o`lchov birliklari,grafiklar,simmetrik shakllar,burish simmetriyasi. Piramida,shar,parallelepiped,kub,slindr,konus-geometrik jismlar. Doira,to`rtburchak,kvadrat,beshburchak,uchburchak-yassi jismlar. Hamma burchaklari o`tkir burchak bo`lgan uchburchak o`tkir burchakli uchburchak deb ataladi. Burchaklaridan biri to`g`ri burchak bo`lgan uchburchak to`g`ri burchakli uchburchak deb ataladi. Burchaklardan biri o`tmas burchak bo`lgan uchburchak o`tmas burchakli uchburchak deb ataladi. Sirti ko`pburchaklardan iborat bo`lgan shakl ko`pyoq deb ataladi.Ko`pburchakning har biri ko`pyoqning yoqlari deb ataladi.Ko`pburchakning tomonlari ko`pyoqning qirralri,ko`pburchakning uchlari ko`pburchakning uchlari deb ataladi.
Qand qutisi,g`isht,yashik shakliga o`xshash ko`pyoq to`g`ri burchakli parallelepiped deb ataladi.To`g`ri burchakli parallelepipedning hamma yoqlari to`g`ri to`rtburchaklardir. Hamma yoqlari kvadratdan iborat to`g`ri burchakli parallelepiped kub deb ataladi. Xorazmiy ( 783-850-y) uning matematikaga oid bir qator asarlari o`sha paytda boshqa tillarga tarjima qilinib,uzoq vaqtgacha Yevropa universitetlarida hisob ilmidan darslik vazifasini bajarib kelgan. Gazeta,jurnal,ma`lumotnoma,ensiklopediyalarda turli xil ma`lumotlarni namoyish etish uchun jadvallar,diagrammalar,grafiklardan foydalaniladi. Matematikada 0 dan 1 gacha bo`lgan kesma birlik kesma deb ataladi. To`g`ri yoki noto`g`ri ekanligi haqida aytish mumkin bo`lgan darak gap mulohaza deb ataladi.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling